• Yetishtirish texnologiyasi 0 ‘tmishdosh.
  • Ekinlarni parvarishlash.
  • 1. Tariq ahamiyati Tariq tarixi




    Download 24,47 Kb.
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,47 Kb.
    #100626
    Bog'liq
    Tariq yetishtirish texnalogiyasi


    Reja
    1.Tariq ahamiyati
    2.Tariq tarixi
    3.Yetishtirish texnalogiyasi
    Ahamiyati. Tariq qimmatbaho yormali ekin. Tariq yormasi qimmatbaho oziqabop xossalariga va yaxshi sifatli mazasiga ega. Yormaning oziqabopligi 29-jadvalda keltirilgan.
    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tariqda oqsil moddasi yetarli. Oqsilning fraksion oqsili spirtda va ishqorda eriydigan holda keltirilgan (gliadinlar, glyutelinlar). Tariqning oqsilida barcha almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar aniqlangan.
    Tariqning doni eng kerakli boMgan kul elementlarining (magniy, fosfor) manbai bo‘lib hisoblanadi. Tariqning donida mikroelementlar ham mavjud: rux-1,96 mg, mis-1,19 mg, yod-1,6 mg, brom- 0,36 mg. Donning kimyoviy tarkibi geografik, meteorologik va texnologik jarayonlarga ko‘ra o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tariq yormasining sifati donni texnologik qayta ishlashiga bog‘liq.
    Don birinchi ishlovdan, ya’ni oqlashdan keyin tarkibida 14,43% oqsil, 75,8% kraxmal, 1,34% ma’dan moddalar va 0,38% fosfor mavjud. Tayyor yormada 13,9% oqsil, 79,9% kraxmal, ma’dan moddalar 2,95% va 0,20% fosfor bor. Kepakka oqsil tushib qoladi, bundan tashqari murtakning bir qismi aleyron qavati ham tushadi. Donni silliqlashda yormaning sifati pasayadi.
    Tariqning doni qushlar va cho‘chqalarga qimmatbaho oziqa bo‘lib hisoblanadi. Donning 1 kg da 0,97 oziqa birligi bor. Oziqa uchun donning qoldiqlari va somon ishlatiladi. Tariqning oziqabop navlari mavjud bo‘lib ular pichan tayyorlash uchun ishlatiladi. Bulardan tashqari tariq ang'iz ekinidir.
    Tarixi. Tariq yowoyi holatda aniqlanmagan. Botanik-geografik izlanishlar asosida N.N.Vavilov ma’lumotlariga ko‘ra, birlamchi shakllarining hosil bo‘lishini va Sharqiy Osiyoning tog‘li hududlaridan kelib chiqishini hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga Xitoy va unga chegaradosh mamlakatlardan tariq tarqalgan.21
    FAO ma’lumotlariga ko‘ra 2016-yili tariq 32,9 mln. gektarni band qilgan va hosildorligi - 9,1 ts/ga ni tashkil qilgan. Tariq eng ko‘p Afrikada va Osiyoda ekiladi.
    Yetishtirish texnologiyasi
    0 ‘tmishdosh. Tariq o‘simligi yaxshi ishlangan yemi talab qiladi. Shuning uchun donli ekinlaming ang‘izi yumshatilib, keyin haydaladi. Tog‘ oldi va tog‘ etagida shudgor qilingan yerlarga qish kunlari namni yaxshi to‘plash uchun qor tutqich, yomg‘ir va qor
    174
    suvlarini tutib qoladigan uvatlar yasaladi. Erta ko'klamda shudgor boronalanadi va yeming qatqaloqlanishi, begona o‘tlaming o'sishiga qarab bir necha marta kultivatsiya bilan borona qilinadi va mola bostiriladi. Mola bostirish maysalaming bir tekis ko‘karib chiqishini ta’minlaydi.
    O'gHtlash. Tariq o‘g‘itlami ham talab qiladi. 0 ‘rtacha 1 ts don va tegishli somon hosilini yetishtirish uchun 3 kg azot, 1,4 kg fosfor, 3,4 kg kaliy va 1 kg kalsiy sarflanadi. Oziq elementlami tariq bir tekisda o‘zlashtirmaydi. Maysalanish-tuplanish davrida barcha oziqa elementlaming 7 foizini o‘zlashtiradi. Tuplanish-gullash davrida oziqa elementlarining o‘zlashtirilishi jadallashadi va bu 65 foizga to‘g‘ri keladi, gullash-pishish davrida 28-30 foizi o‘zlashtiriladi. Tariq gullash va don to‘lishish davrida azot, kaliy va kalsiyni ko‘p o‘zlashtiradi.
    Asosiy o‘g‘itlashda organik va madaniy o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Organik o‘g‘it ta’sirida hosil ancha oshadi. 0 ‘g‘itning ta’siri tuproqqa ham bog‘liq bo‘ladi. Bo‘z tuproqlarda azotli va fosforli o‘g‘itlami ta’siri kuchlidir. Kuzda yer haydashdan oldin o‘rtacha 10­ 12 t. go‘ng, 60 kg fosfor va 30 kg kaliy solish maqsadga muvofiqdir.
    Tariq donining tarkibida fosfor kam. Dastlabki rivojlanish uchun urug‘ bilan birga fosforli o‘g‘it solish yaxshi natija beradi (10-15 kg/ga).
    0 ‘suv davrida, ya’ni tuplanish yoki nay o‘rash davri boshlanishida qo‘shimcha oziqlantiriladi. Bunda 30-50 kg azot va 20-30 kg fosfor ishlatiladi.
    Ekish. Ekish uchun avval urugiik tayyorlab bunda ro‘vakning eng yuqori qismidagi serhosil urugMar tanlab olinadi. Urug‘ tozalanadi, saralanadi. Ekiladigan urug‘ bir tekisda, davlat andozasiga javob berishi kerak. Birinchi klassdagi urug'ning tozaligi 99%, unuvchanligi kamida 95% bo‘lishi, kuya kasalligiga qarshi urug‘ dorilanishi lozim.
    Ekish muddati tanlanadi. Harorat 10 °C dan past va 30 °C dan yuqori bo‘lsa. Maysasi to‘la unib chiqmaydi. Ekish chuqurligidagi harorat 12-15 °C bo‘lganida tariqning maysasi tez kunda to‘la ko‘karib chiqadi. Lalmi yerlarda aprel-may oylarida ekiladi.
    175
    Sug‘oriladigan yerlarda ham aprelning oxirida yoki ang‘izga takroriy ekin sifatida iyun va iyulning boshlarida ekiladi
    Ekish usuli tuproq sharoitiga bog'liqdir. Unumdor nam yetarli sharoitda ko‘pincha yoppasiga qatorlab, unumdorligi past, nam kam bo‘lgan sharoitda keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 yoki 60 sm bo‘lishi kerak. Tariqni ikki qatorlab (qo‘sh qatorlab) ekish mumkin: 60 x 15, 45 x 15. Lalmi yerlarda oddiy yoppasiga qatorlab ekiladi. Ekish chuqurligi 3 sm dan 8 sm gacha bo‘lib, u tuproqning turiga, mexanik tarkibiga bog‘liqdir.
    Ekinlarni parvarishlash. Ekib boMingandan keyin maysalarning tez ko‘karishi kuzatib boriladi, qatqaloq hosil bo‘lsa borona qilinadi. Keng qatorlab ekilganda qator orasiga ishlov beriladi, bunda ikki marotaba yumshatiladi. Tariq sug‘oriladigan yerlarda tuplanish, ro‘vak chiqarish davrlarida sug‘oriladi. Sug‘orishdan oldin o‘g‘it solinadi. Sug‘orishning eng yaxshi usuli-yomg‘irlatib sug‘orish.
    Begona o‘tlarga qarshi 2.4D gerbitsidi (1,5-2,0 kg/ga) qo‘llaniladi. Tariq ro‘vagi ham barcha maydonda ham baravariga yetilmaydi. Pishgan don to‘kiladi, shuning uchun tariqni ertaroq yig‘ish kerak. Yaxshi o‘sgan, tekis, shamol boMmaydigan yerlarda hosil dumbul pishganda o‘rib so‘ngra yig'ishtirib yanchilganda, hosil ancha tejaladi. Tozalangan donning namligi 13-14% dan oshmasligi kerak.
    Download 24,47 Kb.




    Download 24,47 Kb.