|
-mavzu: Piyodalarning vazifalari. Yo‘lovchilarning vazifalari. Maxsus transportBog'liq 3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari5-mavzu: Piyodalarning vazifalari. Yo‘lovchilarning vazifalari. Maxsus transport
vositalarining imtiyozlari. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
Tayanch iboralar. Piyodar. Piyodalarning vazifalari. Yo‘lovchilar. Yo‘lovchilarning
vazifalari. Maxsus transport vositalari. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari. Svetofor.
Tartibga soluvchi. Tartibga soluvchining ishoralari.
YHQda piyodalarning vazifalari bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Yo‘lda piyodalarni yurishi lozim bo‘lgan joylar;
2-band. Piyodalarning tashkiliy jamlanmalari harakati tartibi;
3-band. Yo‘lda qatnov qismidan o‘tish tartibi;
4-band. Harakat tartibga solingan joylardan o‘tish tartibi;
5-band. Harakat tartibga solinmagan joylardan o‘tish tartibi;
6-band. Qatnov qismidagi piyoda harakatiga qo‘yilgan tartiblar;
7-band. Maxsus transport vositalari yaqinlashganda piyodaga quyilgan talab;
8-band. Piyodalarga transport vositalarini kutish joylaridagi holatlarni izohlaydi.
Yo‘lovchilarning vazifalari bobi 2 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Yo‘lovchilarning majburiyatlari;
2-band. Yo‘lovchilarga man qilingan harakatlar.
Maxsus transport vositalarining imtiyozi bobi 4 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Ko‘k rangli chiroq mayoqchali maxsus transport vositalarining huquqlari;
2-3-band. Haydovchilarga ko‘k rangli chiroq mayoqchali transport vositasi yaqinlashgandagi
vazifalar;
4-band. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan maxsus transport vositalarini
huquqlari.
Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari bobi 15 bandni o‘z ichiga oladi.
1-band. Svetofor yorug‘lik ranglari turi va vazifasi bo‘yicha svetoforning ko‘rinish turlarini;
2-band. Svetoforning doirali ishoralarining ranglarini manolarini, ya’ni yashil rangni
harakatlanishga ruxsat berishi va xoqazo.
3-band. Svetoforning yo‘naltirish ko‘rinishidagi turini;
4-band. Yashil ishoradagi qora yo‘naltirgichni manosini;
5-band. Piyodalar svetoforini;
6-band. Reversiv svetoforni ishoralarini;
7-band. Tramvay va belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari uchun mo‘ljallangan T-
simon svetoforni;
8-band. Temir yo‘l kesishmalaridagi svetoforni;
9-band. Tartibga soluvchining ishoralarini;
10-band. Tartibga soluvchining talablarini;
11-band. Tartibga soluvchini qo‘shimcha ishorasini;
12-band. Svetoforni yoki tartibga soluvchini to‘xtash ishorasida to‘xtash joylarini;
13-band. Sariq ishorada yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarilganda
haydovchilar keskin tormoz bermay, ulgira olmasalar, harakatini davom ettirishlari mumkinligini;
14-band. Haydovchi va piyodalarni tartibga soluvchini ishoralariga har qanday sharoitda
amal qilishlarini;
15-band. Temir yo‘l kesishmasida qo‘shimcha ravishda taqiqlovchi tovushli ishora ham
berilishi mumkinligini izohlaydi.
- 9 -
Nazorat savollari:
1. «Piyoda» - kim?
2. Piyodalarning vazifalari nimalardan iborat?
3. «Yo‘lovchi» - kim?
4. Yo‘lovchilarning vazifalari nimalardan iborat?
5. Qanday transport vositalari maxsus deyiladi?
6. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari nimalardan iborat?
7. Qanday qurilma svetofor deyiladi?
8. Tartibga soluvchining asosiy ishoralari nimalardan iborat?
|
| |