• To‘q tusli bo‘z tuproqlar
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    Tipik bo‘z tuproqlar. 
    Bu xildagi tuproqlar bo‘z tuproqli mintaqaning o‘rta 
    qismini egallab asosan dengiz sathidan 400-500 m
     
    dan 600-800 m gacha balandlikda 
    uchraydi. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron daryolarining yuqori adir va 
    qiyaliklarida va ular atrofidagi tog‘oldilarida katta maydonni egallaydi. Shuningdek 
    Farg‘ona vodiysi atrofidagi tog‘oldi qiyaliklari va adirlarda, Zarafshon tog‘oldi 
    qiyaliklari va yuqori terassalaridya Kitob-Shahrisabz tog‘ oralig‘i cho‘kmasida, 


    39 
    Surxondaryoning yuqori terassalarda hamda ularga tutashgan tog‘ osti qiyaliklarida 
    ham uchraydi. 
    To‘q tusli bo‘z tuproqlar
    . To‘q tusli bo‘z tuproqlar tog‘oldilarida, tog‘ yon 
    bag‘irlarining quyi qismlarida tog‘oldi qiyaliklarida va tog‘lar oralig‘idagi daryo 
    vodiylarida tarqalgan. Asosan dengiz sathidan 800-1400m balandlikda, shuningdek, 
    Turkiston, Oloy tog‘ tizmalari, Nurota va Zarafshon tog‘ tizmalarining nam kamroq 
    bo‘ladigan yon bag‘irlarida 1600 m gacha balandlikda uchraydi. 
    To‘q tusli bo‘z tuproqlarda chirindi qatlamining qalinligi 16-20 sm bo‘lib, 
    chimli gorizontining qalinligi 40-80 sm keladi. Karbonatlarniig asosiy qismi 50 -100 
    sm chuqurlikda joylashgan. 
    Tog‘oldi mintaqasida bu xildagi tuproqning ustki qatlamini ko‘pincha suv 
    yuvib ketib, uning unumdorligini pasaytirib yuboradi. Keyingi yillarda yangi 
    irrigatsiya inshootlari qurilishi munosabati bilan to‘q tusli bo‘z tuproqlar maydoni 
    ancha kengaymoqda. Bo‘z tuproqlar bog‘ va tokzor barpo etish uchun eng yaxshi 
    yerlardan hisoblanadi. Respublikada bo‘z o‘tloq, o‘tloq bo‘z tuproqlar 783000 ga, 
    shundan sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlar-423000 gektarni tashkil etadi. 
    Jigarrang tusli va tog‘ o‘rmon tuproqlar o‘rtacha balandlikdagi tog‘li yerlarda, 
    dengiz sathidan 1400-2300 m gacha balandlikda katta maydonlarni egallaydi. 
    O‘simliklar mo‘tadil ilik iqlim sharoitida rivojlanadi. Yiliga 600-1500 mm gacha, 
    ayrim joylarda esa 1800 mm gacha yog‘in yog‘adi. Yozning ikkinchi yarmi va 
    kuzning birinchi yarmida yog‘ingarchilik deyarli bo‘lmaydi. Bu xildagi 
    tuproqlarning ustki qismi chirindiga nihoyatda boy, ostki-chuqurroq qatlamda esa 
    kamroq. Shuningdek uning tarkibida zararli tuzlar (bi, gidrokarbonatlar) joylashgan. 
    Ustki qatlami fosfor va kaliyga boy. Suvni yaxshi singdiradi. 
    Jigarrang tusli tuproq strukturali bo‘lganligi uchun suv: eroziyasiga chidamli, 
    g‘ovakligi, qovushqoqligi, shuningdek suv-havo o‘tkazish xossalari yaxshiligi bilan 
    ajralib turadi. Jigarrang tusli tuproq tarqalgan mintaqada yog‘inlarning ko‘p tushishi, 
    sug‘ormasdan meva-chevalar yetishtirishga imkon beradi 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish