Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

Respublika bo‘yicha 
116.1 
90.6 
60.2 
577.6 
Mazkur jadval ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, Buxoro va Samarqand viloyati 
tuproq-iqlim sharoiti uzum yetishtirish va yuqori sifatli hosil olish uchun juda mos 
keladigan hudud hisoblanadi. Bu yutuqlarni yanada mustahkamlash uchun viloyatda 
uzumchilik tarmog‘ini ilg‘or sohalar qatoriga kiritish uchun ilmiy-asoslangan 
resurstejamkor innovasion agrotexnologiyalarni qo‘llash, maqbul navlar bo‘yicha 
uzumzor barpo qilish uchun eng zamonaviy tok yetishtirish usullaridan foydalanish, 
ularni o‘g‘itga, suvga va qator oralariga ishlov berishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq 
ta’minlash, jadallashgan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydigan uzumzorlarni barpo 
qilish, simbag‘azlardan foydalanish, tomchilatib sug‘orishni qo‘llash, biousul va 
kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy samarali usullarini 
qo‘llash va ishlab chiqarishga joriy qilish, sanoatbop uzumlarni chetga chiqarishni 
tashkillashtirish, saqlash va quritish usullaridan to‘liq foydalanish kabilar kiradi

Hozirgi sanoatlashtirilgan uzumchilikda intensiv tipdagi tokzorlarda 
istiqbolli, eksportbop yuqori va muttasil sifatli hosil beradigan hamda shu bilan 
birgalikda mayizbop uzumlarning chiqish foizi yuqori bo‘lgan uzum navlarini 
yetishtirish dolzarb vazifa hisoblanadi. 
Tuproq- iqlim sharoitlarining qulayligi, ajoyib uzum navlarining 
mavjudligi, ulardan yuqori, mo‘l va sifatli hosil olish imkoniyatini beradi. Uzum va 
mayiz yetishtirish ilmiy nuqtai nazardan o‘ziga xos xususiyatlarga ega mehnat talab 
etadigan jarayondir. Yuqori sifatli ko‘p hosil yetishtirish uchun sohibkor bog‘bonlar 


18 
o‘z mintaqasiga xos bo‘lgan uzum navlarini nazariy bilimlari va ko‘p yillik amaliy 
ko‘nikmalarini birga hamohang qo‘llashi kerak bo‘ladi. Tok parvarishi davomidagi 
har bir ishlov hosil miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu qo‘llanmada 
bog‘bon-sohibkorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan fiziologik, fitopatologik va 
ekologik masalalar haqida so‘z yuritiladi.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan Respublika va Oliy 
Majlis tomonidan qabul qilingan agrar va siyosiy sohaga oid bir qator qonunlar, 
O‘zbekiston Prezidenti va hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlari
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samarador ligini keskin oshirishga, zamonaviy 
uzumchilik sohasini ilmiy asoslangan, resurstejamkor innovasion texnologiya 
asosida olib boriishga, aholini qishloq xo‘jaligi va oziq - ovqat mahsulotlariga, 
sanoatni esa sifatli xom ashyoga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishga qaratilgandir. 
Mazkur qaror ijrosini amalga oshirish bo‘yicha 
O‘zbekiston
shu jumladan, 
Buxoro viloyatida ekiladigan yer maydonlarini optimal- lashtirish natijasida 17 ming 
500 dan ortiq yangi, zamonaviy davr talabiga mos keladigan fermer xo‘jaliklari 
tashkil etildi. Respublikamizda bog‘ maydonlari 261,8 ming gektarni tashkil qilib, 
shundan 30,4 ming gektari pakana va yarim pakana intensiv bog‘larni tashkil 
etayapti. Har yili respublikamizda 3 mingdan 100 ming tonnadan ziyod meva, 
1million 700 ming tonna uzum yetishtirilayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21-sentyabrdagi “Meva-
sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish sohasini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida meva-sabzavot mahsulotlarining yalpi hosilni 2021-yilda 2-
3 martagacha oshirish rejalashtirilgan (Sh. Mirziyoyevning iyul, 2021-yildagi 
videoselektori). 
Mazkur qo‘llanmada tok navlarining agrobiologik tasnifi to‘liq keltirigan, 
hosilni yig‘ib -terib olish jarayonlari hamda uzumni saqlash va quritish usullariga 
katta e’tibor berilgan. 
Shuningdek, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki
O‘zbekistonda uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari, 
mutaxassislar birlashib, hamkorlikda bu muhim vazifaning yechimini ijobiy hal 


19 
etishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lib, jonajon O‘zbekiston respublikasi xalqi uzum 
eksportida yuqori o‘rinlarni egallashiga zamin yaratiladi va aholini sarxil, taru-toza 
uzum mevasi, mayiz va xushxo‘r uzum sharbati bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonning zamonaviy resurstejamkor uzumchiligini rivojlanishi uchun 
qalamcha ko‘chati bilan ko‘paytirish
eng qulay va oson tadbir hisoblanib, uzum 
ko‘chatini to‘g‘ridan - to‘g‘ri qalamchalar yordamida ko‘paytiriladi.
Dunyo miqyosida urug‘siz, yirik mevali (kishmish) va xo‘raki uzum navlariga 
qiziqish oshib bormoqda.
O‘zbekistonning zamonaviy uzumchiligida ham bu yuqori ko‘rsatgichlarga ega 
bo‘lgan navlarni ko‘paytirish birinchi galdagi ijro etiladigan eng muhim dolzarb 
vazifalardan biri hisoblanadi.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda ham urug‘siz yirik uzum navlarni etishtiishga 
katta e’tibor qaratilib, bir muncha ko‘zga ko‘rinadigan ko‘chat yetishtirishning, 
yangi zamonaviy tokzorlari barpo etildi va ularda resurstejamkor agrotexnik 
tadbirlar sifatli bajarilmoqda. 
Yangi tokzorlarga tizim asosida o‘tqazilgan uzum ko‘chatlari 2-3 yilda hosilga 
kiradi, yuqori va sifatli uzum hosili beradi, hosildorlik 250-300 sentner hatto, 
vinobop navlaridan 500 sentnergacha bir gektardan hosil olinadi, uzum yer 
tanlamasligini inobatga olib va o‘z vaqtida, obi-tobida uzum yetishtirish bo‘yicha 
ilmiy asosda ishlab chiqilgan qo‘llanma va tavsiyalarga amal qilinsa, hatto sizob 
suvlari yaqin joylashgan, toshloq va sho‘rlangan yerlardan ham yuqori va sifatli
jahon bozori talablariga mos uzum hosili olinib, yuqori iqtisodiy ko‘rsatgichlarga 
erishish mumkin. 

Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish