• Abduraxmonov Jahongir Sherali o‘g‘li Termiz davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
  • Kalit so‘zlar
  • Talabalarga bilim berishda k redit-modul tizimining o




    Download 3.36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi3.36 Mb.
    #162518
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Talabalarga bilim berishda Kredit-modul tizimining o\'rni
    6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234



    Jild: 04, Nashr: 02 | fevral - 2024 
    ISSN: 2181-2624 
     
    www.sciencebox.uz 
    TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI 
    ONLAYN ILMIY JURNALI 
    278 
    TALABALARGA BILIM BERISHDA K
    REDIT-MODUL 
    TIZIMINING O‘RNI 
     
     
     
    Abduraxmonov Jahongir Sherali o‘g‘li 
    Termiz davlat universiteti Texnologik ta’lim 
    kafedrasi o‘qituvchisi 
     
     
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarga bilim berishda kredit-modul tizimining o‘rni haqida 
    so‘z yuritilgan. Kredit-modul tizimining kelib chiqishi, rivojlanishi va ijobiy taraflari taxlil qilingan.
    Kalit so‘zlar: Kredit-modul, talabalar, oliy ta’lim, qaror, qonun, o‘qituvchi, mustaqil ta’lim, 
    lektor, tyutor va registrator ofisi. 

     
    Hozirgi davrda mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan oliy ta’lim tizimida ham, mamlakatning 
    kelajagi uchun mustahkam poydevor qurish va rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish uchun 
    ko‘plab islohotlar va ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajak avlodning bilimli va barkamol bo‘lib 
    yetishishi ta’minlash maqsadida mamlakat ta’lim tizimiga yangi ta’lim texnologiyalari, xorij tajribalari 
    joriy etilmoqda. Jumladan, 1999 yil iyun oyida Italiyaning Bolonya shahrida dunyoning 29 ta 
    mamlakati o‘rtasida imzolangan, ayni paytda dunyoning 48 ta mamlakati ishtirokchisiga aylangan 
    Bolonya deklaratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi va ta’lim tizimiga kredit-modul 
    tizimini joriy etish borasida ishlarning boshlab yuborilishi mamlakat oliy ta’lim tizimida zamonaviy 
    o‘zgarishlar davrini boshlab berdi[1]. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
    rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoniga ko‘ra 2017-2021 
    yillarda oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida O‘zbekistonning Bolonya deklaratsiyasiga 
    qo‘shilishiga shartsharoitlar yaratildi va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul 
    tizimi joriy etildi. 
    O‘zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoniga qo‘shilishining zarurati zamon talabidan kelib 
    chiqib, bir qancha ijtimoiy-siyosiy faktorlarga va ta’lim sohasida ro‘y berayotgan ob’ektiv voqeliklar 
    bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi suveren mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini 
    mustahkamlab bormoqda, demak u hozirgi xalqaro taraqqiyot tendensiyalaridan chetda tura olmaydi. 
    O‘zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoni ta’lim tizimiga qo‘shilishi unga dunyoning ko‘plab 
    mamlakatlari bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishni ta’minlaydi va 
    mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro miqyosidagi reytingini oshishiga olib keladi.
    Bolonya jarayoni - bu Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyg‘unlashtirish jarayonidir. U 
    tushunish oson bo‘lgan va o‘xshash oliy ta’lim darajalar tizimini yaratishni, ta’limda kredit-modul 
    tizimiga o‘tishni, ta’lim sifatini ta’minlashda erkin akademik harakatlanishni va Yevropadagi ta’lim 
    hamkorligini o‘z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda, bu Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim 
    tizimlarini uyg‘unlashtirish, har bir kishi uchun teng ravishda ta’limni ta’minlash, intellektual, 
    madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim sifatini 
    takomillashtirish jarayonidir.




    Download 3.36 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 3.36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarga bilim berishda k redit-modul tizimining o

    Download 3.36 Mb.
    Pdf ko'rish