Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar




Download 14,1 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2023
Hajmi14,1 Kb.
#125258
1   2   3   4
Bog'liq
Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr -fayllar.org

Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar 

Tabiatda issiqlik o’tkazmaydigan modda - havodir, uning issiqlik o’tkazish


koeffistienti juda kam bo’lib 0,02 kkal/(m*soat*grad). Shuning uchun tabiatda va
texnikada orasida havo bo’lgan g’ovak materiallar qo’llaniladi. Metallurgik pechlar
qurilishida issiqlik o’tkazmaydigan yuqori g’ovaklikga ega materiallar keng
qo’llaniladi. Texnikada ularni engil o’tga chidamli materiallar deb nomlanadi, ular
ikki xil turda bo’ladi, ya’ni tabiiy va sun’iy.
Tabiiylariga - dolomit, infuzor turpoq, turpok va asbest kiradi.
Birinchi ikkitasining tarkibining asosini, ya’ni 80-95 % SiO
2
tashkil etadi. Ular
yuqori g’ovaklikga, kichik sig’imga va kichik issiqlik o’tkazuvchanlik koeffistientga
0,05 - 0,12 kkal/(m * soat * grad) ega.
Dolomit amorf ko’rinishdagi kremniy oksidi bo’lib g’ovak tuproq
strukturasiga ega. Infuzor tuproq dolomitdan strukturasi jihatidan farqqiluvchi tog’
jinsidir. Bu materiallar izolyastiey g’ishtlar tayyorlashda, oraliqlarni to’ldirishda va
pechning tashqi - ishchi organi bo’lmagan devorlarini suvashda qo’llaniladi. Asbest
- magniyning tabiiy suvni silikati bo’lib issiqlik o’tkazish koeffistienti 0,13 kkal/(m.
s. grad) shuningdek yuqori darajali o’tga chidamli materialdir. U to’ldiruvchi
sifatida kukun holida, karton, paxta va arqon holida ishlatiladi.
Sun’iy issiqlik o’tkazmaydigan materiallar, ya’ni engil, o’tga chidamli
materiallar shamotdan, oksidlardan va qisman dinasdan materiallaridan
tayyorlanadi. Bu tayyorlangan materiallarning g’ovakligi 50-85 % ni tashkil etadi,
oddiy o’tga chidamli materiallarniki esa 5-30% tashkil qiladi. Engil, o’tga chidamli
materiallarning zichligi 0,27-1,3 kg/sm
2
bo’lib issiqlik o’tkazish koeffistienti 0,09-
0,7 kkal/(m soat grad). Bu materiallar qo’llanilishiga qarab ikki sinfga bo’linadi,
ya’ni ichki izolyastiyaga qo’llaniluvchi va tashqi izolyastiyaga qo’llaniluvchi
materiallar.
Engil, o’tga chidamli materiallar pechlarining turli konstrukstiyasida
qo’llaniladi, jumladan shamotlilari pechlarning kam mexanik kuch ta’sir qiluvchi,
shlak ta’siriga uchramaydigan, harorati 1200-1350°S dan oshmaydigan joylarida
qo’llaniladi.
Pechlar qurilishida issiqlik o’tkazmaydigan materiallar sifati shuningdek
shlakli paxtalardan foydalaniladi. Shlakli paxtalar rangli va qora metallurgiyada
chiqayotgan erib turgan shlakga havo purkash yuli bilan olinadi. Ulardan
to’ldiruvchi sifatida, engil, o’tga chidamli blok, plitalar tayyorlashda qo’llaniladi.

http://fayllar.org



Download 14,1 Kb.
1   2   3   4




Download 14,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar

Download 14,1 Kb.