• Smena masterining ish xujjatlarini rasmiylashtirish.
  • Nazorat savollari
  • 8-mavzu. Smena masterining ish xujjatlarini yuritishi. Reja




    Download 169.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana26.02.2024
    Hajmi169.4 Kb.
    #162454
    Bog'liq
    8-Mavzu
    TTP TEST — копия (1), Кумуш, eshitish, 1-Amaliy ish Kompyuter arxitekturasi (2), Nature, 4y, ventilation, atrabotka, qabul parametrlari, Yo‘ldoshev Ibrohim Husan o‘g‘li, Datagaze DLP уз, Chizma geometriya, 1684316989, открытый урок, Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqwarilishi va uning zaruriyati


    8-mavzu. Smena masterining ish xujjatlarini yuritishi. 
    Reja: 
    1. Smena masteriningish hujjatlari.
    2. Smena masterining ish xujjatlarini rasmiylashtirish. 
    Smena masterining ish xujjatlari. 
    Smena masteri ishlab chiqarish va xizmat faoliyati davomida bir qancha 
    xujjatlarni 
    rasmiylashtirish 
    ishlarini 
    amalga 
    oshiradi. 
    To’qimachilik 
    korxonalaridagi smena masteri yuritadigan ish xujjatlari asosan quyidagilardan 
    iborat. 
    - Inventarlar va ish qurollarini ta'mirlash buyurtmasi; 
    - Texnologik mashinalarda sodir bo’lgan texnik to’xtashlar dalolatnomasi; 
    - Texnologik uskunalarning ta'mirlashdan oldingi va keyingi nosozliklar 
    qaydnomasi (defektniy vedemost'); 
    - YOrdamchi ishchilarni komplektlarga biriktirish bildirgisi;
    - Texnologik intizomni buzgan ishchilarga dalolatnoma tuzish;
    - Ilg’or ishchilarni rag’batlantirish uchun tavsiyanoma; 
    - Ishchilarning mehnat ta'tili grafigini tuzish va arizalarni rasmiylashtirish; 
    - Kasallik varaqalarini nazorat qilish va rasmiylashtirish; 
    - Smenaga biriktirilgan texnologik mashinalarni texnik koo’rikdan o’tkazish 
    va qaydnomalarni rasmiylashtirish; 
    - Ishchilarning o’z hisobidan ta'til arizasini rasmiylashtirish; 

    Sababsiz 
    ishga 
    chiqmayotgan 
    ishchilarni 
    ishdan 
    bo’shatishni 
    rasmiylashtirish; 
    - Voyaga etmagan ishchilarni ishdan bo’shatishni rasmiylashtirish; 
    - Ishchilarning korxona xizmat transportidan foydalanish arizasini 
    rasmiylashtrish; 
    Smena masterining ish xujjatlarini rasmiylashtirish. 
    Smena masteri o’ziga biriktirilgan uchastkada ishlatiladigan inventar va ish 
    qurollari doimo soz holatda bo’lishiga mas'ul hisoblanadi. SHuning uchun ularning 


    ishga yaroqsizini aniqlab, o’rnatilgan tartibda ta'mirlash uchun buyurtmani 
    rasmiylashtiradi. 
    Smena davomida mashinalarda majburiy texnik to’xtashlar (avariya, elektr 
    tokini o’chib qolishi, elektromotorlarni ishdan chiqishi) sodir bo’lib turadi. Texnik 
    to’xtashlar smena reja topshiriqlari va mashinaga xizmat ko’rsatuvchi ishchining 
    shaxsiy rejasini bajarilmasdan qolishiga olib keladi. Buning oqibatida ishga 
    to’lanadigan oylik ish haqi mukofot puli to’lanmasligi hisobiga qisqaradi. (ishchi 
    aybdor bo’lmagan holda). Bunday holatda smena masteri majburiy texnik 
    to’xtashlar dalolatnomasini rasmiylashtiradi va uni ish haqi bo’limiga topshiradi. 
    Ushbu xujjatlar asosida ishchiga o’sha kun uchun o’rtacha ish haqi to’lash amalga 
    oshiriladi. Bundan tashqari smena rejasini bajarilmaganligi uchun ham ushbu xujjat 
    asos bo’ladi. 
    Smena masteri o’ziga biriktirilgan texnologik mashinalarni ta'mirlashdan 
    oldin va keyin tegishli tekshirishdan o’tkazib nosozliklar qaydnomasini 
    rasmiylashtiradi. Ta'mirlashdan oldin nosozliklar qaydnomasi ta'mirlash ishlarini 
    to’laqonli va sifatli bajarish uchun kerakli ehtiyot qismlarni tayyorlash va ta'mirlash 
    vaqtini tejashga xizmat qiladi. Ta'mirlashdan keyingisi esa mashina ishlashini 
    baholash, uni ta'mirlashdan qabulq qilib olish uchun asos vazifalarni o’taydi. 
    Smenadagi 
    yordamchi 
    ishchilar 
    (transpotirovshiklar, 
    farroshlar, 
    qadoqlovchilar) bir oy davomida turli sabablarga ko’ra turli komplektlarda har xil 
    vazifalarni bajarishiga to’g’ri keladi. SHuning uchun smena masteri har kuni (yoki 
    oy oxirida) ularni ish vazifalariga biriktirilganligini (zakriplenie) to’g’risida xujjat 
    rasmiylashtirib ish haqi bo’limiga topshiradi. Agar ushbu xujjat rasmiylashtirilmasa 
    ishchiga yordamchi vazifalarni bajargan kunlariga hak to’lanmasdan qoladi. 
    Smena masteri har bir ishchining texnologik intizomga (appartlashni buzish, 
    noto’g’ri ulash, ish usullarini noto’g’ri bajarish va h. k.) rioya qilishini nazorat qilib 
    boradi. Texnologik intizomni buzgan ishchilarga dalolatnom tuzadi. Ushbu 
    dalolatnoma asosida uning ish haqi qisqartiriladi. 
    Smena masteri jamoada intizomi, xizmat lavozimiga bo’lgan munosabati va 
    reja topshiriqlarini bajarish bo’yicha boshqalarga o’rnak bo’layotgan ishchilarni 


    rag’batlantirish uchun o’rnatilgan tartib asosida tavsiyanoma rasmiylashtiradi. 
    Ushbu tavsiyanoma smena jamoasi yig’ilishida muhokama qilinib, kasaba 
    qo’mitasiga topshiriladi. 
    Smena masteri yil davomida reja topshiriqlarini uzluksiz bajarilishini
    ta'minlash uchun ishchilarning mehnat ta'tili grafigini tuzadi. (har biri bilan 
    kelishilgan holda) va kasaba qo’mitasiga tasdiqlash uchun topshiradi. 
    Smena masteri kasalligi tufayli ishga chiqmagan xodimlariga o’sha kunning 
    o’zidayoq kasallik varaqasi ochilganligini nazorat qiladi. (progulni oldini olish 
    uchun). Muolajadan so’ng ishga chiqqanda betoblik kunlarini tekshirib kasallik 
    varaqasini tsex boshlig’iga topshiradi. (to’lov o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun). 
    Smena masteri o’ziga biriktirilgan texnologik mashinalarni texnik holatiga 
    javobgar hisoblanadi. SHuning uchun belgilangan muddatda ularni mukammal 
    tekshirib, barcha detallari, ishchi organlari, butlovchi qismlari, himoya vositalari va 
    elektr qismlarining holati haqidagi ma'lumotlarni texnik ko’rik kitobiga kiritadi, 
    hamda texnik ko’rikdan o’tkazilganlik qaydnomasini rasmiylashtiradi. Texnik 
    ko’rikda aniqlangan ma'lumotlar ta'mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun ishlatiladi. 
    Smena masteri oilaviy sharoiti yoki ishlab chiqarish taqozasiga ko’ra qo’l 
    ostidagi ishchilarni o’z hisobidan ta'tilga chiqaradi. (tsex boshlig’i bilan kelishilgan 
    holda) Tabelda progul kunlari yozilmasligi uchun ishchining arizasini 
    rasmiylashtiradi. 
    Sababsiz ishga chiqmayotgan ishchilarni ishdan bo’shatish O’zbekiston 
    qonunlari asosida rasmiylashtirilishi shart. Smena masteri sababsiz ishga 
    chiqmayotgan ishchilarni turar joyiga borib topishi, undan tushuntirish xati olishi , 
    topa olmasa qo’ni-qo’shnilardan surishtirishi kerak bo’ladi (aniq ma'lumotga ega 
    bo’lishi uchun). Progul qilayotgan ishchining tushuntirish xati yoki smena 
    masterining bildirgisiga ko’ra tsex boshlig’i kasaba qo’mitasiga xodimni ishdan 
    bo’shatish masalasini ko’rib chiqish uchun murojat qiladi. Kasaba qo’mitasining 
    qaroriga asosan korxona rahbari ishchini progulga bo’shatish to’g’risida buyruq 
    chiqaradi. 


    Voyaga etmagan ishchilarni ishdan bo’shatishda ham O’zbekiston qonunlari 
    talablari bajarilishi shart. Agar smenada voyaga etmagan ishchi sababsiz ishga 
    chiqmayotgan bo’lsa uni bo’shatish uchun tuman ichki ishlar bo’limidagi “Voyaga 
    etmaganlar bilan ishlash komissiyasi”ga murojat qilinadi. Ushbu komissiyaning 
    ruxsati bilangina ishdan bo’shatish buyrug’i chiqariladi. 
    Smena masteri qo’l ostidagi ishchilarning korxonaning xizmat transportidan 
    foydalanishiga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi va uni ushbu mazmundagi arizasini 
    o’rnatilagn tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
    Nazorat savollari: 
    1. Smena masterining qanday ish hujjatlari borligi xaqida ma’lumot bering?.
    2. Smena masterning ish xujjatlarini rasmiylashtirish qanday amalga 
    oshiriladi? 
     
     

    Download 169.4 Kb.




    Download 169.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Smena masterining ish xujjatlarini yuritishi. Reja

    Download 169.4 Kb.
    Pdf ko'rish