|
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar
|
bet | 5/17 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 415 Kb. | | #135080 |
Bog'liq Kengashga Tabiiy fanlar fanlar kafedrasini o\'rganish (1)11. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi holati.
Holat: Kafedrada o‘qitiladigan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda kunduzgi va sirtqi, masofaviy ta’lim shakllarining o‘quv rejalar, na’munaviy fan dasturlar mavjud. Ular asosida ishchi-o‘quv dasturlari (sillabuslar) ishlab chiqilgan, Tabbiy fanlar kafedrasining 2023 yil 28 avgust 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tkazilgan hamda fanlarning ishchi o‘quv dasturlari (sillabuslari) 2023 yil 29 avgust 1-sonli filial Kengashi tomonidan tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga tadbiq etishga ruxsat berilgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan ishchi dasturlari 2023, 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan na’munaviy o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan.
Каfedra professor – o’qituvchilari tomonidan filialning barcha ta’lim yo’nalishlarida talabalar uchun kuzgi va bahorgi semestrlarda Hisob(Calculas), Fizika, Diskret tuzilmalar, Differensial tenglamalar, Extimollik va statistika, Oliy matematika, Fizika1, Fizika 2, Algebra va sonlar nazariyasi, Hayot faoliyati xavfsizligi fanlari biriktirilgan bo’lib, o’zbek va rus tillarida mashg’ulotlar olib boriladi. Barcha fanlarning na’munaviy va ishchi dastur- sillabuslari mavjud. Barcha ishchi dasturlar 2023 yil 29 avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
Muammo va Kamchilik: Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha muammo va kamchiliklar yo‘q. o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg’ulotlari to’laqonli o‘tiladi.
Takliflar: Kafedra negizida 60540300 – “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishini ochilishi bilan kafedra faoliyati to’liq o’quv mashg’ulotlari olib borishdan, ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyalashgan faoliyat turiga aylanadi.
12. Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek, yangi kiritilgan fanlarning professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishi holati.
Holat: Каfedra professor – o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan va 2023 yil 29 avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan. Ulardan “Oliy matematika”.
Muammo va Kamchilik: Каfedra professor – o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarida muammo va kamchiliklar yo‘q.
Takliflar: Kafedrada mavjud fanlardan yangi fan dasturida keltirilgan adabiyotlarning bosma nashrlarini sotib olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar
|