|
3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlariBog'liq 3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari
- 12 -
7- mavzu:
Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘xtash va to‘xtab turish.
Tayanch iboralar. Tezliklar. Tezlik miqdorlari. Tezlikni o‘zgarishi. Quvib o‘tish. To‘xtash.
To‘xtab turish.
Harakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi:
1- band. Haydovchi sharoitlarni hisobga olgan holda transport vositasini cheklangan tezlikdan
oshirmasdan boshqarishini;
2- band. Aholi yashaydigan joydagi ruxsat etilgan tezlikni;
3- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi ruxsat etilgan tezliklarni;
4- band. Har qanday yo‘llardagi haraqat tezliklarini;
5- band. Haydovchilarga taqiqlangan holatlarni izohlaydi.
13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Haydovchining quvib o‘tish holatlarini;
2- band. Quvib o‘tish shartlarini;
3- band. Quvib o‘tishdagi haraqat tezligi;
4- band. Quvib o‘tishni tugallagandan keyingi holatlarni;
5- band. Quvib o‘tishni taqiqlovchi holatlarni;
6- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda quvib o‘tish hollarini.
14- bob. To‘xtash va to‘xtab turish bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi:
1- band. Transport vositalarida yo‘lning o‘ng yoki chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turish
qoidalarini;
2- band. Transport vositalarini piyodalar harakatiga xalaqit bermasdan yo‘l yoqasida qo‘yishni;
3- band. Transport vositalarini aholi yashaydigan joylardan tashqarida to‘xtash va to‘xtab
turishi mumkinligi;
4- band. To‘xtash taqiqlangan joylar:
-tonnellarda, temir yo‘l kesishmalarida, piyodalar o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq
masofa qolganda;
-to‘xtash taqiqlangan yo‘l belgisi (3.27) hamda chizig‘i (1.4) ning ta’siri doirasida.
5- band. To‘xtab turish taqiqlangan joylar:
- temir yo‘l kesishmalariga 50 metr qolganda;
- to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilari (3.27-3.30) va chiziqlari (1.14-1.10)
ta’sirlari doirasida.
6-band. To‘xtash taqiqlangan joyda majburiy to‘xtagan haydovchining ko‘radigan choralari
haqida;
7-band. To‘xtagan transport vositalarini boshqa transport vositalari harakatiga xavf
tug‘dirmasligi to‘g‘risida;
8- band. Transport vositasini o‘z-o‘zidan harakatlanishini yoki undan foydalanishni istisno
qiladigan ehtiyot choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
|
| |