• Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar.
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

     
    4.2. O‘zbekiston tuproqlari 
    O‘zbekiston tuproglari asosan: och tusli, qoramtir, bo‘z, o‘tloq, o‘tloq botqoq, 
    sho‘rxok, taqir, taqirsimon, shag‘alli, toshloq, qum va kashtan tipidagi tuproqlardan 
    iboratdir. Yurtimizning bo‘z tuproq, tog‘li mintaqalarida tarqalgan kashtan va bo‘z 
    tuproqli, yer osti suvi yuza joylashgan, sho‘rxok, tosh va shag‘al qatlami 20 — 40 
    — 60—80—100 sm va undan ham chuqur bo‘lgan yerlarda, o‘rik, anor, anjir, uzum, 
    chilonjiyda va shunga o‘xshash mevalar yetishtiriladi. 
    Bo‘z va shunga o‘xshash tipdagi tuproqlarda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan azot, 
    fosfor, kaliy va chirindi (gumus) miqdorlari kam bo‘lib, ekinlardan yuqori va mo‘l 


    38 
    hosil olishda qo‘shimcha oziq moddalar bilan oziqlantirishni talab etadi. Oziq 
    moddalar yer yuzasidan pastki qatlamlarga qarab borgan sari, yanada kamayib 
    boraveradi. Bo‘z tuproqli yerlar haydalma qatlamida chirindi 0,6-0,8-1% atrofida 
    bo‘lib, kashtan tuproqda u 2-3 %ni tashkil qiladi. 
    Tuproq strukturasini me’yor darajasida saqlash, namlikdan to‘g‘ri foydalanish 
    maqsadida, O‘zbekiston sharoitida ko‘p yillik dukkakli ekinlar ekish, ularni ko‘kat 
    o‘g‘it sifatida haydab tashlash, yerni chuqur qilib haydashni va vaqti-vaqti bilan 
    yumshatib turish, tuproqqa yetarli miqdorda qatlamlab organik va mineral o‘g‘itlar 
    solib turish yaxshi samara beradi. 
    Yuqorida aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonning tuprog‘i nihoyatda xilma-xildir.
    Shunga ko‘ra, biz bog‘dorchilik mintaqalariga taalluqli ayrim tuproq turlari haqida 
    qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik. 
    Sug‘oriladigan och tusli bo‘z
    tuproqlar. 
    Och tusli bo‘z tuproqlar O‘zbekiston 
    yerlarining tekislik qismida joylashgan. Shundan 3/1 qismi suv manbalari yaqinida 
    bo‘lib, u yerlarda dehqonchilik qilish, ekinlardan mo‘l hosil olish uchun juda qulay 
    yerlardir. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar Mirzacho‘lning sharqiy qismida, 
    Farg‘ona vodiysining tog‘oldi qiyaliklarida hamda vodiyning g‘arbiy va markaziy 
    qismidagi yuqori hududlarida, Zarafshon daryosining o‘rta qismida, Qashqadaryo 
    vodiysida, Surxondaryo daryolarining quyi qismlarida tarqalgan.
    Och tusli bo‘z tuproqlar tuzilishi hamda xossalariga qarab, yangidan 
    sug‘orilayotgan va qadimdan sug‘orib kelinayotgan bo‘z tuproqlarga bo‘linadi. Vu 
    yerlarda katta-katta massivlarda bog‘-rog‘lar, barpo etib, ayniqsa qishki meva va 
    uzum navlarini ekib, ko‘plab shirin-shakar mevalar yetishtirish mumkin. 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish