• “National Council of the Wine Communities”
  • Birinchi prorektor S. Islamov
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga




    Download 16,77 Kb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi16,77 Kb.
    #230418
    Bog'liq
    TDAU PQ-260 qaror ijrosi




    O‘zbekiston Respublikasi
    Qishloq xo‘jaligi vazirligiga

    Toshkent davlat agrar universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qarori


    3-ilovasi bilan tasdiqlangan “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi”ning 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
    Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishida eksperiment tarzda “dual ta’lim” tizimini joriy etish maqsadida rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarining tajribalari va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tajribalari o‘rganilib, mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejalari, fan dasturlarini dual ta’lim shakliga moslashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
    Shuningdek, Mevachilik va uzumchilik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
    3-4 bosqich talabalarining soni 58 nafar bo‘lib, ularni qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, hamkor tashkilotlar hisoblangan Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik-resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, “DE NOVA AGRO” MCHJ, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan “dual ta’lim” tizimi asosida o‘qitishni joriy etish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu biriktirilgan tashkilotlarda talabalarni faoliyat olib borish davrida texnika xavfsizligiga rioya etishi va ishlab chiqarishning texnologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
    Bundan tashqari, 60811800 – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yoʻnalishi va 70811803 – Uzumchilik va vinochilik mutaxassisligi talabalarini vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi sohasida bitta xorijiy tilga (fransuz va italyan) tayyorlash va malakasini oshirish dasturi tayyorlandi va tasdiqlandi.
    Shu bilan birga, Toshkent davlat agrar universitetida 2023-yilda 12 ta ta’lim granti asosida uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligi ochildi.
    2024-2026 yilllar davomida Uzumchilik va vinochilik bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarga oliy ta’lim muassasalari byudjetidan tashqari mablag‘lar xisobidan amaliyotga yuborish maqsadida Vengriyaning “National Council of the Wine Communities” instituti bilan xamkorlikda uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi magistratura talabalarini yuborish hamda Fransiya, Gruziya va boshqa davlatlar o‘qituvchilari va mutaxassislarini jalb qilish maqsadida o‘zaro memorandumlar tuzish rejalashtirilgan.
    Birinchi prorektor S. Islamov
    Bajardi: B.Kasimov
    Tel: 71-260-4879
    Download 16,77 Kb.




    Download 16,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga

    Download 16,77 Kb.