Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari. Kredit-modul tizimining tarixi. Taʼlimning kredit tizimi talabalar




Download 22.16 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi22.16 Kb.
#75409
Bog'liq
Кредит-модуль тизими
4- лоборатория, ASLIDIN 3, Prezident stipendiatlari 2022, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas, Презентация1.pptx Tarbiya Metodlarining, maths-weekly-planner, Yarmatov Suvon Totlibayevich 264-269, 1-amaliy, 4-Amaliy mashg\'ulot Aksiz solig\'i. Qo\'shilgan qiymat solig\'i, BIOFIZIKA fizikadan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko\'rsatma, Bo\'riyev Ubaydulla, 4-chorak yakuniy o`qish, Крнференция Париж Замбуруглар, Mikrokredit bank Qumqurg\'on

Mavzu: Kredit-modul tizimi


Reja.

  1. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari.

  2. Kredit-modul tizimining tarixi.

  3. Taʼlimning kredit tizimi talabalar.

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʼlib, oʼqitishning modulь texnologiyalari jamlamasi va kredit oʼlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modulь tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.


Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: — oʼquv jarayonlarini modulь asosida tashkil qilish; — bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash; — talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; — talabalarga oʼzlarining oʼquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish; — taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish; — taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʼyilgan talabdan kelib chiqib oʼzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʼulotlarini nafaqat oʼqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʼqiboʼrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʼlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʼnikmalarini shakllantirishga oʼrgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʼnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
Keling, shu oʼrinda modulь va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha toʼxtalib oʼtamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʼrganiladigan oʼquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʼnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʼlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʼqituvchi oʼquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʼqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʼrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Xorijiy tajribaga koʼra, kredit-modulь tizimida oʼquv jarayoni har semestrda 2 — 4 tagacha moduldan iborat boʼladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʼzaro uzviy toʼldirish printsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis boʼlib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega boʼlishi talab etiladi.
Modulga asoslangan oʼquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʼz ichiga qamrab oladi:
— oʼquv maqsadi hamda vazifalarning toʼliq ochib berilishi;
— talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim boʼladigan malakasiga qoʼyiladigan talablar;
— modulь tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʼulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni baholash uchun moʼljallangan topshiriqlar;
— oʼqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.
Modul asosida oʼqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʼnikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʼquv faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʼzlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) — talabaning alohida taʼlim yoʼnalishi yoki dasturi (kurs) boʼyicha fanlarni oʼqib oʼrganishi va oʼzlashtirishi uchun sarflangan oʼquv yuklamasining (vaqtning) oʼlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʼlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʼtgandan soʼng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʼnalishi va mutaxassisligi boʼyicha diplomga ega boʼlishi uchun kreditlarni yigʼib borishi lozim. Toʼplangan kredit talabaga butun umr davomida oʼzining malakasini oshirib borish yoki qoʼshimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʼplangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʼquv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual oʼquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʼqituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu oʼquv jarayonlarini baholashning oʼziga xos qiymat koʼrsatkichi boʼlib ham hisoblanadi.
Tarix va sabab
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda АQSh universitetlarida joriy etilgan boʼlib, oʼquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
1869 yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 1870 — 1880 yillarda kredit soatlari bilan oʼlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʼqish va oʼquv dasturlarini oʼzlashtirish talabalarga oʼquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini - takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
Kredit toʼplash oʼlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʼlib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Аyni chogʼda, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
Bolonya deklaratsiyasida koʼzda tutilganidek, kredit-modulь tizimi aynan mustaqil taʼlimga urgʼu qaratgani holda, asosan, ikkita funktsiyani bajarishga xizmat qiladi:
birinchisi, talabalar va oʼqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʼsiqlarsiz, erkin ravishda oʼtishini (oʼqishni yoki ishni koʼchirish)ni taʼminlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʼnalishi yoki mutaxassisligi boʼyicha barcha oʼquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʼindisi talabaning tanlagan dasturi boʼyicha nimani qancha oʼzlashtirganligini namoyon etadi.
Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar
Bugungi kunda taʼlim tizimiga daxldor boʼlgan kishilar tomonidan Bolonьya tizimi, uning ahamiyati boʼyicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz.
Xoʼsh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud?
Mavzuning mantiqiy davomi sifatida fikrlarimizni davom ettiramiz.
Ushbu tizimni yaratish uchun oʼtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini yaratish, talabalar va oʼqituvchilar mobilligini yoʼlga qoʼyish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʼnikmasiga qoʼyiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bogʼliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi.
Mazkur harakatlarning samarasi oʼlaroq, 1999 yilda Italiyaning Bolonьya shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonьya deklaratsiyasi imzolanadi.
Bugungi kunga kelib, Bolonьya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDh mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Аrmaniston, Gruziya, qozogʼiston va Belarusь Respublikasi ham bor.
Bolonьya tizimi boʼyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam boʼlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 1-2 yillik magistratura bosqichi.
Koʼpgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli, iqtidori yuqori boʼlgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini qadrlash boʼyicha АqSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy taʼlim muassasalarining imkoniyatlari cheklanganligi, koʼplab “aql sohiblari”ning koʼhna qitʼani tark etib, Аmerikaga koʼchib ketish tendentsiyasiga qarshi koʼrilgan chora asosiy sababboʼlganini eʼtirof etadi.
Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?
Bugungi kunda mazkur kredit oʼlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʼyicha toʼrtta modelь keng tarqalgan.
Bular Аmerika qoʼshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).
Ushbu modellarning ichida eng koʼp tarqalgani АqSh va Yevropa modellaridir.
Maʼlumotlarga koʼra, mamlakatimiz Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti. Shu bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham toʼxtalib oʼtish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim muassasalarining yagona “kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. Kredit yoki kredit birligi — oʼquv rejasida hisobga olingan har qanday oʼquv faoliyatining qiymat koʼrsatkichi hisoblanadi.
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bolonьya jarayoni ishtirokchimamlakatlari talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi.
Masalan, talaba taʼlim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu tizimga aʼzo mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarida tan olinishini, yaʼni oʼziga xos “konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan
birga, mazkur tizim aʼzolariga talabalarni boshqa OTMga oʼqishini tiklash, koʼchirish va tugatish imkoniyatini beradi.
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunonchi, maʼlum bir taʼlim yoʼnalishi va mutaxassisliklar kesimida oʼquv jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi oʼquv rejalarning oʼxshashligi hamda yagonaligini taʼminlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va joʼnatuvchi oliy oʼquv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi. Talabaning taʼlim olishi bilan bogʼliq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida oʼquv kurslari va barcha taʼlim jarayoni kreditlarda, Oʼzbekiston hamda MDhning boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi.
ECTS tizimi boʼyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir modulь boʼyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʼqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʼplanishi lozim boʼlgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi.
Amaldagi oʼqitish tartibidan farqli oʼlaroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar oʼqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni toʼplay olmasa, faqat oʼsha fanning oʼzidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplom esa belgilangan kreditlar toʼplagandan soʼng beriladi.
ECTS tizimi boʼyicha talabalarning bir yilda toʼplashi lozim boʼlgan kredit miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʼquv yili ikki semestrdan iborat boʼladi deb olsak, talaba har semestrda 30 kredit toʼplab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik boʼlsa, talaba bakalavr darajasini qoʼlga kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2 yillik magistratura dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʼplashi majburiyat hisoblanadi.
Oʼzbekistonda ahvol qay koʼrinishda edi?
Maʼlumki, bizda axborot manbai va turli xildagi xalqaro maʼlumotlar bazalariga kirish, ulardan foydalanish maʼlum darajada cheklanib qolgandi. Oqibatda oliy taʼlimda professor-oʼqituvchilarning asosiy diqqati axborotni qidirib topish, uni oʼzlashtirish hamda dastlabki qayta ishlagandan soʼng talabalarga tarqatishga qaratildi. Yaʼni oʼqituvchilar shunchaki axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi subʼekt edi, xolos.
Bunda talaba oʼquv jarayonining obʼekti sifatida axborotni qabul qiluvchi vazifasini bajarar, asosiy vaqtini auditoriyada maʼruza mashgʼulotlarini tinglashga sarflar edi. Bugungi kunga kelib esa axborotlar
olamidan bahramand boʼlishning tezlashgani, xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengaygani, globallashuv jarayonlari jadallashgani bois talabalarning mustaqil taʼlimini rivojlantirish masalasi kun tartibiga koʼtarildi.
Taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklar oʼquv rejalari esa mehnat bozori talabi bilan bogʼlanmagan fanlar bilan toʼldirilar, asosan, professor-oʼqituvchini ish bilan taʼminlash, unga auditoriya soatini chiqarib berish printsipi nuqtai nazaridan, shuningdek, kafedra mudirlarining oʼzaro kelishgan holda fanlarni taqsimlash asosida shakllantirilar edi.
Talabaga fanlarni hamda professor-oʼqituvchilarni tanlash u yoqda tursin, zerikarli boʼlgan mashgʼulotlardan voz kechib, kutubxonada oʼqiboʼrganishiga ham imkon berilmas edi. Talabaning dars mashgʼulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa, talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va oʼqituvchi yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar almisoqdan qolib ketganmi-ketmaganmi, auditoriyada oʼtirishi shart edi!
Xullas, anʼanaviy tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi, qanaqangi professor-oʼqituvchilar dars berishi, yoʼnalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni boʼyicha hech qanday materiallar taqdim etilmasdi.
Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda taʼlim yoʼnalishi va mutaxassisliklar toʼgʼrisidagi hamma maʼlumotlar, xususan, oʼquv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning identifikatsiyasi, professor-oʼqituvchi haqida maʼlumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, oʼrganish natijalari, oʼqitish metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida dars mashgʼulotlarini olib boradigan professor-oʼqituvchilar hamda ularning erishgan yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qoʼyilgan qisqacha talablar, yaʼni qanday nazariy, amaliy bilim, koʼnikma va kasbiy malakaga ega boʼlishi bilan bogʼliq maʼlumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiqoydin eʼlon qilingan boʼladi. Аyni paytda, ming afsuski, abiturientlar universitetlarimiz saytlarida ushbu maʼlumotlarni topishga qiynalishadi. Bu boʼyicha ham madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Yuqorida taʼkidlanganidek, anʼanaviy oʼqitish tizimining salbiy jihatlaridan voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish boʼyicha dastlabki qadamlar qoʼyilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy taʼlim muassasasida kredit-modulь tizimiga oʼtish boʼyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
“El-yurt umidi” jamgʼarmasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shugʼullanayotgan, aynan kredit-modulь tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan seminarlar tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, oʼzini oʼzi moliyalashtirishga oʼtgan 10 ta oliy taʼlim dargohiga “El-yurt umidi” jamgʼarmasi huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzolaridan bir nafardan ekspert maslahatchi sifatida biriktirib qoʼyilgan.
Mazkur jarayonlarni toʼlaqonli amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasida tegishli boʼlinmalar ham tashkil etilyapti.
Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Taʼlimning kredit tizimini boshqarish boʼlimi faoliyat yuritmoqda. Ushbu boʼlim tomonidan 2020/2021 oʼquv yilidan universitetda oʼqitiladigan barcha taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarning ECTS kredit-modulь tizimiga toʼliq transformatsiyasini amalga oshirish boʼyicha ishlar boshlab yuborilgan.
Transformatsiya jarayonlari boshlandimi?
Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda oʼqish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda oʼqish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy taʼtillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etmoqda. Barcha taʼlim yoʼnalishi va mutaxassisliklar oʼquv rejalarida har bir bosqichda fanlar ikki qismga, yaʼni asosiy va tanlov fanlariga ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni toʼplash majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida maʼruza, amaliy hamda laboratoriya mashgʼulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mustaqil taʼlimga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim boʼladi.
Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʼzda tutilgan.
Yangi tizimga oʼtilsa, qanday oʼzgarishlar sodir boʼladi?
Mazkur tizimning oliy taʼlimga joriy qilinishi oʼqitish sifatini oshirish, shaffoflikni taʼminlash, korruptsiyaga barham berish, taʼlim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil oʼqib-oʼrganib, oʼz ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi koʼhna qitʼaning deyarli barcha oliy oʼquv yurtida amaliyotga joriy etilgan.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi oʼqituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli taʼlimda pedagog tinglovchining oʼzlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yoʼnaltirilgan obʼekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urgʼu ham talabalarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi.
Oʼquv jarayonida mustaqil taʼlim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim oʼqituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega boʼladi. Bu esa oʼzaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kredit-modul oʼqitish tizimiga oʼtish oliy oʼquv yurti professoroʼqituvchilariga boʼlgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida taʼkidlab oʼtilganidek, modulli oʼqitish tizimi bilan oʼqituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda oʼqituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi.
Yana bir gap. Taʼlimning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yoʼqotmasdan bir universitetdan boshqasiga oʼtishi mumkin. Aynan ushbu tizim oʼzbekistonlik talabalarning ilgʼor xorijiy universitetlarda oʼqishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik toʼsiqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi.
Аmmo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani koʼrkoʼrona, oʼz qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, toʼgʼridan-toʼgʼri tatbiq etish, uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan, kelajakda maʼlum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak.
Yaʼni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga toʼla-toʼkis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, oʼquv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-oʼqituvchi va talabaning ham bu boradagi
qarashlarini oʼzgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, oʼziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor.
Download 22.16 Kb.




Download 22.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari. Kredit-modul tizimining tarixi. Taʼlimning kredit tizimi talabalar

Download 22.16 Kb.