Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

Sho‘rxok tuproqlar
. Sho‘rxok tuproqlar asosan, Amudaryo, Sirdaryo va 
Zarafshon daryolarining hozirgi hamda qadimgi deltalarida va bu daryolarning 


40 
qayir ustki terassalarida tarqalgan. Shuningdek, Qashqadaryo, Sheroboddaryo, 
Surxondaryo vohalarida va bir qator kichik-kichik daryolarning tog‘lardan chiqib 
tekislikka o‘tadigan joylarida ham kattagina maydonni egallaydi. 
Sho‘rxoklar yerning ustki qatlami hamisha sernam bo‘lib turishi bilan 
farqlanadi. Bu tuzlar tarkibida kuchli gigroskopik xususiyatiga ega bo‘lgan CaC1
2
bilan MgC1
2
ning eng ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. 
Sho‘rlangan tuproqlarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan. 
Tuproqlarning sho‘rlanishi ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuboradi. Kuchli 
sho‘rlangan yerlarda o‘simliklar qurib nobud bo‘ladi. 
Sho‘rlanish ta’sirida o‘simlik hujayralariga suv kirishi buziladi. Chunki, bunda 
tuproq eritmasining osmotik bosimi hujayra shirasining osmotik bosimiga 
qaraganda kattaroq bo‘ladi. Bunda tuproq quruqligi degan hodisa vujudga keladi. 
Sho‘rlanish natijasida o‘simliklar urug‘dan unib chiqqandan boshlab yetilgunga 
qadar tuproqdagi suvni yaxshi o‘zlashtira olmaydi. 
Tuproqda tuzlar konsentratsiyasi ortgan sayin uruqqa suvning kelishi to‘xtab, 
uning bo‘rtishi sustlashadi. Bu esa urug‘ning unib chiqish energiyasiga salbiy ta’sir 
qiladi, tuzlarning konsentratsiyasi 8,5 g/l dan ortiq bo‘lsa, urug‘larning bo‘rtishi 
sekinlashadi. Bu esa o‘simliklarning o‘sishiga va rivojlanishiga yomon ta’sir etadi. 
Suvda oson eruvchan tuzlar o‘simliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. 
Agar H
2
S0
4
ning zararli ta’sirini shartli ravishda 1 deb qabul qilinsa, u vaqtda 
magniy sulfid, magniy xlorid va kaltsiy xloridniki 3—5, natriy xloridniki 5—6
ortiqdir. 
Ishqor va ishqoriy tuzlar hujayra devorini shuningdek, protoplazmani buzadi. 
Tuzlarning yuqorida aytilgan zarar yetkazish darajasiga qarab berilgan nisbiy baho 
har bir tuzning eritmasigagina taalluqlidir. Ba’zi tuzlar aralash bo‘lganida zararli 
ta’siri ancha kamayadi. Bu hodisa tuzlar antagonizmi nomi bilan ma’lumdir. 
Tuzlarning zararli ta’siri tuproq namligiga, uning mexanik tarkibiga va undagi oziq 
moddalarga ham bog‘liqdir. 

Download 1,6 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish