5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad




Download 356,97 Kb.
bet3/13
Sana22.11.2020
Hajmi356,97 Kb.
#12683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


5-sinf Adabiyot Sana______________

MAVZU: EZOP VA UNING MASALLARI HAQIDA

Tarbiyaviy maqsad - tarbiyalanuvchilarda komil insonlik fazilatlarini shakllantirish;

Ta'limiy maqsad - EZOP VA UNING MASALLARI to'g'risida tushuncha berish, masallarning mazmuni bilan tanishtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad - o'smirlarda yuksak axloqiy fa­zilatlarni rivojlantirish

Darsning bosqichlari:

1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa

2.Takroriy qism : 5 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni: 15 daqiqa

4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa

5.Baholash: 5 daqiqa

6.Uyga vazifa: 3 daqiqa

Ikkinchi soatda masallar mazmuni, mohiyati bilan tanishgan o'quvchilarga endi ularning adabiy janr sifatida tabiati haqidagi nazariy ma'lumot berish maqsadga muvofiqdir. Bunda N. Hotamov va B. Sarimsoqovning «Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati»dan foydalanish mumkin. Ayni chog'da yana boshqa nazariy manbalarga murojaat etish tavsiya qilinadi.

Masal — majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo'lib, nasriy yoki she'riy shaklda yoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma'noda qo'llanilib, insonlar fe'l-atvoridagi turli xususiyatlarga

ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to'liq ma'noda tarbiyaviy maqsadga yo'naltiriladi. Yuqorida ko'rib o'tilgan Ezop masallari bunga yorqin misoldir. Agar Ezop birinchi masalchi hisoblansa, undan so'ng eramizning birinchi va ikkinchi asrlarida yashab o'tgan grek masalchilari Fedr, Babriy torn ma'noda uning davomchilari hisoblanadi. Hatto Fedrning masalchilik rivojidagi asosiy xizmati shunda ediki, u Ezop masallarini she'riy yo'l bilan lotin tiliga tarjima qiladi. Ana shu tarjimalarga suyanib va ilhomlanib XVII asrda Fransiyada Lafonten, XVIII asrda Germaniyada Lessing, Gellert va XVIII— XIX asrlarda Rossiyada I. A. Krilov masal janrida barakali ijod qildilar.

Ko'hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya'ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim Hind adabiyotining nodir namunalari bo'lgan «Panchatantra», «Kalila va Dimna» kabi asarlar tarkibida uchraydi. Bu asarlar ham dunyoning ko'pgina tillariga taijima qilinib, yaratilishiga turtki bergan.

Masalchilikning eng yaxshi namunalari o'zbek adabiyotida ham mavjud ekanini ta'kidlab, awalo Ezop masallaridagi hi- koyat va hikmatlarga o'xshagan ibratli maqol va matallar o'zbek xalqi hayotida, uning kundalik turmushida, so'zlashuv nutqida doimiy uchraydigan hodisaligini eslatish lozim. Ezop masal- laridan kelib chiqadigan xulosalar aks etgan qator maqollar va hikmatli iboralar ota-bobolarimiz tomonidan azal-abaddan aytib kelinganini anglatuvchi namunalar keltirilsa, mavzu yanada qiziqroq yoritiladi. Buning sababi shundaki, ko'tarilgan masala va mavzular insonlarga birdek xos bo'lgan xususiyatlardir. Shu- ning uchun ham Sharq, jumladan, o'zbek mutafakkir shoir-u adiblari maxsus «Pandnoma», «Odobnoma»lar yaratib, bu asar­lar maktab-madrasalarimizda alohida o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilgan.

Shu o'rinda o'qituvchi majoziy shakldagi ibratli hikoyat- larning eng sara namunalari ulug' bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlarining «Xamsa» asaridagi birinchi doston “Hayrat ul- abror” («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») da va maxsus shu yo'nalishda yaratilgan «Lison ut-tayr» («Qushlar tili») dostonida uchrashini alohida aytib o'tishi lozim. Shu bilan birga XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida yashab o'tgan Muhammad Sharif Gulxaniy ham «Zarbulmasal» nomli asari bilan o'zbek adabiyo­tida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo'shgani, XX asrda Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov kabi shoirlar ijodida masal janrining yaxshi namunalari uchrashiga oid misollar keltirilsa, mavzu ancha keng ochiladi.

Shundan so'ng Ezopning yana «Bo'ri bilan Laylak», «Eshak bilan baqalar», «Ustiga tuz yuklangan eshak», «Burgut, zag'cha va cho'pon» nomli masallari tahlil etiladi. Darslikdagi bunday tahliliy materiallardan to'la foydalanish mumkin. Masallardagi do'st-u dushmanning farqiga borish, qiyinchilikka duch kelganda uni yengib o'tishga harakat qilish, hiylakorlik qilaman, deb sharmanda bo'lmaslik, sabrli, qanoatli bo'lishga, «Birni ko'rib shukur qilish, birni ko'rib fikr qilish» haqidagi maqollarni hamisha yodda tutish, behuda chiranmaslik, har bir inson o'z o'rni va haddini bilishi kerakligi haqidagi pand-u o'gitlar ibratli tarzda bayon etilganiga oid masalalar bayon qilinadi. Bunda bolalarni faol bahsga tortib, har bir fazilat va nuqsonlar haqida fikr yuritishga da'vat etiladi. O'qituvchi ana shu tahlil va xulosalarni mustahkamlash uchun turli tasviriy vositalar, ko'rgazmali qurollardan foydalansa, teatr va kino asarlariga murojaat etsa, mavzuning keng o'zlashtirilishiga erishishi aniq.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

YOVVOYI ECHKILAR BILAN CHO‘PON

Cho‘pon echkilarini yaylovga qo‘yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari yovvoyi echkilar bilan o‘tlashib yuribdi: xursand bo‘ldi-yu kech kirgach, hammasini o‘zining g‘origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g‘ordayoq boqishiga to‘g‘ri keldi. Cho‘pon o‘zining echkilariga nomigagina — o‘lmagunday yem solgani holda, qo‘lga o‘rgatib olish niyatida yovvoyi echkilarga mo‘l-ko‘l qilib to‘kdi. Ertasi, havo yurishib ketgach, echkilar tog‘ga qarab ura qochdilar. Cho‘pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko‘rlar, deya koyishga tushdi: «Axir men sizlarni o‘zimning echkilarimdan-da yaxshiroq boqmadimmi?» Yovvoyi echkilar aytdilar: «Shuning uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma’qul ko‘rindi-da. Bizlar kechagina senga yo‘liqqandik, sen esa bizni o‘zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding. Demak, ertaga yana yangilar kelib qo‘shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq ko‘rarkansan-da?!»

Alqissa, yangi do‘stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do‘stlashishga shoshilmang, zero yana yangi do‘stlar orttirganda siz ham eskilardan bo‘lib qolasiz.

Aziz bolajonlar, qissadan hissani anglagan bo‘lsangiz kerak-a?! Siz ham o‘z do‘stlaringiz, yaqinlaringiz haqida o‘ylab ko‘ring. Shu bilan birga o‘zingizni do‘stlarga munosabatingizni yaxshi tushunib oling. Do‘stlik degan so‘z bilan sadoqat, do‘stga sodiqlik tushunchasi doimo yonma-yon kelmog‘i lozim. Inson hayoti davomida juda ko‘p qaltis vaziyatlarga tushishi, turli sinovlarga duch kelishi mumkin. Ana shunday sharoitda faqat o‘z manfaatini o‘ylab, Sizni yolg‘iz tashlab ketadigan yoki boshqa odamlarni do‘st tutib ketadiganlardan nariroq bo‘lgan ma’qul.

Ezop insonlar tabiatidagi tuban illatlarni, yaramas xususiyatlarni juda aniq anglab, lo‘ndagina majoziy voqea asosida uning mohiyatini ko‘rsatib beradi. Quruq safsata yoki pand-nasihat bilan emas, aynan bo‘lishi, uchrashi mumkin bo‘lgan hayotiy hodisani shartli — ramziy hikoyat vositasida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bir shaklda ifoda etadi. Ezop masallarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin.

V. Uyga vazifa. Uyga vazifa qilib Ezop masallaridan biri mazmunini yozma bayon qilib kelish topshiriladi.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


5-sinf Adabiyot Sana______________

MAVZU: «UCH OG'A-INI BOTIRLAR» ERTAGI
Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

o`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;

- ertak tahlili orqali o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchni mustahkamlash;



a) ta’limiy: - o`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;

b) tarbiyaviy: O`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tahlili orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Darsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

1-soatda o'quvchilaiga ertaklar haqida nazariy ma'lumot berayotganda nimalaiga e'tibor berish kerak?! Birinchi navbatda 5-sinf o'quvchisining yosh xususiyati, tayyoigarlik darajasi hisob­ga olinishi, ilmiy-nazariy xulosalar, terminlar ular tushunadigan tilda bayon qilinishi lozim. Shu bilan birga soddalashtirib tushun- tiraman deb, nazariy ma'lumotni jo'nlashtirib yuborish ham kerak emas.

Ertaklar haqida darslikda o'quvchi o'zlashtirishi uchun yetarli nazariy ma'lumot berilgan. O'qituvchi suhbat davomida asosan shu ma'lumotlarni toidirgan, kengaytiigan holda berishi kerak bo'ladi. Bunda suhbatni quyidagi tezis asosida olib boradi:

-Ertak — xalq og'zaki ijodining keng tarqalgan janri.

-Ertaklarning turlari.

-Har bir ertak turining o'ziga xos xususiyati.

-Hayvonlar haqida ertaklar.

-Hayotiy-maishiy ertaklar.

-Hajviy ertaklar.

-Sehrli ertaklar - biz sevib o'qiydigan fantastik hikoyalar.

-Ertaklarning har bir xalq yozma adabiyoti rivojidagi o'rni va ahamiyati.

Darslikdagi ertaklar haqidagi nazariy ma'lumotlardan yuqo- rida keltirilgan sakkiz punktdan iborat tezis ruknlariga javob topish mumkin. Darsdan kutiladigan maqsad — o'quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish, ularning mavzu va yaratilishiga ko'ra turlarini bir-biridan farqlashga o'igatish. Ayniqsa og'zaki va yozma ertaklar alohida-alohida adabiy hodisa ekanini tushuntirish, bunga turli qiziqarli misollar keltirish foydalidir. Shuningdek, ertak janrining xalq og'zaki ijodiga oid boshqa adabiy janrlar bilan mushtarak va farqli tomonlarini uqtirib o'tish ham muhim.

Darslikda «Uch og'a-ini botirlar», «Susambil» ertaklarini o'rganish mo'ljallangan. Bu ertaklar ikki xil xayoliy hikoya ko'rinishi bo'lib, nafaqat o'zbek xalq og'zaki ijodida, balki sharq xalqlari ertaklarining ham mashhur namunalaridan hisoblanadi.

Awalo, «Uch og'a-ini botirlar» ertagi haqida.

…Bor ekan, yo'q ekan, bir zamonda bir kishi bo'lgan ekan. Boy ham, kambag'al ham emas ekan. Uning uchta o'g'li bor ekan, uchovi ham o'qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o'zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To'ng'ichi yigirma bir yoshda, o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda, kenjasi o'n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: — O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o'tirmanglar, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim. To'y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim — quvvatli bo'ldingiz. Ikkinchidan, yarog' bilan tanishtirdim - yarog' ishlatishga usta bo'ldingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko'k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo'ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to'lg'izdim. Baxtingiz yoida, topib olmoq uchun dunyoni ko'rgani yo'lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o'g'illarim, — deb turib ketdi...


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mazkur asarni eshitmagan yoki o'qimagan o'zbek kitobxoni bo'lmasa kerak. Unda xalqimizning ijodiy-badiiy dahosi, fantaziyasi, tafakkur

tarzi yaqqol aks etgan. Odatda mashhur hikoyani darsda o'rganish o'qituvchi uchun oson tuyulishi mumkin. O'qituvchiga oson asarni o'iganish jo'nroq bo'lib tuyulishining sababi shundaki, ertak mazmuni ko'pchilikka tanish, qahramonlari - To'ng'ich botir, O'rtancha botir, Kenja botir kabi obrazlar ertaksevar bolalar tilidan tushmaydi. Demak, yuzaki qaraganda, bu asarni darsda bemalol, qiyinchiliksiz o'tish mumkindek.

Aslida ham shundaymi?

Yo'q! Agar mazkur ertakni o'rganish biz yuzaki tasawur qilgandek oson boiganda uni har yili 5-sinf darsligiga kiritish, unga bir necha soat vaqt ajratib, tahlil etishga ehtiyoj qolmasdi. Gap shundaki, agar ushbu xayoliy hikoyani yuzaki mazmu- nidan tashqari uning botiniga singdirilgan axloqiy, ma'naviy- ma'rifiy, ilmiy qadriyatlarni o'quvchiga tushuntirish, asarning nozik nuqtalariga diqqatni qaratish vazifasidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu sohada o'qituvchining ancha «ter to'kishiga» to'g'ri keladi.

Darslikda ertakning to'liq matni berilgan. O'qituvchi bolalarga ertakni uyda o'qib kelishni topshiradi. Keying! darsda o'qituvchi bolalarga ertakning asosiy, qisqacha mazmunini o'zida jo qilgan kichkina hikoya tuzib kelishni topshiradi. Ertakning asosiy mazmuni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirilganiga ishonch hosil qilingach, o'qituvchi asar tahliliga o'tadi. Bunda ertakdagi asosiy qahramonlar - Ota, To'ng'ich botir, O'rtancha botir, Kenja botir, Podshoh, To'ti, Vazir kabi obrazlarga alohida diqqat qaratiladi.
Uyga vazifa: Ijodiy ish. “Men yoqtirgan ertak”

5-sinf Adabiyot Sana______________

Mavzu: «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA



Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy



Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‘rin tutgan.

Ertak atamasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi.

Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan. didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada — matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi.

Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular o‘ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba’zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan», «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Masalan, mana bu boshlamaga e’tibor bering: «Ertagiyo ertagi, echkilarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan...»

Ertaklar «Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar», «Shu bilan Ayoz podsho bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan» kabi tugallanmalar bilan yakunlanadi.

Siz o‘tgan darslardan ertaklarning bir necha turlarga bo‘linishini bilib olgan edingiz. «Uch og‘a-ini botirlar» turiga ko‘ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo‘lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o‘rtahol bir kishi bo‘ladi. Uning uch o‘g‘li bo‘ladi. O‘g‘illarini safarga kuzatib qo‘yishdan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pand-nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «O‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim», — deydi u. Haqiqatan ham o‘qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi.

Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

«...Sizlarni ... uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim - quwatli bo'ldingiz. Ikkinchi­dan, yarog' bilan tanishtirdim — yarog' ishlatishga usta bo'l­dingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling».

Ertak mazmunidan ma'lumki, uchala botirni ota mustaqil hayotga tayyorlaydi, tarbiyalaydi va yo'naltiradi. O'qituvchi Ota obrazini o'quvchilarga avvalo ota shaxsini, umuman ota fenomenini — hodisasini nimaligini tushuntirayotganda o'zbek xalqida ota deganda piri komil inson tushunilishi, uning oila va jamiyat hayotidagi o'rni haqida to'xtaladi.

Bu o'rinda umumiy gaplaiga berilmay, bevosita ertak matnidan kelib chiqish ayniqsa muhimdir. Jumladan, ertakdagi otaning o'g'illariga aytgan quyidagi ibratli mulohazalarini bugungi kun voqeligi bilan bog'lab kengroq sharhlash o'quvchini juda qiziqtiradi, deb hisoblaymiz:

«...Sizlarni ... uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim - quwatli bo'ldingiz. Ikkinchi­dan, yarog' bilan tanishtirdim — yarog' ishlatishga usta bo'l­dingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling».

Hayotda ota o'gitlariga rioya qilish, uning aytganlarini be- kam-u ko'st bajarish sharq xalqlari, xususan, o'zbek xalqida muqaddas sanaladi. Bobokalon shoirimiz So'fi Olloyor ota haqida shunday deganlar:

Osmondin tushsa Iso, qilsa haqingga duo, To padar rozi emas, tavbang qabul bo'lmas sening.

O'qituvchi yuqoridagi mulohazalarni bayon etganda, shub- hasiz, bolalarda o'z otalarining ham rutbasi, ya'ni hayotdagi maqomi yuksak ekanligi haqida jiddiy o'ylab qolishlari aniq. Endi o'quvchilar «Uch og'a-ini botirlar» ertagidagi Ota obrazi haqida gap ketganda, unga shunchaki bir asar personaji deb emas, bal- ki hayotda katta mavqega ega bo'lgan buyuk zot sifatida qaraydilar.

Yuqorida bir qismi eslangan ota o'gitlarida farzand tarbiyasi uchun muhim bo'lgan asosiy qoidalar, ba'zan tom-tom kitoblarda ham yozib, tushuntirib bo'lmaydigan nozik sharqona tarbiya unsurlari sodda, ravon, xalqchil yo'sinda aks etgan. Ko'ramizki, o'quvchi ham qiziqarli ertak o'qiyapti, ham tarbiyalanyapti. Ushbu ertakning jozibasi ham, tarbiyaviy kuchi ham shunda bo'lsa kerak.

Endi «Uch og'a-ini botirlar» haqida gaplashaylik. Ular otalari aytgandek, jasur, sog'lom, quwatli va chaqqon, ma'naviy jihatdan esa aqlli, botir, odobli, fidoyi insonlar. Xudbinlik ular qalbiga begona. Uch og'a-ini ko'proq o'zini emas, o'zgalar manfaatini yuqori qo'yadigan, bir-birlariga mehribon far- zandlardir. Botirlarning tungi poyloqchilik sarguzashtlariga e'tibor beraylik. To'ng'ich botir poyloqchilik paytida sherni mahv etadi. O'rtancha botir o'z navbatida ajdarni yengadi. Biroq sher va ajdar bilan kechgan murosasizjanglarshovqin-suronsiz kechadi. Ikkala botir ham og'alari uyqusini buzmaslik uchun sher va ajdardan qochib, ularni ovloq joyda gumdon qiladilar. Kenja botirga esa akalarining qorong'ida uxlashi malol keladi. Shamol chiroqni o'chirib qo'ygach, o'ta xavfli bo'lsa ham olov qidirib ketadi. Botirlarning bu qilig'i odamgarchilik namunasidir. Botirlar juda kamtar, ulkan jasorat ko'rsatsalar ham, uni bildirmaslikka, ko'z-ko'z qilmaslikka harakat qiladilar. Faqat podshoh saroyida zarurat tug'ilgandagina o'z sarguzashtlarini oshkor etadilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mazkur ertakning bolalar ruhiyatiga tez ta'sir etishi va xotirasidan mustahkam o'rin olishida ertakdagi badiiy unsur- larning roli katta. Xususan, qo'rqinchli changalzorlar tavsifi yoki podshoh saroyidagi qizlar oromgohining jozibali tasviri, shuningdek, ertakda ishlatilgan turli detallar, sher va ajdar tanasidan kesib olingan tasmalar, qizlar barmog'idan, qulo- g'idan, qo'lidan yechib olingan uzuk, sirg'a, bilaguzuk, To'ti Hindistondan olib kelgan kishini yoshartiruvchi mevalar bola­lar esida qoladigan xarakterli badiiy detallardir. O'qituvchi ertak haqidagi suhbat so'ngida mazkur asarning jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilinganligi, uning sujeti asosida turli- tuman filmlar, tasviriy san'at asarlari yaratilganini ham eslatib o'tishi joiz. O'qituvchi bolalarga ushbu ertak yuzasidan yozma ish tayyorlashni, unda ertakdagi muhim insoniy fazilatlarni yozma hikoya qilishni uyga vazifa qilib topshiradi. Yozma ishlar mavzusi quyidagi mazmunda bo'lishi mumkin: «Ota nasihati», «To'ng'ich va O'rtancha botir jasorati», «Kenja botir—jasoratli va tadbirkor yigit», «Xiyonatning fosh etilishi», «Tuhmatchining jazosi».

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Mavzu: «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA (3-soat)



Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy



Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Bor ekan, yo‘q ekan, bir zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. Boy ham, kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar, To‘ng‘ichi yigirma bir yoshda, o‘rtanchasi o‘n sakkiz yoshda, kenjasi o‘n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: - O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o‘tirmanglar, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ot qo‘ydim. To‘y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim - quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim - yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim - qo‘rqoq bo‘lmay botir bo‘ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To‘g‘ri bo‘ling - bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo‘lmaysiz. Bundan boshqasini o‘zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko‘k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo‘ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to‘lg‘izdim. Baxtingiz yo‘lda, topib olmoq uchun dunyoni ko‘rgani yo‘lga chiqing. dunyoni tanimay dunyo kishisi bo‘lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o‘g‘illarim, - deb turib ketdi...



Uch og‘a-ini safarga otlandilar. Yo‘lda ular kechasi navbatma-navbat poyloqchilik qilib chiqishga kelishadilar. Birinchi kecha To‘ng‘ich botir o‘zlariga hujum qilmoqchi bo‘lgan sherni o‘ldiradi. Ikkinchi kecha O‘rtancha botir ajdarni yengadi. Uchinchi kecha Kenja botir podshoh xazinasiga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. Ertasi kuni botirlar shaharga kirib, bir joyga qo‘nadilar.

Joy egasi bu botirlarni o‘rdaga borishga taklif qildi. Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. Podshoh bularning musofir ekanligini bilib. alohida bir ziynatlangan uyga kirgizib qo‘ydi. Boshqa musofir bo‘lmaganidan, ularga juda diqqat-e’tibor bilan qarab, sir olmoqni bir vazirga topshirdi. Vazir aytdi: «Bulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rasak, ehtimol aytmaslar, o‘z hollariga qo‘yib, tashqaridan quloq solib turamiz, nima desalar so‘zlaridan sirini topamiz», dedi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim yo‘q edi. Bir vaqt dasturxon yozildi, xilma-xil noz-ne’matlar keltirib qo‘yildi. Ikkinchi bir xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq solib jim o‘tirdilar. Birozdan keyin uch og‘a-ini botirlar o‘zaro suhbat qila boshladilar. To‘ng‘ich botir dasturxondagi ovqatni ko‘rsatib:

— Shu go‘sht qo‘zi go‘shti ekan, biroq shu qo‘zi it emib katta bo‘lgan ekan, — dedi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

5- “V”sinf Adabiyot Sana : 27.09.2017

Mavzu: «Susambil» ertagini o’qish

Darsning maqsadi:

1.O`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;

2.O’quvchilarda o’zaro mehr-oqibat tuyg’ularini shakllantirish

3.O`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:(3 daqiqa)

a) salimlashish

b)davomatni aniqlash

c)ma’naviy daqiqa



2.O’tgan mavzunini takrorlash.(10 daqiqa)

a) “Uch og’a-ini botirlar”ertagidan olgan tassurotlar so’raladi;

b) “Ota nasihati” mavzusida yozilgan matnlar o’qitiladi;

c) Ertak mazmun va g’oyasi yuzasidan bahs uyushtiriladi.



3.Yangi mavzu : (20 daqiqa)

Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi:

Qanday o’zbek ertaklarini o`qigansiz?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch og’a-ini botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar barchangizning sevimli ertaklaringiza aylangan.

Siz bugun o’qiydigan “Susambil”ertagi ham sizga tanish deb o’ylayman.Mazkur ertak majoziy xususiyatga ega bo’lib ,unda hayvonlarning qiziqarli srguzashtlari hikoya qilinadi.Biroq ularning ko’rgan-kechirganlari xuddi odamlar hayotiga o’xshaydi.

Keling endi ertak matni va mazmuni bilan tanishamiz. (Rollarga bo’lib o’qitiladi)

4. Yangi mavzuni mustahkamlash:(7 daqiqa)

Ertak mazmuni va qahramonlar xarakteri yuzasidan savol-javob otkaziladi.



  1. “Susambil”ertagi qahramonlarini sanang.

  2. Susambil qanday joy?

  3. Eshak va Ho’kiz harakatlariga baho bering.

5.Baholash.(3daqiqa)



Download 356,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 356,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad

Download 356,97 Kb.