• 8- mavzu: Chorrahalarda harakatlanish.
  • 3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #256961
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari

     
     
     
     
    Nazorat savollari: 
    1. Aholi yashash joylarida eng yuqori tezlik qancha? 
    2. Aholi yashash joylaridan tashqarida eng yuqori tezlik qancha? 
    3. Quvib o‘tish nima? 
    4. Qanday holatlarda quvib o‘tish taqiqlanadi? 
    5. Qayerlarda to‘xtash man etilgan? 
    6. Qayerlarda to‘xtab turish man etilgan? 


    - 14 - 
    8- mavzu:

    Chorrahalarda harakatlanish.
    Tayanch iboralar. Chorraha. Tutashma. Chorraha xududi. Chorraha turlari. Chorrahalarni 
    jihozlash. Chorrahada o‘tish tartibi. 
    Chorrahalarda harakatlanish bobi 13 bandni o‘z ichiga oladi va tartibga solingan chorrahalar va 
    tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish tartiblarini belgilab beradi: 
    1- band. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan transport vositasining haydovchisi piyodalarga yo‘l 
    berish kerakligini; 
    2- band. Tirbandlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan haydovchining vazifalarini belgilaydi; 
    3- band. Haydovchilarning imtiyoz belgilariga amal qilish shartlarini izohlaydi; 
    4-band. Svetoforning yashil ishorasida haydovchining amal qilish kerak bo‘lgan shartlarni; 
    5-band. Svetoforning qizil ishorasida haydovchining amal qilishi kerak bo‘lgan shartlarni; 
    6-band. Relssiz transport vositalariga nisbatan tramvayning oldin o‘tish huquqini belgilaydi; 
    7- band. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda 
    belgilangan yo‘nalishda harakatni davom ettirish kerakligini; 
    8- band. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida haydovchi chorraha orqali harakatlanishni 
    tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan 
    piyodalarga yo‘l berish shartligini; 
    9- band. Asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisiga ikkinchi darajali 
    yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerakligini izohlaydi; 
    10- band. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada tramvay relssiz transport 
    vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega ekanligini belgilaydi; 
    11- band. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda asosiy yo‘lda harakatlanayotgan 
    haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari 
    kerakligini izohlaydi; 
    12- band. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisiga 
    teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l 
    berishi kerakligini; 
    13- band. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay 
    olmasa va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblash 
    kerakligini belgilaydi. 


    - 15 - 

    Download 1,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish