• Nazorat savollari
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    3.5. 
    Jingalak
    – bu shakli o‘zgargan novda bo‘lib, simpodial tipda o‘sadi. 
    Jingalaklar shoxlanmagan va shoxlangan bo‘lishi mumkin. Asosan, u bargning 
    qarama-qarshisida joylashgan bo‘lib, hosilsiz novdalarda jingalaklar pastki 3-4 
    bo‘g‘imidan, hosilli novdalarda esa yuqori bo‘g‘imlarda paydo bo‘ladi. 
    Jingalaklar faqat tokni biron-bir tayanch o‘simlik bilan birikib o‘sishida 
    mexanik vazifani bajaradi. Tok kesish vaqtida novdalarni simbag‘azlardan 
    bo‘shatishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
    9-rasm. Jingalak va uzumto‘pgullarining jingalakda paydo bo‘lishining oraliq shakli 
    Shuni qayd etish lozimki, uzumboshidan yuqori bo‘g‘imlarda jingalak o‘sib 
    chiqadi. Hosilsiz novdalarda u ikkinchi va uchinchi bo‘g‘imdan boshlab o‘sadi. Har 
    bir novdada tok novdalariga va ularning hosildorligiga qarab, o‘rtacha 1 tadan to 2-
    3 tagacha va hatto, undan ham ko‘proq jingalak bo‘lishi mumkin, bu holat uzum 
    uchun normal sharoit hisoblanadi.
    Jingalaklar tokning chirmashib o‘sishiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Tok mana shu 
    jingalaklar yordamida daraxt yoki boshqa tirgaklarga chirmashib yuqoriga qarab 
    o‘sadi. Jingalaklar biror tirgak yoki daraxtga yaqinlashmasa, keyinchalik ular ko‘k 
    holida asta-sekin tushib ketadi. 
    Tok o‘simligi uchun jingalaklar ham o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. 


    33 
    Nazorat savollari 
    1.
    Bargning tuzilishi va vazifalari 
    2.
    Tok gullarini tashqi tuzilishi 
    3.
    To‘pgul va gulni ahamiyati, vazifalari 
    4.
    Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘ini biologik xususiyatlari 
    5.
    Jingalakning ahamiyati, vazifasi va tashqi ko‘rinishi 
     
    4-Mavzu. Ekologik omillarni tokning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, hosil 
    sifati ta’siri

    Reja:
     
    1. Iqlim sharoiti 
    2. Tuproq sharoiti 
    3. Uzum tokiga ta’sir etuvchi omillar 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish