• Qarshi davlat universiteti, Filologiya fanlari doktori Jumanov V. I.
  • Anthropocentric approach is a field of study on real language use and function




    Download 21,18 Kb.
    Sana25.05.2024
    Hajmi21,18 Kb.
    #253906
    Bog'liq
    baxtiniso12345678 (1)


    Qarshi davlat universiteti magistranti Ergasheva Baxtiniso Uktam qizining “Anthropocentric approach is a field of study on real language use and function” mavzusidagi yozgan magistrlik dissertatsiyasiga


    TAQRIZ

    Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek diyorida ham yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayot umumjahon andozalariga xos taraqqiyot yo‘nalishlari jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Boshqa sohalar singari ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli, yoshlar xorijiy tillarni o’rganish orqali ta’lim va ilmiy sohalarda ayniqsa muhim bo’lgan global axborot va resurslardan foydalanishga muvofiq bo’lishmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.


    Albatta bu o‘z sohasiga tegishli internet saytlari yoki texnologiyalardan unumli foydalanishga ham katta yordam beradi. Shu nuqtai nazardan Qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi 70230101-Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi dissertanti Ergasheva Baxtiniso Uktam qizi yozgan “ Anthropocentric approach is
    a field of study on real language use and function ” mavzusidagi dissertatsiyasi dolzarb ahamiyatga egadir.
    Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ishning kirish qismida magistrant mavzuning dolzarbligi, o’rganilish darajasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, maqsadi va obyekti haqida keng ma’lumot berib o’tadi. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Anthropocentrism as a new direction in modern linguistics” deb nomlanib, anthropocentrizmning zamonaviy lingvistikada yangi tushuncha ekanligi, uning rivojlanishi va taraqqiy etishida inson onggi va tafakkuri, tushunish salohiyati va bevosita uni qamrab turgan olamni roli haqida batafsil yoritilgan. ingliz tili birikmalari haqida ma'lumotlar va tilshunoslarning fikrlari haqida yoritilgan.
    Tadqiqot ishining ikkinchi bobi “Real language use” deb nomlanib, unda magistrant odamlar orasida sodda muloqotlarda, ma’muriy va shaxsiy xabarlashuvda , hujjatlar yozishda yoki boshqa kommunikatsiya sharoitlarida amalga oshirilayotgan tilning haqiqiy va amaliy qo’llanishi haqida ma’lumot bergan va haqiqiy tilning ishlatilishi o’z-o’zidan tushunilgan so’zlar, slang, idiomatik ifodalar, mintaqaviy dialektlar va boshqa tilning formal qoidalarga mos kelmasligi mumkin bo’lgan jihatlari kabi tilning amaliy qo’llanishi analiz qilingan.
    Uchinchi bob esa “The mass media under the influence of anthropocentrism” deb nomlanib, o’z ichiga antroposentizmning ommaviy axborot vositalari ta’sirida ko’rinadigan jihati’ bu fikrning ijtimoiy tarmoqlar vca boshqa axborot vositalari orqali keng tarqalganligi va ommaviy ta’sir qilganligini qamrab olgan. Bundan tashqari, antroposentizmning ommaviy axborot vositalari ta’sirida, insonlarning tabiiy dunyo bilan munosabatini o’zgartirishga yo’l qo’yadigan yangiliklar, maqolalar va tadbirlar hamda bevosita insonning tabiiy dunyo bilan munosabatlarini o’zgartirishda muhim ahamiyatga egaligi pragmatik, metaforik, diskursiv va kognitiv tahlil qilingan misollar bilan tushuntirib berilgan.
    Dissertatsiya ishdagi har bir bob kichik xulosa va ishning so’ngida umumiy xulosa bilan yakunlangan. Foydalanilgan adabiyotlar ham dissertatsiya mazmuniga mos keladi. Ushbu dissertatsiya lingvistika sohasida ilmiy tadqiqot olib boruvchi ilmiy xodimlar, talabalar, magistrant va doktorantlar uchun mo‘ljallangan. Unda ayrim imlo va lug‘aviy xatoliklat uchraydi. Lekin bu xatolar ilmiy ishning ahamiyatini pasaytirmaydi. Qarshi Davlat universiteti Magistratura bo'limi Lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi magistranti Ergasheva Baxtiniso Uktam qizi tomonidan "Antroposentric approach is a field of study on real language use and function" mavzusida magistrlik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga javob beradi va magistrlik ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.


    Qarshi davlat universiteti,
    Filologiya fanlari doktori Jumanov V. I.
    Download 21,18 Kb.




    Download 21,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Anthropocentric approach is a field of study on real language use and function

    Download 21,18 Kb.