• 5.Baholash
  • Dars turi
  • 3.Asosiy qism: (25 daqiqa)
  • 4.Babolash. 5.Uyga vazifa
  • Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism
  • 2. O’tgan mavzuni so’rash
  • O’TIBDO’: M.Murodova 5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 1.12.17
  • O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)




    Download 356,97 Kb.
    bet6/13
    Sana22.11.2020
    Hajmi356,97 Kb.
    #12683
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

    2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    3.Yangi mavzu: (15 daqiqa) Oquvchilar bilan ertak matni ustida bahs-munozara uyushtiramiz.So’ngra ularning fikrlarini umumlashtiramiz.

    Qadrli bolalar, e'tibor bersangiz H. K. Andersen «Bulbul» ertagida ham “Qor malikasi”

    ertagida bo'lgani kabi chinakam insoniy tuyg'ularni, chin yurakdan aytilgan so'zlarning mo'tabar ekanligini uqtiradi. Soxtalikni, tilyog'lamalikni, sun'iylikni qoralayapti. Buyuk ertakchi H. K. Andersen insonning xatti- harakatidagi tabiiylik, fidoyilik har qanday qiyinchilikni yengib o'tishi, mo'jizalar yaratishga qodirligini «Bulbul» ertagi voqealari orqali isbotlay olgan. Ertak voqealarini sinchiklab kuzatadigan bo'lsak, bulbul chinakam san'atni tushuna olgan, undan ta'sirlangani uchun imperatordan minnatdor bo'ladi. U imperatorga boshidagi toji uchun emas, insoniy dardni tushuna olgani uchun xayrixohlik qiladi, eng og'ir damda kelib, o'limdan qutqaradi. «Bulbul» ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan, yolg'onchilikdan qaytaradi, inson qalbini tushunib yashashga, har narsada go'zallik topa olishga undaydi.

    H.K.Andersen bolaligi qiyinchiliklarda o’tgan.Lekin doimo u ezgulikka intilib yashagan.Yozuvchi o'zidan «uzoqqa ketmagan» — u o'zining hayotiy a'molini asarlariga ko'chirgan va bu bilan dunyo ertakchiligida o'z yo'lini ocha bilgan.



    4.Mustahkamlash: (10 daqiqa)

    1. Ko`pchilikka mustaqil yo`li bor bulbul emas, o`rgatilganni qaytaradigan sun`iy qush yoqqanligi sababini izohlang.

    2. Asl bulbulning mamlakatdan quvilishiga munosabat bildiring. O`zimizga yoqmaydigan talantli kishilarni haydagan to`g`rimi yoki unga sharoit yaratib bergan ma`qulmi?

    3. “Shahanshohning ko`zlaridan yosh oqqanini ko`rdim– bundan ortiq mukofot bo`lmaydi. Shahanshohning ko`z yoshida katta qudrat bor. Xudo shohid – menga bundan ortiq mukofot kerakmas!” Ko`z yosh nimaning belgisi?

    4. Bulbulning hukmdorga: “...seni boshingdagi tojing uchun emas, qalbing uchun sevaman”, degan gapini odamlar o`rtasidagi munosabatlarga ko`chirib tahlil qiling.

    5.Baholash: (3 daqiqa)

    6.Uyga vazifa:(2 daqiqa) «Bulbul» ertagi asosida yozma ish tayyorlab kelish.
    O’TIBDO’: M.Murodova

    5 “V”-sinf Adabiyot Sana:24.11.17

    4-NAZORAT ISHI
    TAASSUROT YOZISH. “Haqiqiy bulbul haqidagi fikrim”

    Darsning maqsadi:

    1.O`quvchilarning shu mavzu yuzasidan olgan bilim, malaka, ko’nikmalarini nazorat qilish, yozma fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish,

    2. O`quvchilarda chin ezgulik va go’zallikni payqash tuyg`usini shakllantirish, o`quvchilarda aslni soxtadan ajratish, o`zgalarning tuyg`ulariga sherik bo`la olish ko`nikmalarini shakllantirish 3.O’quvchilarni taassurot yozish orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.

    Dars turi: nazorat ishi

    Dars metodi: yozma nazorat

    Dars jihozi: darslik, Andersen ertaklar to’plami

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa)

    a) salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa



    2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

    1.Asl va soxta bulbul haqida fikr bildiring

    2. “Jonli bulbul har gal o`zicha kuylar, sun`iy bulbul esa ... faqat bir yo`sinda qo`shiq aytar edi”, – degan tasvirning tagidagi ma`noni toping.

    3.O`rmonga ketib qolgan bulbul va yning bu harakatini qoralagan olomonni bir-biriga solishtirib, fikr bildiring

    4. Saroy musiqachisi haqiqiy bulbulning kamchiligi sifatida : “...qachon qanday qo`shiq aytishini oldindan bilib bo`lmaydi”, – deb bildirgan e`tiroziga qanday qaraysiz?

    5. Asl bulbul ovozini eshitganda: “Yo parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” degan kambag`al baliqchi, “Shunday paytda ko`zlarimdan duv-duv yosh oqadi, onajonim bag`rida orom olayotganday, sevinib, ichimga sig`may ketyapman!” degan oshpaz qizcha so`zlarini izohlang

    6. Sun`iy bulbulga berilgan unvonning nomi haqida chuqurroq o`ylab ko`ring

    7. “O`lim to`shagidagi shahanshohning ko`ziga chiroyli va xunuk arvohlarning ko`rinishi sabablari haqida gapiring.

    8. Sun`iy bulbulning sayramay qolish sababini toping.

    9.Haqiqiy va soxta bulbul timsolida qanday insonlar talqin etilgan?

    10. Asl inson qanday bolishi kerak?
    3.Asosiy qism: (25 daqiqa)

    O’quvchilarning fikri umumlashtiriladi.

    Soxtalikni, tilyog’lamalikni, sun’iylikni qoralayapti. Buyuk ertakchi H. K. Andersen insonning xatti- harakatidagi tabiiylik, fidoyilik har qanday qiyinchilikni yengib o’tishi, mo’jizalar yaratishga qodirligini «Bulbul» ertagi voqealari orqali isbotlay olgan. Ertak voqealarini sinchiklab kuzatadigan bo’lsak, bulbul chinakam san’atni tushuna olgan, undan ta’sirlangani uchun imperatordan minnatdor bo’ladi. U imperatorga boshidagi toji uchun emas, insoniy dardni tushuna olgani uchun xayrixohlik qiladi, eng og’ir damda kelib, o’limdan qutqaradi. «Bulbul» ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan, yolg’onchilikdan qaytaradi, inson qalbini tushunib yashashga, har narsada go’zallik topa olishga undaydi.

    So’ngra mavzu yuzasidan olgan taassurotlari asosida “Haqiqiy bulbul haqidagi fikrim”mavzusida matn tuzish topshiriladi.



    4.Babolash.

    5.Uyga vazifa: (5 daqiqa) Andersen ertaklaridan o’qib kelish.
    O’TIBDO’: M.Murodova

    5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 28.11.17
    MAVZU: ABDULLA QODIRIY . «ULOQDA» HIKOYASI

    Darsning maqsadi:

    a)ta’limiy: adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

    b)tarbiyaviy: adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

    c)rivojlantiruvchi:o’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars turi: Yangi bilim beruvchi

    Dars metodi: suhbat, taqdimot

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa)

    a) salomlashish

    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    3.Yangi mavzu. (15 daqiqa)

    Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog’bon oilasida tug’ildi.O’z davrining maktab va madrasalarida oqiganligi, ilmga chanqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi. “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlar, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz”hikoyasi va boshqalar o’z davrida gazetalarda bosilib chiqdi. Abdulla Qodiriy birinchi o’zbek romanchiligining asoschisi. “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari bugungi kunda ham sevib o’qiladi.

    Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi yangi o'zbek ada­biyotida yaratilgan dastlabki hikoyalardandir. Hikoyaning ibratli g'oyasi - umrni behuda narsalarga sarflamaslik, keraksiz o'yin va bid'atlar ta'siriga berilmaslik.

    Muhtaram o'quvchi, sizga ma'lumki, o'zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar, asosan, she'riy shaklda (aruz vaznida) yaratilgan g'azal, ruboiy, qasida, doston, hikoyat, noma kabi asarlardan iborat edi. Bunday asarlarning ko'plab namunalari bilan Siz ulug' bobomiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimiz ijodi orqali tanishsiz va kelgusida yanada kengroq tanishib borasiz.

    XX asrning boshlariga kelib O'rta Osiyoda juda kuchli ma'rifatparvarlik harakati boshlanib, maktab-maorif sohalari qatori, badiiy ijod sohasida ham yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondoshuvchi, sodda, jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot maydonga kela boshladi. Bu adabiyotning asoschilari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda, Hoji Muin, Abdulhamid Cho'lpon va Abdulla Qodiriylar edi. Ular Turkiston o'lkasining so'nggi asrlarda ilmsizlik va jaholat tufayli asoratga, qoloqlikka yuz tutganidan qattiq qayg'urar va bu chirkin hayotni yaxshilash choralarini izlar edilar. Shu maqsadda qisqa muddatda xat-savod chiqaradigan maktablar ochib, unda yosh bolalarni o'qitar, ularga zamonaviy bilimlar berib, o'lkamizni rivojlangan, madaniy bir mustaqil davlatga aylantirish uchun mehnat qiladigan yigit-qizlarni tarbiyalashni orzu qilar edilar. Maktab-maorif bilan bir qatorda matbuot, teatr va badiiy adabiyot sohalarini ham yangi davr talablari asosida barpo etish, shakllantirish va isloh etish maqsadini ilgari surgan edilar. Mana shunday olijanob niyat — milla- timizning nurli istiqbolini orzulab Abdulla Qodiriy ham yangicha badiiy asarlar yaratish yo'lida tinimsiz izlandi va ijod qildi. Siz o'qib chiqadigan «Uloqda» hikoyasi yozuvchi bobomizning ana shunday izlanishlari mahsuli, ayni chog'da zamonaviy o'zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915-yildayozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan.


    4.Mustahkamlash: (10 daqiqa)

    1.Siz oldin ham Abdulla Qodiriy haqida eshitganmisiz? Bilganlaringizni so’zlab bering.

    2.Abdulla Qodiriy qachon va qayerda tug’ilgan ?

    3.Adibning qanday she’rlari bor?

    4.Yozuvchini nima uchun “Romanchiligimiz asoschisi”deymiz?

    5.Abdulla Qodiriyning “Uloqda ”hikoyasining bosh g’oyasi nima?

    6.Maktab va maorif sohalarini isloh qilish,xalqni savodli qilish g’oyalarini ilgari surgan adiblardan kimlarni bilasiz?

    5.Baholash. (3 daqiqa)

    6.Uyga vazifa.(2daqiqa) Hikoya matnini o’qish.

    O’TIBDO’: M.Murodova

    5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 29.11.17
    Mavzu : “Uloqda ” hikoyasi haqida
    Darsning maqsadi:

    a)ta’limiy: adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

    b)tarbiyaviy: adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

    c)rivojlantiruvchi:o’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.



    Dars turi: Yangi bilim beruvchi

    Dars metodi: suhbat, taqdimot

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa)

    a) salomlashish

    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



    2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

    1.Siz oldin ham Abdulla Qodiriy haqida eshitganmisiz? Bilganlaringizni so’zlab bering.

    2.Abdulla Qodiriy qachon va qayerda tug’ilgan ?

    3.Adibning qanday she’rlari bor?

    4.Yozuvchini nima uchun “Romanchiligimiz asoschisi”deymiz?

    5.Abdulla Qodiriyning “Uloqda ”hikoyasining bosh g’oyasi nima?

    6.Ma’rifatparvarlik harakati haqida nimalarni bilasiz?

    7.Yangi o’zbek adabiyotining asoschilari kimlar?



    3.Yangi mavzu. (15 daqiqa)

    Hikoya Tuig'un ismli yoshgina yigitchaning tilidan aytib beriladi. Otasidan uloq tomoshasiga borishga ruxsat olgan Tur- g'un astoydil tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Qashqa toychog'ini yuvib-tarab, o'zi ham hayit bayramlarda kiyinadigandek yasa- nib, tomoshaga otlanadi. Yozuvchi mana shu jarayonni yosh qahramonining tilidan shunchaki aytib bera qolmaydi, balki tasvirlaydi. Agar aytib bersa, bu asarning badiiylik qimmatini anchagina pasaytirar, demakki o'quvchiga ta'sirini ham susaytirar edi. Bola otini qashlab, yuvintirib, egarlashidan tortib to o'zining onasi uncha-muncha joylarga kiyishiga ruxsat beravermaydigan ohorli kiyimlarini kiyishigacha hikoya qilarkan, bu bilan yozuvchi qiziqarli tomoshaga borish Sizning uzoq o'tmish tengdoshlaringiz uchun qanchalik hayajonli va ardoqli hodisa boiganini, har bir narsa-hodisaga munosabatda bo'lganda mas'uliyat bilan tayyoigarlik ko'rish kerakligini uqtirib o'tadi. Ana shu jiddiy tayyorgarligi uchun bola kattalardan ham, tengqur do'stlaridan ham «Turg'un chavandoz» degan maqtov eshitgisi keladi, hurmati oshishini istaydi. O'rni bilan maqsadiga erishadi ham - akasining do'stlari uning ot minib ketishini ko'rib, «barakalla, Turg'un chavandoz» deb olqishlaydi. O'rtoqlari bilan o'zini qiyoslar ekan, ularning otlariga - o'zining otini, kiyimlariga o'zining kiyimlarini solishtiradi va o'zida «allanima seziladi». Shundan keyin o'rtoqlari bilan kim o'zarga ot choptirib, yana ularni dog'da qoldiradi. Bularni barchasi Turg'unning uloq tomo­shasiga astoydil tayyorlangani natijasi edi. Yozuvchi shu holatlar tasviri orqali Turg'undagi o'z qiziqqan ishiga mas'uliyat va jonkuyarlikni ibrat qilib ko'rsatadi. Biroq bularning barchasi ro'y beradigan hodisa oldida arzimas bir narsa edi.

    Uloq boshlanib, unga hakamlik qilguvchi Orif sarkor fotiha bergach, bir soatlar o'tib, «ota bolani, aka ukani tanimaydigan chang-to'zon», baqiriq-qiyqiriq avjiga minganda, «bosh yorilib, ko'z chiqg'an bilan, otdan yiqilib, qo'l singan bilan» birovning ishi yo'q paytda birdan uloqchilar tinchib qoladi. Uloqchilardan biri — Esonboyni besh-olti ot bosib, ezib tashlagani ma'lum bo'ladi. Chalajon holda davradan olib chiqilgan chavandozning ko'p o'tmay joni uzilib, erta tongda janozasi o'qiladi.

    Tabiiy bir savol tug'iladi — nega Turg'unboy tilidan uloqqa tayyorgarlik, katta-kichik barchaning tomoshaga qiziqib borishi, uning boshlanishini ishtiyoq bilan kutishi, uloq jarayoni shunday quvnoq yorug' ranglar bilan tasvirlanadi-yu, pirovardida fojia ro'y beradi? Yozuvchi bundan qanday maqsadni ko'zlagan?



    Shu o'rinda badiiy asarlarda keng qo'llaniladigan kontrast masalasiga to'xtalib, bu haqidagi nazariy ma'lumotlar beriladi.Bunda N. Hotamov va B. Sarimsoqovning «Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati»ga murojaat etamiz.

    Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo'lgan narsa va hodisalar, masalan, yorug' va qorong'i, quvonch va g'am, kulgi va fojia- larni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat paydo etish usuli mavjud bo'lib, uni mutaxassislar kontrast deb ataydilar. Badiiy mahorati kuchli bo'lgan yozuvchilar ana shunday kontrast usulidan mohirona foydalanib, asarlarining ta'sir quvvatini favqulodda kuchaytirib yuborishga erishadilar.Abdulla Qodiriy ijodining ilk davrlaridayoq shunday mahorat ko'rsata olgan usta san'atkor yozuvchi edi.

    «UIoqda» hikoyasida adib quvonch bilan o'limni yonma- yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalaiga umrni sarflamay, ma'rifatga, ma'naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g'oyasini ilgari suradi.

    Yuqorida aytib o'tganimizdek, Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatining ilk davrida o'z safdoshlari bilan birga ma'rifat uchun, xalqimizni qoloqlik, xurofot va yomon odat hamda bid'atlardan xalos etish uchun kurashdi. Uning bu davrdagi ijodi to'liq ana shu maqsadga yo'naltirilgan edi. «Uloqda» hi­koyasi yozuvchining ilg'or g'oyalarni badiiy tasvirlashda mahorat kasb eta boshlaganini ko'rsatuvchi hamda o'quvchining didi va saviyasini o'stirishda o'ziga xos ahamiyatga molik asarlaridan biri sifatida o'zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam joy oldi.

    Uloq o'yinlari xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Hozirda ham qishloqlarda to'y-tantanalar munosabati bilan ko'pkari berish an'anasi davom etib kelmoqda. Bolalar, ayniqsa qishloq bolalari uloqning nima ekanini yaxshi bilishadi hamda o'zlari ham qiziqishadi, mohir chavandoz va ko'pkarichilaiga havas qilishadi. Lekin har qanday o'yinning me'yori borligi, har xil tomosha va qiziq narsalarga berilib ketib, asosiy hayotiy maqsadlardan chalg'imaslik, ilm-u ma'rifatga intilish, inson hayotda o'z iste'dodini yuzaga chiqarishi uchun kurashishi, izlanishi lozimligini unutmaslik kerak.



    4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

    1. “Uloqda ” hikoyasida asosiy hikoyachi kim?

    2. “Tomoshaga tayyorgarlik”mavzusida suhbatlashing.

    3.Hikoyachining “Turg’un chavandoz”nomini olishga qiziqishiga sabab nima?

    4. Hikoyadan ko’zlangan bosh g’oya nima?

    5.jahon va o’zbek hikoyachilaridan kimlarni bilasiz?

    5.Baholash.(3 daqiqa)

    6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) «Turg'unboyning uloqda ko'rganlari» mavzusida yozma ish yozib kelish.



    O’TIBDO’: M.Murodova

    5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 1.12.17






    Download 356,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 356,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

    Download 356,97 Kb.