Dars turi: yangi bilim beruvchi Darsning jihozi




Download 356,97 Kb.
bet9/13
Sana22.11.2020
Hajmi356,97 Kb.
#12683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,Oybek portreti,asarlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.

1. Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan?

2. O`g`rini tun qorong`usida hovli oshib o`g`rilikka tushishga nima majbur qildi?

3. Qora buvining olti oydan buyon uyqusi kamligiga sabab nima?

4. O`g`ri nima uchun boshqa kasb bilan shug`ullanmadi?

5. Nima uchun o`g`ri boylarnikini emas, kambag`alning uyini tanladi?

6. O`g`ri nima uchun buvi bilan choy ichishga unamadi?

3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Taniqli o’zbek adibi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo’zchi oilasida tug’ilgan.Avval maktabda ,keyin pedagogika texnikumida o’qigan.1925-1930-yillarda O’rat Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o’qishni bitirib,shu dorilfununda muallimlik qilgan.

She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to’plami “Tuyg’ular”nomi bilan 1926-yilda chop etildi.Shundan so’ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan dostonchilikka qo’l uradi. Birin-ketin “Dilbar –davr qizi”(1931), “O’ch”(1932), “Baxtigul va Sog’indiq”(1933) singari turli mavzudagi o’nlab dostonlari e’lon qilinadi.

Oybekning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari – “Qutlug’ qon”(1940), “Navoiy”(1944), “Quyosh qoraymas”(1958) singari romanlarining “Xamirturushi” ham kichik-kichik hikoyalar bo’lgandi.

Ular sirasiga “Fanarchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa” kabi hikoyalarni kiritish mumkin.Shunisi muhimki ,bu asarlarning aksariyat qahramonlari keyin ham yozuvchi o’y va fikrida yashahsni davom ettidi,ijodiy o’sib bordi.Ma’lum vaqat o’tib esa ,yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda to’la qonli qahramonlar bo’lib maydonga chiqishdi.Shunday asarlardan biri o’tgan asrning 30-yillarida yozilgan “Fanarchi ota ”hikoyasidir.

(Hikoya matni o’qiladi)



4.Mustahkamlash: (10 daqiqa)

1.Oybek qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Uning dastlabki she’riy to’plami qanday nomlanadi?

3.Oybek qanday dostonlar yozdi?

4.Oybekning romanlarini ayting.

5.Oybek qanday hikoyalar yozdi?

6. “Fanarchi ota” hikoyasi qachon yozilgan?

7.Hikoyani so’zlab bering.


5.Baholash.(2 daqiqa)

6.Uyga vazifa:(3 daqiqa) Hikoyani o’qish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 20.12.17
Mavzu: Oybek."Bolaning ko’ngli podsho" ( “Bolalik”qissasidan)

Darsning maqsadi:

-Oybekning “Bolaning ko’ngli podsho” hikoyasining matnini o’rganish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,Oybek portreti,asarlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar Oybek hayoti va ijodi, “Fonarchi ota” haqida so’zlaydilar.
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Oybekning "Bolaning ko’ngli podsho" hikoyasi , “Bolalik”qissasidan olingan parchadayoq biz o’zimizni birdaniga yozuvchi bolaligi kechgan davrga tushib qolganday his qilamiz.Ko’z oldimizda XXasrning boshlaridagi ko’hna Toshkentning g’ala-g’ovur ko’chalari namoyon bo’ladi.

Oybek bolalar armonini shu darajada yaxshi biladiki,yozuvchi tasvirida ular juda tabiiy gavdalanadi.A’zamning oxirgi maqtovi –“Ah,shurin…”degani Musoning barcha sabru-bardoshida nuqta qo’yadi.Uning ko’ziga o’zi suygan mashg’ulot ham ko’rinmay qoladi.

Marahmad otaning hovlisi keng bo’lsa-da, uning supuriqsiz qolganidan bu uydagi yosh-yalang boshiga biror ko’rgilik tushgani seziladi.

Shu hovlida ikki qariya xuddi suvdek oqib o’tib ketgan yoshlik davrlarini eslab o’tirishibdi.Bola guvoh bo’lgan suhbatidan anglashiladiki,ularning ayni kuchga to’lgan davrlari Musulmonqullar,ya’ni Qo’qon xonligi davriga to’g’ri kelgan.Bu davrlar ota-bobolarimiz uchun juda qiyin bo’lgan.

Agar “Bolalik” qissasini topib ,to’liq o’qib chiqsangiz juda qiziq voqealarga boy. Bu asar Oybekning bolaligi o’smirligi to’grisidagi tasavvurlaringizni kengaytirishingiz aniq.


4.Mustahkamlash (10 daqiqa)

1.Oybekning bolalik mavzusidagi asarlari nomini sanab,ularning biri haqida ma’lumot bering.

2. “Bolaning ko’ngli podsho” hikoyasi Oybekning qaysi qissasidan olingan?

3. Hikoyadagi bolaning qiliqlariga baho bering.

4.Chollarning suhbatidan ularning yoshliklari qanday zamonlarga to’g’ri kelganligi haqida fikr yuriting.

5. Boboning bolaning ko’nglini poshsho va tillage o’xshatishini izohlang.


5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Oybekning “Bolalik”qissasini o’qish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 19.01.2018

Mavzu: Usmon Nosir. “Bolaligimga”, “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rlari.
Darsning maqsadi:

- Usmon Nosir hayoti va ijodi hamda she’rlari matnini o’rganish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,Usmon Nosir suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi,o’quvchilar tayyorlagan test va boshqotirmalar ustida ishlanadi

3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

U.Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri 1935-yilda,shoir davolanish uchun shimolga –Boltiq va Qora dengiz bo’ylariga safarga ketgan davrida yozilgan. Bu paytda sobiq sho’ro davlatida mafkuraviy talvasalar juda kuchatgan edi.Xalq orasidan yetishib chiqqan ko’plab ziyolilarni ta’qib etish avj ola boshlagan edi.Gazeta va jurnallarda yozuvchilar haqida ko’plab tuhmat gaplar aytilar edi.Usmon Nosir o’ziga ustoz deb bilgan Cho’lpon,Fitrat, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtirilardi.Yurtidan uzoqda bolsa-da,shoirning navqiron ko’ngli bulardan ozor chekar edi.Shu tufayli shoir ayni kunlardagi kayfiyatini ifodalab:

Men mast bo’lib qoldim bir kecha,

Sil o’pkamni ancha yayratdim.

Uxlamasdan to tong otguncha,

Dilginamni rosa sayratdim,- deydi.

Shoirning “Bolaligimga ” she’rida bolalik yashnoq gulag,barglari ko’m-ko’k palakka,go’zal malakka o’xshatilsa, shoir o’zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo’luvchi kapalakka mengzaydi. Shoirning bolaligi og’ir o’tgan bo’lsa ham , u beg’ubor bolaligini boshqacha entikish bilan xotirlaydi.Chunki yil o’tgan sari bolalikning tashvishlari,ozorlari kishiga qadrli bo’lib boraveradi.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.

2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?

3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?

4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?

5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?

6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?

7. Shoir nimadan ozor chekkan edi?


5.Baholash.(2 daqiqa)

6. Uyga vazifa.(3 daqiqa) Shoir she’rlaridan yod olish.
O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 23.01.2018
Mavzu: “Yo’lchi”, “Yur tog’larga chiqaylik”, “Yoshlik”, “Culzor-chaman” she’rlarini o’qish va tahlil qilish.

Darsning maqsadi:

- Usmon Nosir she’rlari o’qish va tahlil qilish orqali o’rganish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,Usmon Nosir suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a)yod olingan she’rlar so’raladi.

b)savol-javob o’tkaziladi:

1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.

2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?

3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?

4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?

5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?

6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?

7. Shoir nimadan ozor chekkan edi?



3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Usmon Nosirning “Yur,tog’larga chiqaylik…” she’rida aks etgan tog’larning ulug’vorligi,ular bag’rini qoplagan olmos kabi oppoq qorlar nuri o’quvchi diliga yorug’lik olib kiradi. Oppoq nur yoshlikning ko’zini qamashtiradi, hayotning jozibador, faqat go’zlalliklardan iboratdek qilib ko’rsatadi.

O’tgan asrning 30-yillarida sho’rolar davrida avj olgan qatog’on yosh Uamon Nosir ko’nglini ham chuqur dardlarga to’ldiradi.Mana shu darddoshlik tuyg’ulari shoirning ko’plab she’rlarida o’z izini qoldirgan. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo’ronlariga ko’ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan “Yo’lchi”she’ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ushbu she’rni o’qigan chinakam muxlis ko’ngli bir narsani aniq ilg’aydi. U ham bo’lsa, lirik qahramon –shoir ko’pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo’lgan orzular ko’yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili “murodaga qasd qilib yugurish”ni talab qiladi.Bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mashaqqat va g’amni, ko’plab shiddatli bo’ronlarnib uning boshiga solishi mumkin.

Bu qahramonning bizga ibratli jihati shuki, u o’zi tanlagan taqdir yo’llarida duch kelishi muqarrar bo’lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi.Nafaqat tik boqadi, balki qora yo’rg’asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.

Afsuski, fidoyi shoir Usmon Nosirga o’zi ko’zlagan nurli manzillarga yetib boorish nasib etmadi.1937-yilda shoir “xalq dushmani”degan tuhmat bilan qamalib,sovuq Sibirga surgun qilinadi. Yurt sog’inchi,cheksiz azob va uqubatlar shoirning jism-u jonini yemiradi.1944-yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etadi. Ammo uning chaqmoqdek yorqin umri va ijodi hali ko’p asrlar xalqimiz qalbini yoritib turajak.

4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)

1. “Yur tog’larga chiqaylik”she’rida nimalar tasvirlangan?

2. Qatag’on yosh shoir hayotiga qanday ta’sir qildi?

3. “Yo’lchi”she’rida shoir nimalarni yozadi?



5.Baholash.(2 daqiqa)

6.Uyga vazifa.(3 daqiqa) Taassurotlar yozish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA
5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 24.01.2018
MAVZU: IFODALI O’QISH MASHQI

Dаrsning tеxnоlоgik xаritаsi


Mаvzu

IFODALI O’QISH MASHQI

Mаqsаd

Vаzifаlаr

Mаqsаd: - Usmon Nosir she’rlari o’qish va tahlil qilish orqali o’rganish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.

Vаzifаlаr: O`quvchilаrdа mаvzugа nisbаtаn qiziqish uyg`оtish, ulаrdа mаvzu аsоsidа bilim vа ko`nikmаlаrni shаkllаntirish, kеngаytirish;

O`quv jаrаyonining mаzmuni

O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish, nafosat,badiiy did, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash

O`quv jаrаyonini аmаlgа оshirish tеxnоlоgiyasi

Uslub: suhbat, оg`zаki bаyon,ifodali o’qish ;

Shаkl: kichik guruhlarda ishlash;

Vоsitа: dаrslik, sаvоllаr, texnik vosita

Nаzоrаt: оg`zаki nаzоrаt, sаvоl-jаvоb;

Bаhоlаsh: 5 bаlli tizim аsоsidа

Kutilаdigаn nаtijаlаr

O`qituvchi: Mаvzuni qisqа vаqt ichidа bаrchа o`quvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilishigа erishаdi. O`quvchi fаоlligini оshirаdi. O`quvchilаrdа fanga nisbаtаn qiziqish uyg`оtаdi.

O`quvchi: Yangi bilimlаrni egаllаydi, nutqi rivоjlаnаdi.

Kеlgusi rеjаlаr

O`qituvchi: Pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni o`zlаshtirish vа dаrsdа tаtbiq etish, tаkоmillаshtirish, o`z ustidа ishlаsh. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirish.

O`quvchi: Mustаqil ishlаshni o`rgаnаdi. O`z fikrini rаvоn bаyon qilа оlаdi. Shu mаvzu аsоsidа qo`shimchа mаtеriаllаr аxtаrаdi, ulаrni o`rgаnаdi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.




T/r

Dаrs bоsqichlаri

Daqiqa

1

Tаshkiliy ishlаr

5

2

O’tilgan mavzu va uy vаzifаsi tаhlili

10

3

Yangi mаvzu bilаn ishlаsh

20

4

Uygа tоpshiriq

5

Download 356,97 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 356,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars turi: yangi bilim beruvchi Darsning jihozi

Download 356,97 Kb.