Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, Muqumiy portreti
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1. Boburning adabiy merosi qancha?
2. “Ahbob” so’zining ma’nosi? – do’stlar, yoronlar.
3. “Ruboiy” so’zining ma’nosi? – to’rtlik
4. Ruboiy necha xil bo’ladi? – ikki xil. Taronai ruboiy (a- a-a-a) va ruboiy xossa (a-a-b-a)
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li Muqimiy 1850-yilda Qo’qon shahrining Bekvachcha mahallasida , novvoy oilasida tug’ilgan. Muqimiy dastlab o’z mahallasida mulla Abduhalil maktabida tehsil oldi. Shoirning ilm o’rganishi , badiiy adabiyotga qiziqishida uning onasi Oyshabibi aytib bergan ko’plab ertak va qo’shiqlarning ta’siri kuchli bo’ladi.
Muqimiy dastlab Qo’qondagi “Hokim oyim” madrasasida tehsil oldi. 1872-73 yillarda Buxoroga borib, u yerdagi “Mehtar anbar” madrasasida o’qishni davom ettirdi. 1876-yilda o’qishni tamomlab Qo’qonga qaytadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so’ng Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi promda pattachilik qiladi. Moddiy muhtojlik Muqimiyning oilasini buzilishiga olib keladi. So’ngra shoir o’z ota uyini tark etib, shu mahallada joylashgan Hazrat madrasasidan bir hujra oladi. Shu “hujrai tang va torlikda bekaslik va g’ariblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr o’tkazadi. Muqimiy o’z hayotini ijod va mutolaaga bag’ishlaydi. Zamonasining yetuk xattoti bo’lgan Muhammad Yusuf xattotdan ta’lim olib, xattotlik bilan shug’ullanadi. Bu davrga kelib Muqimiy o’zining jo’shqin lirikasi va davrning hukmron ijtimoiy guruhlarini achchiq tanqid ostiga oluvchi hajviy asarlari, yumori bilan shuhrat qozonadi. O’z davrining adabiy harakati yetakchilaridan biriga aylanadi. Muqimiy Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G’aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil tyopgan adabiy guruhga boshchilik qiladi. Toshkent, Fatg’ona vodiysining bir necha shahar va qishloqlariga sayohatga chiqadi. Muqimiy xastalik tufayli 1903-yilda , 53 yoshida vafot etadi.
Muqimiy lirikasida g’azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard kabi janrlar o’rin olgan. Ayniqsa shoir sayohatnoma janrining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
1.Muqumiy qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Shoirning hayoti qanday kechgan?
3.U boshchilik qilgan adabiy guruhda kimlar bore di?
4.Muqumiy qaysi janrlarda ijod qilgan
5.Baholash.(3 daqiqa)
6.Uyga vazifa.(2 daqiqa) Shoir hayoti va ijodini o’rganish.
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 30.03.2018
Mavzu: “Sayohatnoma” haqida tushuncha
Darsning maqsadi:
-Sayohatnoma janri haqida tushuncha berish;
- yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, Muqumiy portreti
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Muqumiy qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Shoirning hayoti qanday kechgan?
3.U boshchilik qilgan adabiy guruhda kimlar bore di?
4.Muqumiy qaysi janrlarda ijod qilgan
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
“Sayohatnoma” adabiy janr sifatida barcha xalqlar adabiyotida mavjud. O’zida sayohat xotiralari va ular bilan bog’liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deymiz.
“Sayohatnoma”janri sharq adabiyotida, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida o’ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Ushbu janrning dastlabki namunalarini ulug’ mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz. XVIII asrning oxiri va – XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozgani ma’lum.
O’zbek adabiyotida alohida poetic shaklda tartib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan bu janrning asoschisi Muhammad Aminxo’ja Muqimiydir. Darhaqiqat, Muqumiy “Sayohatnoma”lari maydonga kelib, xalq orasida mashhur bo’lganidan keyin, xuddi shu uslubda Zavqiy , Furqat, Tajalliy va shoirga zamondosh boshqa ijodkorlarning “Sayohatnoma”lari yaratildi. “Sayohatnoma”lar ko’pincha she’riy shaklda yaratiladi. Ularning ichki tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
1. Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi.
2.Yo’l xotiralari batafsil bayon etiladi.
3. Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. Sayohatnoma janrida ko’proq nimalar haqida hikoya qilinadi?
2. O’zbek adabiyotida ushbu janrda ijod qilgan yana qaysi shoirlarni bilasiz?
3. Muqimiy “Sayohatnoma”sidan tanqidiy fikrlar joy olgan holatlarga misollar keltiring.
Sayohatnomalarning ichki tuzilishi qanday bo’ladi?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Taassurot yozish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 4.04.2018
MAVZU: IFODALI O’QISH MASHQI
Dаrsning tеxnоlоgik xаritаsi
Mаvzu
|
IFODALI O’QISH MASHQI
|
Mаqsаd
Vаzifаlаr
|
Mаqsаd: - Muqumiy she’rlari o’qish va tahlil qilish orqali o’rganish;
- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Vаzifаlаr: O`quvchilаrdа mаvzugа nisbаtаn qiziqish uyg`оtish, ulаrdа mаvzu аsоsidа bilim vа ko`nikmаlаrni shаkllаntirish, kеngаytirish;
|
O`quv jаrаyonining mаzmuni
|
O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish, nafosat,badiiy did, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash
|
O`quv jаrаyonini аmаlgа оshirish tеxnоlоgiyasi
|
Uslub: suhbat, оg`zаki bаyon,ifodali o’qish ;
Shаkl: kichik guruhlarda ishlash;
Vоsitа: dаrslik, sаvоllаr, texnik vosita
Nаzоrаt: оg`zаki nаzоrаt, sаvоl-jаvоb;
Bаhоlаsh: 5 bаlli tizim аsоsidа
|
Kutilаdigаn nаtijаlаr
|
O`qituvchi: Mаvzuni qisqа vаqt ichidа bаrchа o`quvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilishigа erishаdi. O`quvchi fаоlligini оshirаdi. O`quvchilаrdа fanga nisbаtаn qiziqish uyg`оtаdi.
O`quvchi: Yangi bilimlаrni egаllаydi, nutqi rivоjlаnаdi.
|
Kеlgusi rеjаlаr
|
O`qituvchi: Pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni o`zlаshtirish vа dаrsdа tаtbiq etish, tаkоmillаshtirish, o`z ustidа ishlаsh. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirish.
O`quvchi: Mustаqil ishlаshni o`rgаnаdi. O`z fikrini rаvоn bаyon qilа оlаdi. Shu mаvzu аsоsidа qo`shimchа mаtеriаllаr аxtаrаdi, ulаrni o`rgаnаdi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.
|
T/r
|
Dаrs bоsqichlаri
|
Daqiqa
|
1
|
Tаshkiliy ishlаr
|
5
|
2
|
O’tilgan mavzu va uy vаzifаsi tаhlili
|
10
|
3
|
Yangi mаvzu bilаn ishlаsh
|
20
|
4
|
Uygа tоpshiriq
|
5
|
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a)yod olingan she’rlar so’raladi.
b)savol-javob o’tkaziladi:
3. Yangi mavzu: (20 daqiqa)
O’quvchilarga Usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish uchun slayd namoyish etiladi.
Sinf o’quvchilar uch guruhga bo’linadi.Guruhlarga nom qo’yiladi va quyidagi shartlar asosida bellashuv o’tkaziladi. 1- guruh “Zukkolar”, 2-guruh “Topqirlar”, 3-guruh “Donolar”
Bellashuv shartlari:
1-shart. Muqumiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.
2-shart. “Sayohatnoma”dan yod aytish
3-shart. O’quvchilar mustaqil yod olgan she’rlaridan ifodali yod aytishadi.
4-shart. “Otalar so’zi aqlning ko’zi”.Ushbu shartda guruhlar maqollar aytish bo’yicha bellashadilar.
4. Baholash.(5 daqiqa)
Guruhlar to’plagan rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi. 5. Uyga vazifa:(5 daqiqa) Test savollari ,boshqotirmalar tayyorlash.
O’TIBDO’ M.MURODOVA
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 4.04.2018
Mavzu: Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi. “Guliston” asari.
Darsning maqsadi:
- Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish;
- yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Muqumiy qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Shoirning hayoti qanday kechgan?
3.U boshchilik qilgan adabiy guruhda kimlar bore di?
4.Muqumiy qaysi janrlarda ijod qilgan
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Sa’diy Sheroziyning asli ismi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziydir. “Shayx” deb ko’proq so’fiylar boshlig’iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma’lum bo’lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan.
Sa’diy nomini dunyoning juda ko’p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G’arbda ham bu shoirning e’tibori juda balanddir. Eron –u Turkistonni qo’ying, fransuz Volter, nemis Gyote o’z asarlarida uning she’rlariga murojaat qiladilar.
Ayniqsa , shoirning “Guliston” va “Bo’ston” nomli ikki asari uning nomini butun jahonga tanitdi.
Adib Sherozda tug’ilgan, o’ziga to’q va ma’rifatli bir xonadonda o’sib ulg’aygan. Uzoq umr ko’rgan. Tug’ilgan yili ( 1184, 1189, 1203, 1210) ko’rsatiladi. 12092-yilda vafot etgan. Umrining yigirma yildan ko’prog’i sayohatda o’tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan. Musofirlikning , hatto asirlikning azoblarini ko’rgan. Bu sayohatlaridan ko’rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo’ston”( 1257-yilda yozilgan) hamda “Guliston” ( 1258) asrlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1.Sa’diy Sheroziyning asl ismi kim?
2. Adib qayerda tug’ilgan?
3. Qaysi asrlari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan?
4. Qaysi chet el adiblari uning she’rlariga murojaat qilgan?
5. Sheroziy qayerlarga sayohat qilgan?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Hayoti va ijodini o’rganish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 6.04.2018
Mavzu: “Guliston” dan parchalar o’qish va tahlil qilish.( Din tarixi)
Darsning maqsadi:
- “Guliston” asari bilan tanishish;
- yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Sa’diy Sheroziyning asl ismi kim?
2. Adib qayerda tug’ilgan?
3. Qaysi asrlari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan?
4. Qaysi chet el adiblari uning she’rlariga murojaat qilgan?
5. Sheroziy qayerlarga sayohat qilgan?
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Shoirning “Guliston” va “Bo’ston” nomli ikki asari uning nomini butun jahonga tanitdi.
Sa’diy Sheroziy ko’p joylarga sayohat qilgan va sayohatlaridan ko’rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo’ston”( 1257-yilda yozilgan) hamda “Guliston” ( 1258) asrlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston ” asarlarini buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy yoshligidan sevib o’qigan. U o’zining “Lison ut-tayr” ( “Qush tili”) asarida buni alohida ta’kidlaydi. Haqiqatdan ham , bu asarlar o’tmishda sho’rolar tuzumi o’rnatilgunga qadar eski maktablarda darslik sifatida o’qitilar edi. XX asr boshlarida yetishib chiqqan jaded ma’rifatparvarlarimiz bu kitoblardan ilhom olib yangi darsliklar yaratdilar. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari shundaylardan edi.
“Guliston” so’ngi olti –yetti asr davomida o’zbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan. “Bo’ston” asari esa 1960-yilda o’zbekchaga o’girilgan.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. “Guliston” asari qachon yozilgan?
2. “Bo’ston” asari-chi?
3. Ushbu asarlar qanday yaratilgan?
4.Qaysi shoir bu asarlarni sevib o’qigan?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Taassurot yozish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 10.04.2018
Mavzu: “Bo’ston” dan parchalar o’qish va tahlil qilish.
Darsning maqsadi:
- “Bo’ston” asari bilan tanishish;
- yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Sa’diy Sheroziyning asl ismi kim?
2. Adib qayerda tug’ilgan?
3. Qaysi asrlari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan?
4. Qaysi chet el adiblari uning she’rlariga murojaat qilgan?
5. Sheroziy qayerlarga sayohat qilgan?
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Shoirning “Guliston” va “Bo’ston” nomli ikki asari uning nomini butun jahonga tanitdi.
Sa’diy Sheroziy ko’p joylarga sayohat qilgan va sayohatlaridan ko’rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo’ston”( 1257-yilda yozilgan) hamda “Guliston” ( 1258) asrlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston ” asarlarini buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy yoshligidan sevib o’qigan. U o’zining “Lison ut-tayr” ( “Qush tili”) asarida buni alohida ta’kidlaydi. Haqiqatdan ham , bu asarlar o’tmishda sho’rolar tuzumi o’rnatilgunga qadar eski maktablarda darslik sifatida o’qitilar edi. XX asr boshlarida yetishib chiqqan jaded ma’rifatparvarlarimiz bu kitoblardan ilhom olib yangi darsliklar yaratdilar. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari shundaylardan edi.
“Guliston” so’ngi olti –yetti asr davomida o’zbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan. “Bo’ston” asari esa 1960-yilda o’zbekchaga o’girilgan.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. “Guliston” asari qachon yozilgan?
2. “Bo’ston” asari-chi?
3. Ushbu asarlar qanday yaratilgan?
4.Qaysi shoir bu asarlarni sevib o’qigan?
5. “Bo’ston” asari qanchon yozilgan?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Taassurot yozish.
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 17.04.2018
Mavzu: Erkin Vohidov hayoti va ijodi. “Nido” dostoni
Darsning maqsadi:
-Shoir hayoti va ijodi bilan tanishtirish, “Nido” dostonidan parcha o’qish;
- yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Sa’diy Sheroziyning asl ismi kim?
2. Adib qayerda tug’ilgan?
3. Qaysi asrlari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan?
4. Qaysi chet el adiblari uning she’rlariga murojaat qilgan?
5. Sheroziy qayerlarga sayohat qilgan?
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Erkin Vohidov 1936-yili Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida o`qituvchi oilasida tug`ilgan.
Uning otasi Oltiariqning o`qimishli,obro`li odamlaridan bo`lib,dilkash,so`zga chechan kishi bo`lgan. Erkin Vohidovning otasi Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida frontga ketib,bosh miyasida oskolka jarohati va o`pka shamollashi kasali bilan qaytib keladi,1945-yilda o`ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etadi.
Bir yildan so`ng bo`lajak shoirning onasi ham dunyodan o`tadi.Ikki qisqa umrning yolg`iz yodgori Erkin tog`asi qo`lida qoladi. Shoir o`z yoshligi haqida eslab shunday degan edi:”Otam frontda ekanida onam qishloq sovetida sekretar vazifasida ishlar,qiyinchilik bilan kun kechirar edik.Jo`xori poyasini shimib tilimni qonatganim,bolalarga qo`shilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o`zi kechgacha yig`laganini unutmayman.O`ylab qarasam,bolalik xotiralarimning ko`pchiligi she`rlarga,dostonlarga ko`chgan ekan.”
Bo`lajak shoir o`rta maktab ta`limini Toshkentdagi 22-maktabda oldi.
Maktabni oltin medal bilan bitirgan Erkin Vohidov Toshkent Davlat universitetining o`zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi.So`ng turli nashriyot va gazeta jurnallarda ishladi. Keyingi yillarda O`zbekiston Oliy majlisining bo`lim mudiri vazifasida ishladi. Erkin Vohidov O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “O`zbekiston xalq shoiri”va”O`zbekiston Qahramoni”kabi unvonlarga sazovor bo`lgan.
O`zbek xalqining sevimli shoiri Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni 80 yoshida hayotdan ko`z yumdi.O`zbek xalqi uchun bu katta judolik bo`ldi.
Uning «Vatan istagi», «Devona haqgo‘y», «Iztirob» kabi she'rlari bu jihatdan alohida ahamiyatli. Shoir «Vatan istagi» she'rida sobiq SSSR mavjudligidayoq:
Bu vatandan bir Vatan qurmoqni istaydir ko‘ngil,
O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istaydir ko‘ngil, -
deya bo‘lg‘usi mustaqil Vatan - O‘zbekistonni ko‘rishni istadi.
Shoirning «Buyuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi» (1964), «Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1972), «Ruhlar isyoni» (1980), «Ko‘hinur» (1982) kabi liro-epik asarlari, qolaversa, «Oltin devor» va «Istambul fojiasi» kabi she'riy dramalari katta ijodiy mehnatining samaralaridir. Shuningdek, U Gyotening “Faust” asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashr ettirgan, Shiller, Iqbol, Ulfat, Rasul Hamzatov, Lesya Ukrainka, Aleksandr Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning «Kelajakka maktub» (1983), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) to‘plamlariga kirgan she'rlarida buyuk, pokiza, haqgo‘y va bedor insonni kamol toptirish g‘oyasi yetakchilik qiladi. Xuddi shu o‘rinda faylasuf shoirning kelajak haqidagi bashorati o‘zining yorqin ifodasini topgan satrlarini chetlab o‘tolmaymiz.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug’ilgan?
2. Shoirning bolaligi haqida gapiring.
3. Shoir qanday asarlar yaratdi?
4. E.Vohidov kimlarning asarlarini tarjima qildi?
5. Shoir qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Shoir ijodini o’rganish va “Nido ” dostonidan parcha yod olish.
O’TIBDO’: M. Murodova
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 17.04.2018
Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi. “O’zbekiston” qasidasi
Darsning maqsadi:
- Abdulla Oripov hayoti va ijodi va “O’zbekiston” qasidasidan parcha o’qish;
- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug’ilgan?
2. Shoirning bolaligi haqida gapiring.
3. Shoir qanday asarlar yaratdi?
4. E.Vohidov kimlarning asarlarini tarjima qildi?
5. Shoir qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Abdulla Oripov - bugungi o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan. Mashhur shoir, tarjimon, O'zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941- yilning 21- martida Qashqadaryo viloyati Koson tuma-nining Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Orif bobo ko'pni ko'rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e'tiborli, ko'p yillar rahbar bo'lib kelgan, so'zni topib so'zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o'g'lining shon-shuhratini ko'rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o'g'lining birinchi kitobini ko'rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg'ular uning «Onajon» she'rida juda samimiy ifodalan-gan. So'ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
Bo'lajak shoir Neko'zdagi o'rta maktabda o'qidi. Ta'lim-tarbiyasida oila muhitining ta'siri katta bo'ldi. To'rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi instituted bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o'quv yurtlarida o'qishar, uyida yaxshi kitoblar ko'p bo'lar edi. She'rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo'ldi. Dastlabki she'rlari o'quvchiligida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo'ldilar.
Abdulla Oripov 1958- yilda o'rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi 0'zMU)ning filologiya fakultetiga o'qishga kiradi. 1963- yilda ushbu fakultetning jnrnalistika bo'limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste'dod kirib kelayotganini ma'lum qiladi. Yosh shoir she'rlaridagi hech kimnikiga o'xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o'xshatish - manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini о'ziga qaratib oladi. Unga o'z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e'tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
So'ng o'nlab kitoblari bosildi. Buyuk italyan shoiri Dantening «Ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o'zbek tiliga tarjima qildi. Amir Temur haqida «Sohibqiron» nomli drama yozdi. O'z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi. Ayni paytda, qanchadan qancha she'rlari xorijiy tiUarga tarjima qilindi. Yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovraq qozondi. Uni XX asr jahon adabiyotining ko'pgina vakillari tan oldi-lar.
Bugun Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: «O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» matni muallifi, O'zbekiston xalq shoiri. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti laureati. 1998- yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan taq-dirlangan.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. Abdulla Oripov qachon va qayerda tug’ilgan?
2. Shoirning bolaligi haqida gapiring.
3. Shoir qanday asarlar yaratdi?
4. Shoir kimlarning asarlarini tarjima qildi?
5. Shoir qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Shoir ijodini o’rganish , she’rlaridan yod olish.
O’TIBDO’: M. Murodova
|