MЕTАLLURGIK PЕCHLАRDА QO’LLАNILАDIGАN O’TGА BАRDОSH
MАTЕRIАLLАR PЕCHNING GАZОХОD SISTЕMАLАRI, UNING
HАVО, KISLОRОD VА SUV BILАN TА’MINLАNISHI.
Reja
1.Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr.
2.pеchning gаzохоd sistеmаlаri, uning hаvо, kislоrоd vа suv bilаn
tа’minlаnishi.
Zamonaviy metallurgik pechlar qurilishida ko’p miqdorda turli materiallar
qo’llash talab qilinadi, ulardan asosiylari: issiqlikga va o’tga chidamli materiallar,
metallar, metall qotishmalar va oddiy qurilish materiallari. Issiqlikga va o’tga
chidamli materiallar pechlarning ishchi qismlarini, ya’ni yuqori haroratli jarayonlar
boradigan ishchi bo’limlarni yig’ishda ishlatiladi. Metall va metall qotishmalari
pechning tashqi qoplamalarini, mahkamlash ustunlariga, harakatlanuvchi qismlarda,
sovitish sistemalarida qo’llaniladi. Oddiy qurilish materiallari - g’isht, stement, qum,
xarsang tosh va shag’allar asosan pechlarning fundamentini tayyorlashda,
texnologik gazlar harakatlanuvchi qismlarni yig’ishda foydalaniladi.
O’tga chidamli materiallar deb - uzoq vaqt davomida 1000
°
S dan yuqori
bo’lgan haroratga bardosh berib, o’zining mexanik mustahkamligini va shaklini
saqlab turuvchi materiallarga aytiladi. O’tga chidamli materiallar quyidagi talablarni
qanoatlantirishi shart, ya’ni:
1. O’tga chidamliligi - 1580 °S dan kam bo’lmasligi.
2. 1000°S dan yuqori haroratda ham etarli darajada texnik mustahkamlikga
ega bo’lishi.
3. Jarayon harorati o’zgarishiga chidamliligi.
4. Metallurgik jarayonlar borishi davomida kimeviy mustahkamligi.
5. Qizdirish natijasida o’zining shaklini va hajmini saqlab qolishi.
6. Fizikaviy xususiyatlari - issiqlik o’tkazuvchanlik, g’ovaklik, solishtirma va
hokazolarga javob berishi.
7. Ko’plab ishlab chiqarishda tannarxini arzonligi.
Metallurgik pechlar qurilishida qo’llanilayotgan o’tga chidamli materiallar
oksidli yoki uglerodli birikmalardan tayyorlanadi.
Ular o’zining tarkibiga ko’ra 20 ta guruhdan iborat 8 ta sinfga bo’linadi: