v) foresterli, tarkibi MgO va SiO
2
lar iborat bo’lib, ularning molekulyar
nisbati taxminan 1ga teng yoki MgO ning miqdori ortiqroq
g) shipinelli MgO ·Al
2
O
3
va Sg
2
O
3
dan tashkil topgan.
IV. Xromli
a) Tarkibida 30 % oralig’ida Sg
2
O
3
bo’ladi.
b) xrom-magnezitli-tarkibi 10-30 % Sg
2
O
3
va 30-70 % MgO dan iborat.
V. Uglerodli
a) grafitli, tarkibini 30-60 % ni S tashkil qiladi.
b) koksli, tarkibini 70-90 % ni S dan tashkil qiladi.
VI. Stirkoniyli
a) stirkoniyli, ZrO
2
* SiO
2
mineralidan tayyorlanadi.
b) stirkonli ZrO
2
dan tayyorlanadi.
VII. Oksidli
a) berilli oksididan tayerlangan mahsulot.
b) toriy oksididan tayerlangan mahsulot.
v) steziy oksididan tayerlangan mahsulot.
VIII. Karbitli va nitritli
a) korborundli, tarkibi 30 % dan 90 % gacha SiS mavjud
b) nitriddan, karbid va baritdan tashkil topgan mahsulotlar.
O’tga chidamli materiallar issiqlikga chidamli xossasiga ko’ra uchta guruhga
ajratiladi.
1) o’tga chidamli - 158
0
S dan 177
0
S gacha,
2) yuqori haroratga chidamli 177
0
S dan 200
0
S gacha,
3) o’ta yuqori haroratga chidamli 200
0
S dan yuqori.
O’tga chidamli mahsulotlar termik ishlov berilishiga asosan 3 guruhga
bo’linadi:
1) kuydirilmaydigan-ya’ni shakl berilgan mahsulot kuydirilmaydi; 2)kuydiriladigan
va 3) erish darajasiga yaqin - ma’lum shakl berib kuydiriladi va erish
temperaturasiga yaqin haroratda ishlov beriladi.
Metallurgik pechlar qurilishida asosan tabiiy xom ashyolardan maxsus
tayyorlangan o’tga chidamli materiallar ishlatiladi. Ularni tayyorlashda tabiiy o’tga
chidamli materiallar qum, kvarstli qum SiO, slanest temir xromati FeO · Sr
2
O
3
,
asbest 3MgO·4 SiO
2
·N
2
O kaolin A1
2
O
3
·3SiO·2N
2
O va boshqa minerallardan
foydalaniladi. Shuningdek bu materiallarga qayta ishlov bermagan holda ham
pechlar ko’rilishida ishlatish mumkin. Masalan, azbest va slanest - issiqlik
o’tkazmaydigan materiallar sifatida qoplamalar orasini to’ldirishda, kvarstli qum,
kaolin va stement qorishmasidan pechlarni g’ishtlarini terishda, choklarini suvashda
va mahsulot chiqadigan tuynuklarni yopishda foydalaniladi.
O’tga chidamli materiallarni tanlash, ulardan mahsulot tayyorlash va ishlatish
mutaxassisdan yuqori bilim va maxorat talab qiladi, chunki yo’l ko’yilgan xatolar
qurilgan metallurgik pechlarning mustahkamligini pasaytiribgina qolmay, xatto
baxtsiz hodisalarga olib keladi. Shu sababli issiqlikga chidamli mahsulotlar
tayyorlash qat’iy texnologik talablar asosida olib borilishi shart, bularga:
1. Xom ashyoni tayyorlash. Tabiiy xom ashyoni saralash, unsur
elementlardan tozalash maqsadida uni boyitish, kuydirish orqali uning tarkibidagi
karbonatlarni, gidratlarni, organik birikmalarni parchalash va mustahkam birikma
olish, uni maydalash, yanchish va yirikligi bo’yicha saralashdan iborat.
2. Dastlabki aralashma - shixta tayyorlash, bu jarayonda tayyorlanayotgan
mahsulot tarkibini tashkil etuvchi moddalar aniq miqdorda solinib, yaxshi
aralashtiriladi, so’ngra ma’lum miqdorda suv bilan namlanadi.
4. Mahsulotni quritish - ya’ni, uning gigroskopik namligini ma’lum haroratda
parchalashdan iboratdir.
5. Mahsulotni kuydirish. Bu jarayon g’isht pishirish pechlarida yoki
to’g’ridan - to’g’ri metallurgik pechlarning o’zida amalga oshiriladi.
6. Tayyor mahsulotning texnik nazorati - buni korxonaning maxsus bo’limiga
yuklatilgan bo’lib, tayyorlangan issiqlikga chidamli mahsulotlarni sifatini tekshirib
va saralab maxsus kontenerlarga joylanadi yoki ehtiyot choralarini inobatga olgan
holda iste’molchiga jo’natiladi.