|
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar
|
bet | 1/17 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 415 Kb. | | #135080 |
Bog'liq Kengashga Tabiiy fanlar fanlar kafedrasini o\'rganish (1)
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI “TABIIY FANLAR” KAFEDRASINI O‘RGANISH BO‘YICHA
MA’LUMOT
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar.
Holat: Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish va qo‘llab – quvvatlash maqsadida kafedrada “Yosh olimlar maktabi” tashkillangan va kafedra mudiri D.To‘xtasinov boshchiligida yosh assistent o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati kuzatib borilmoqda, ilmiy maslahatlar berilmoqda. 2023-2024 yilda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Uchbu rejaga asosan kafedraga 2 ta ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilindi (PhD N.Botirova, B.Bozarov). Kafedraning Ilmiy salohiyati 36,8% ko‘rsatadi. Кafedraning 5 nafar dotsenti DSc (B.Bozarov, B.Daliyev, N.Botirova, D.To‘xtasinov B.Polvonov) va 5 nafar o‘qituvchilari xozirda mustaqil izlanuvchi sifatida PhD (Z.Tulakova, A.Bozorqulov, N.Tolipov, A.Shokirov, D.Jarqinov) dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kelgusi 2024 yilda kafedrada asosiy e’tiborni ilmiy salohiyatni yanada oshirishga qaratiladi hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmoqli bo‘lishiga e’tibor kuchaytiriladi. Natijada kafedra ilmiy salohiyati 52 % bo‘lishi kutilmoqda.
Muammo va kamchilik: Каfedraning ilmiy salohiyati 36,8 % ni tashkil etsada, kafedradagi ilmiy darajalari mavjud ustozlar shogirdlar tayyorlamagan.
Takliflar: 2024-yilda kafedrada asosiy e’tiborni ilmiy ish olib borayotgan Yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishni samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, dissertatsiyalarini himoya qilishda yordam berish.
2.Talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar monitoringi.
Holat: Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda. Talabalar turar joyida yashovchilar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. ********
Muammo va Kamchilik: Кafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy holat o‘rganilganda TTJlarning oshxonalarida sanitariya-gigiyena talablari holatlariga javob bermasligi muzlatkichlarda maxsulotlarning saqlanishiga qo‘yilgan talablar buzulganligi hamda ayrim xonalarda elektr jihozlaridan foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlangan.
Takliflar: Тalabalar tomonidan “Talabalar turar joyi”dagi mebellar, inventarlar va boshqa jihozlarga e’tiborni hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar
|