Uyga vazifa: (2daqiqa) Matn bilan to’liq tanishish
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana:30.09.2017
Mavzu: “Susambil”ertagi timsollari tahlili
Darsning maqsadi:
1.O`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;
2.Ertak tahlili orqali o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchni mustahkamlash;
3.O`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tahlili orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.
Dars jihozi:darslik, turli ertak kitoblar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
O’quvchilarga “Susambil”ertagining mazmuni parchalarga bo’lib so’zlatiladi
3. Yangi mavzu . (25 daqiqa) «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.
«Susambil» ertagi qaysi ertaklar turkumiga kiradi?
Eshak, xo’roz, ho’kizni xo’jayinlari uyini tashlab ketishga nima majbur etdi?
Susambil qanday yurt? Jonivorlar nima uchun unga intildilar?
«Susambil» ertagidagi hazil-mutoyiba, qochiriq ma’nosidagi so’zlarni topib adabiyot daftaringizga ko’chirib oling (Masalan, ho’kizning xo’jayini haqidagi, bo’rilarning hayvonlarni qo’lga olish haqidagi balandparvoz gaplari kabi).
Ertakdagi jonivorlarning ahilligini nimalarda ko’rdingiz?
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
«Susambil» ertagi haqida gap borar ekan, uning qahramonlari taqdirini bundan avvalgi darslarda o'tilgan «Uch og'a- ini botirlar» ertagi qahramonlari qismatiga solishtirib ko’raylik.
Uch og'a-ini botirlarga, guvohi bo'lganimizdek, o'rtahol otalaridan aytarli ko'p meros qolgani yo'q. Ular o'z taqdirlarini o'zlari yaratish vazifasini bo'ynilariga oladilar, bu yo'lda uchragan
nihoyatda tahlikali sinovlarga bardosh beradilar. Agar e'tibor bersak, og'a-inilarning birortasi na boylikka, na ishratga va na mehnatsiz rohatga intiladi. Aksincha, ular hayotining mazmunini doimiy harakat, izlanish, shijoat tashkil etadi. Ular nafaqat o'zlariga, balki atrofdagi kishilarga manfaat keltiruvchi savobli sa'y-harakatlar ko'yida yuradilar va haqli baxtlarini topadilar. Balki shuning uchun ham bu ertakka qahramon qilib chinakam mard yigitlar tanlangandir...
«Susambil» qahramonlari haqida esa bunday deya olmaymiz. Albatta, dunyodagi jamiyki mavjudotning yaxshi yashashga, ertak tili bilan aytganda, «o'tning boiig'i, suvning tinig'i, azob- uqubat yo'q, maza qilib yurish mumkin bo'lgan bir maskanni orzu qilishga haqqi bor. Biroq «Susambil» deb atalmish bunday jannatmakon maskanga ega bo'lish uchun faqat orzu va xayolgina yetarli emas-da. Ertakda bo'lsin, real hayotda bo'lsin, har bir kishi o'z susanbilini barpo etish uchun tinimsiz harakat qilmog'i, tirishib-tirmashmog'i naqadar muhim.
4.Baholash.(3 daqiqa)
Uyga vazifa:(2 daqiqa) Majoziy ertaklarni topib o'qib kelish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 3.10.2017
Mavzu: Nazariy ma’lumot.Xalq ertaklari
Darsning maqsadi:
- o`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish,xalq ertaklari haqida nazariy ma’lumot
- ertak tahlili orqali o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchni mustahkamlash;
- o`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijod qilishga o`rgatish.
Darsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
a ) o’quvchilarga “Susambil”ertagining mazmuni parchalarga bo’lib so’zlatiladi.
b) ertakda ilgari surilgan g’oya yuzasidan suhbat tashkil etish;
d) mustaqil o’qilgan ertaklarni so’rash
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa) «Aqliy hujum» bilan boshlanadi. Qanday o’zbek ertaklarini o`qigansiz?
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
Aziz o’quvchilar,ertaklar shunchaki ko’ngil ochish, ovunish uchun aytilmasligi va to’qilmasligiga ishonch hosil qildik, ularning mavzu jihatidan hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari borligini ham bilib oldik. Bu ertaklar orasida hayvonlar haqidagi ertaklar ham o’z o’rniga ega.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o’qiydigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari hayvonlar bo’lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi ertak personajlari bo’ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda tulki - ayyorlik va munoflqlik, ayiq - go’l, laqmalik, bo’ri - qonxo’rlik, chumchuq chaqimchilik ramzi sifatida xayolimizda muhrlanib qolgan. “Bo’ri bilan tulki”, “Echkining o’ch olishi”, “Ochko’z bo’ri” kabilar hayvonlar haqidagi ertaklardir.
Sehrli ertaklar ham siz sevib va qiziqib o’qiydigan fantastik hikoyalardir. Masalan, “Ur to’qmoq”, “Ochil daturxon”, “Yolmog’iz”, “Devbachcha” ertaklari shular jumlasidandir.
Hayotiy-maishiy ertaklar: “Zumrad va Qimmat”, “Ziyod botir”, “Malikai Husnobod”, “Uch og’a- ini botirlar” va boshqalar
Ertaklarning yana bir turi –yozma ertaklar ham bo’lib,H.Olimjon,shukud Sa’dulla,Anvar Obidjon,X.To’xtaboyev kabi ertaknavislar yozma ertaklar rivojiga kata hissa qo’shganlar.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:(10 daqiqa)
1.Qanday asarlarni ertak deb ataymiz?
2.Ertaklar qanday turlarga bo`linadi?
3.Sehrli ertaklar haqida gapirib bering.
4.Qaysi ertaklarni majoziy ertaklar deymiz?
5.Ertakchi, matalchilar kimlar? Ulardan mashhurlari nomlarini ayting.
6.Ertaknavis adiblar haqida gapirib bering: jahon va o’zbek adiblari misolida
5.Baholash.(3 daqiqa)
6.Uyga vazifa:(2 daqiqa) Mustaqil ertak o’qish
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana:4.10.2017
1-nazorat ishi. Insho va tahlil: “Mening sevimli ertagim” (2 soat)
Dars maqsadi:
a ) ta’limiy: O`quvchilarning mavzu yuzasidan o`zlashtirgan nazariy bilim, amaliy ko`nikma va
malakalarini, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, imlo hamda uslubiy savodxonligini aniqlash.
b) tarbiyaviy Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Dars turi: O’quvchilar egallagan bilim,ko’nikma va malakalarni sinash ,baholash
Dars metodi: Yozma nazorat
Dars jihozi: darslik,turli ertak kitoblari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(5 daqiqa)
a)uyga vazifalarni tekshirish
b)mustaqil o’qilgan ertaklarni so’rash
3.Yangi mavzu: (30 daqiqa)
O’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat tashkil qilinadi:
1. “Uch og’a-ini botirlar ” ertagi haqida so’zlang.
2.O’quvchilarga “Susambil”ertagining mazmuni so’zlab bering
3.Ertakda ilgari surilgan g’oyalar haqida gapirib bering.
4.Sizga qaysi ertak yoqdi? Nima uchun?
5.Qaysi ertak qahramoni sizning qalbingizdan joy oldi?
O’quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va isho yozish topshiriladi.
Insho yozish uchun quyidagi reja tavsiya etiladi:
Reja:
“Uch og’a-ini botirlar ” ertagi haqida
Otaning nasihatlari
Mening sevimli qahramonim.
4.Uyga vazifa: (5 daqiqa) O’tilganlarni takrorlash.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 10.10.17
MAVZU: HAMID OLIMJON «OYGUL BILAN BAXTIYOR» ERTAGI
Darsning maqsadi:
- Hamid Olimjon hayoti va ijodi, ertak matni bilan tanishtirish;
- ertak tahlili orqali o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchni mustahkamlash;
-o`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tahlili orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat,
Darsning jihozi: darslik, Hamid Olimjon suratlari,kitoblari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
a)uyga vazifalarni tekshirish
b)mustaqil o’qilgan ertaklarni so’rash
3.Yangi mavzu:(15 daqiqa)
O’zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri, tug’ma iste’dod egasi Hamid Olimjon bor-yo’g’i 34 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, o’zidan keyin boy adabiy meros qoldirgan. Uning asarlari jami o’n jildni tashkil qilishi ham uning qanchalik sermahsul ijodkor bo’lganini ko’rsatadi.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. Hamid Olimjonning badiiy adabiyotga mehr qo’yishida onasi Komila ayaning hissasi kattadir . Hamid Olimjondagi tug’ma iste’dodning ko’z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo’lib yetishuvida Komila ayadan eshitgan doston va ertaklarning roli benihoya katta.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang’ich maktabni tugallab, 1932-yilga qadar Samarqandda tahsil oldi. Shuning uchun ham uning dastlabki she’rlari Samarqanddagi “Zarafshon”gazetasida 1926- yilda chiqa boshlaydi. Uning birinchi she’riy to’plami “Ko’klam” nomi ostida1929-yilda nashrdan chiqdi.
Hamid Olimjon ham tarixiy, ham zamonaviy mavzularda samarali ijod qildi. Uning “Muqanna” nomli tarixiy, “Jinoyat” deb nomlangan zamonaviy mavzudagi she’riy dramalari bor.
Hamid Olimjon 1937-yilda “Oygul bilan Baxtiyor” nomli mashhur dostonini yaratdi. Ushbu ertakda aksariyat ertaklarda bo’lgani singari razolat ustidan ezgulik, zulm va nohaqlik ustidan esa adolat g’alaba qiladi. Biroq bu g’alaba osonlikcha emas, balki tinimsiz qilingan harakat, qullik va xo’rlikka bo’y bermaslik kabi mardona kurash oxir-oqibat Oygul va uning yurtdoshlarini ozodlikka olib chiqdi. Ertakning bosh qahramonlari Oygul va Baxtiyor obrazlaridir.
Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan so’ng “Zaynab va Omon”, “Semurg’”, “Roksananing ko’z yoshlari” singari doston va balladalar yozdi.
Iste’dodli ijodkor Hamid Olimjon 1944-yil 3-iyulda avtomobil halokati oqibatida vafot etdi. Shoirdan uning o’lmas she’r-u dostonlari, drama va ilmiy maqolalari bizga meros.
4.Mustahkamlash.(7 daqiqa)
1. H.Olimjon qachon va qayerda tug’ilgan?
2. H.Olimjonning dastlabki she’ri qachon, qayerda va qanday gazetada e’lon qilingan?
3. H.Olimjonning dastlabki she’riy to’plamining nomini ayting.
4. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan?
5.Baholash: (5 daqiqa)
6.Uyga vazifa:(3 daqiqa)Ertak -dostonni to’liq o’qib kelish
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana:11.10.17
MAVZU: «OYGUL BILAN BAXTIYOR» ERTAGINI O’QISH
Darsning maqsadi:
– dostonning g’oyaviy mazmuni va asosiy obrazlari haqida tasavvur hosil qilish va ularni tahlil etish;
– Oygulning boshidan kechirgan voqealar ta’sirida inson faqat o’zini emas, balki avvalo el-yurt taqdirini o’ylashi va xalq haqida qayg’urishi lozim, degan fikr-xulosaga kelishiga o’quvchilar e’tiborini qaratish;
– o’quvchilarda vatanparvarlik va xalqparvarlik fazilatlarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat,klasster
Darsning jihozi: darslik, Hamid Olimjon suratlari,kitoblari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
1.H.Olimjon qachon va qayerda tugilgan?
2.H.Olimjonning dastlabki she’ri qachon, qayerda va qanday gazetada e’lon qilingan?
3.H.Olimjonning dastlabki she’riy to’plamining nomini ayting.
4.“Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan?
5.“Oygul bilan Baxtiyor” ertagi necha bo’g’inli she’r tarzida yozilgan
6.Oygul timsoliga tavsif bering
7..Baxtiyor timsoliga tavsif bering
3.Yangi mavzu: (20 daqiqa)
Ushbu darsda sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’lib, dars mavzusidan kelib chiqqan holda bir guruhni “OYGUL”, ikkinchisini “BAXTIYOR” deb nomlanadi. Dars musobaqa tarzida tashkil etiladi. O’qituvchi guruhlarning har bir javobini rag’bat kartochkalari yordamida baholab boradi va dars so’ngida kartochkalar hisoblanadi.
BAXTIYORNING SIFATLARINI SANANG
QUL TARLON QANDAY INSON?
XONGA TA’RIF BERING
OYGULNING SIFATLARINI SANANG.
“OYGUL BILAN BAXTIYOR”
ERTAGINING ASOSIY QAHRAMONLARI:
-OYGUL;
-BAXTIYOR;
-DARXON;
-QUL TARLON;
- XON;
-BAXTIYORNING OTASI.
Mana aziz o’quvchilar, siz bilan birga “Oygul bilan Baxtiyor” ertagini o’qib shuni ko’rdikki, aksariyat ertaklarda bo’lgani kabi bu asarda ham razolat ustidan ezgulik, zulm va nohaqlik ustidan esa adolat g’alaba qozondi. BIroq bu g’alaba boshqa ertak-afsonalardagi singari osonlikcha qo’lga kiritilgani yo’q. Balki tinimsiz qilingan harakat, qullik va xo’rlikka bo’y bermaslik kabi xalqimiz ruhiyatiga xos bo’lgan mardona kurash oxir-oqibat Oygul va uning yurtdoshlarini ozodlikka olib chiqdi.Adib asarda Oygulni el-yurtni podsholar zulmidan xalos etish, xalqqa farovon va charog’on hayot bera oladigan jamiyatni qurish maqsadi bilan yashagan qahramon sifatida gavdalantiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ertakda H.Olimjonning oddiy xalq vakillari idora etgan davlat tizimi bilan bog’liq orzu-umidlari ifoda etilgan.
4.Baholash: (5 daqiqa) Dars so’ngida “Oygul” va “Baxtiyor” guruhlarining yiqqan kartochkalari asosida g’olib guruh aniqlanadi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
5.Uyga vazifa:(5daqiqa) Oygul – ozodlik kurashchisi “ mavzusida insho yozish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 14.10.17
Mavzu: Nazariy ma’lumot. Ertak-doston haqida tushuncha
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:ertak-doston haqida nazariy ma’lumot berish
b)tarbiyaviy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: noan’anaviy
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi. Bunday qo‘zg‘alonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o‘tmishida ham ko‘p marotaba bo‘lgan. Agar Siz 2000-yilda chop etilgan «Bolalar ensiklopediyasi» kitobining 469-sahifasini ochsangiz, unda miloddan avvalgi 329-328-yillarda qadimgi So‘g‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘alonining rahbari jasur bobomiz Spitamen to‘g‘risidagi ma’lumotga duch kelasiz. Demak, ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas. “Oygul bilan Baxtiyor”ertak- dostonida ham erk va ozodlik,zulm va zo’ravonlik uchun kurash aks etgan.
Voqealarni ma’lum bir sujet asosida bayon qilib beruvchi yirik she’riy asarlar dostan deb ataladi.Dostonlar yaratilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: xalq dostonlari,adabiy dostonlar.
Bolalar adabiyotida ertak-doston degan janr ham bor.Ertak-dostonlar asosan shoirlar tomonidan yaratiladi.U mazmunan ertakka,shaklan esa va dostonga yaqin turadi.ya’ni voqealar xuddi ertakdagi kabi boshlama,voqealar rivoji,tugallanmadan tashkil topadi.Ammo bu voqealar nasriy usulda emas,balki sheriy usulda bayon etiladi.
Jahon adabiyotida Ubayd Zokoniy,A.S.Pushkin,K.Chukovskiyva boshqalar,o’zbek adabiyotida A.Avloniy,Qudrat Hikmat,Zafar Diyor,Hamid Olimjon,Maqsud Shayhzoda,Quddus Muhammadiy,M.Shayxzoda ,P.Mo’minlar ertak-dostonlar rivojiga kata hissa qo’shdilar.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:(10 daqiqa) Og’zaki savol-javob.
1.Doston nima?
2.Ertak-doston deganda nimani tushunasiz?
3.Xalq ertaklari va adabiy ertaklarning farqi nimada?
4.Ertak-dostonlar yana qanday nom bilan aytiladi?
5.qaysi ijodkorlar ertak-dostonlar yozishgan?
5.Baholash.(3 daqiqa)
6. Uyga vazifa:(2 daqiqa) Nazariy ma’lumotlarni yozib olish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 17.10.17
Mavzu: Ifodali o’qish mashqi. “Kim ko`p ertak biladi?”
Darsning maqsadi:
Talimiy maqsad- Ertaklar ularning yaratilishi,turlari haqida ma'lumotga ega bo'lish.
Tarbiyaviy maqsad-0'quvchilar ruhiyatida insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo'ylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi ezgu hislatlatni, ajdodlarga iftihor tuyg'usini sindirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil fikrlashga, erkin va farovvon yashashga, insoniy fazilatlami kamol toptirish hamda amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakillantirish.
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: Noan'anaviy, klaster, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tezkor savollar, rasmlar asosida ertaklar hikoya qilish, ertaklardan sahna ko'rinishi, multifilimlar tomosha qilish va bahs munozara.
Darsning jihozi: 5-sinf adabiyot darsligi, ertak kitoblar ertaklarga chizilgan suratlar, ertakchilarning portretlari, ertak qahramonlariga tayyorlangan o'yinchoqlar.
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.Bahtiyorga tavsif bering, u elda qanday yashar edi?
2.Baxtiyor baliqni uyiga olib kelgandan keyin qanday voqea ro'y berdi?
3.Oygul daryoda,baliq qornida yotganida nima topib olgan edi?
4.Oltinlar nima maqsadda ishlatildi?
3 . Yangi mavzu bayoni. (20 daqiqa) Ertaklar olamida.
Darsning shartlari.
1. Tezkor savollar
2. Rasm asosida ertak
3. Ertaklardan sahna ko'rinishi
4. Multifilm ko'rsatuvi yordamida bahs-munozara
1-shart
1. Guruh
Qanday asarlarni ertak deymiz?
2. Guruh
Ertaklar qanday turlarga bo'linadi?
1. Guruh
Hayvonlar xaqidagi ertaklar haqida gapirib bering?
2. Guruh
Sehrli ertaklar haqida gapirib bering?
Guruh a'zolari ertaklarni yozgunicha o'qituvchi savollar berishni davom ettiradi.
1. Guruh. Jahon ertakchilaridan kimlarni bilasiz?
O'zbek ertakchilaridan kimlarni bilasiz?
G'olib guruh ertak qaxramonlari bilan rag'batlantiriladi.
2-shart
Har ikkala guruh rasmlar asosida o 'zlari istagan ertaklarini aytib beradilar.
3-shart
Har ikkala guruh a’zolari ertaklar asosida sahna ko'rinishi qo'yadilar va bir-birlarining ertaglari asosida bahs- munozara yuritadilar.
5. Baholash (3 daqiqa)
Har bir giruh olgan ertak qahramonlari sanaladi. Qaysi guruh eng ko'p ertak qahramonlarini to'plagan bo'lsa , g'olib guruh deb aytiladi. Guruhlardagi eng faol o'quvchilar baholanadi.
6. Uyga vazifa: (2 daqiqa) "Oygul bilan Bahtiyor" ertagi haqida taassurot yozish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 18.10.17
21.10.17
2-nazorat ishi. Insho va tahlil: “Menga yoqqan ertak qahramoni” (2 soat)
Dars maqsadi:
a ) ta’limiy: O`quvchilarning mavzu yuzasidan o`zlashtirgan nazariy bilim, amaliy ko`nikma va
malakalarini, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, imlo hamda uslubiy savodxonligini aniqlash.
b) tarbiyaviy Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: O’quvchilar egallagan bilim,ko’nikma va malakalarni sinash ,baholash
Dars metodi: Yozma nazorat
Dars jihozi: darslik,turli ertak kitoblari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
c)ma’naviy daqiqa
2.O’tgan mavzuni takrorlash.(5 daqiqa)
a)uyga vazifalarni tekshirish
b)mustaqil o’qilgan ertaklarni so’rash
3.Yangi mavzu: (30 daqiqa)
O’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat tashkil qilinadi:
1. “Uch og’a-ini botirlar ” ertagi haqida so’zlang.
2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostoni haqida gapiring
3.Ertakda ilgari surilgan g’oyalar haqida gapirib bering.
4.Sizga qaysi ertak yoqdi? Nima uchun?
5.Qaysi ertak qahramoni sizning qalbingizdan joy oldi?
O’quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va isho yozish topshiriladi.
Insho yozish uchun quyidagi reja tavsiya etiladi:
Reja:
1. Oygul –erk va ozodlik kurashchisi.
2. Baxtiyor –mard va jasur yigit.
3. Ertakdan olgan taasurotlariim.
4.Uyga vazifa: (5 daqiqa) O’tilganlarni takrorlash.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 24.10.17
MAVZU: MAQSUD SHAYXZODA. “ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI
Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni milliy qadriyatlar asosida yuksak e'tiqod va o'zgalarni to'g'ri tushuna olish ruhida tarbiyalash.
Ta'limiy maqsad:M.Shayxzoda hayoti va ijodi yuzasida ma’lumot berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o'smirlarda butun shaxsga xos ma'naviy sifatlarni shakllantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: noan’anaviy
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Maqsud Shayxzoda — XX asr o'zbek adabiyotining taniqli vakillaridan: shoir, dramaturg, olim. Uning hayot va ijod yo'li boshqa qalamkash do'stlarinikidan biroz farq qiladi. U Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida tug'ildi. Uning otasi Ma'sumbek adabiyotni sevuvchi, tiniq fikrga, ilg'or qarashga ega vrach edi. Yosh Maqsudning she'rga, adabiyotga mehr qo'yishida otasining xizmati katta bo'lgan.
Maqsud dastlab ona shahridagi maktablardan birida, 1921- yilda esa Bokudagi Dorilmuallimin'da o'qiydi. Unda Husayn Jovid, Abdulla Shoiq kabi mashhur adiblar dars berar edilar. Bu uning adabiyotga bo'lgan mehrini oshiradi. Bilim yurtini bitirib, Dog'istonning Bo'ynoq shahrida o'qituvchilik qiladi. 1927-yiida Boku oliy pedagogika institutiga sirtdan o'qishga kiradi. Xuddi shu yillari siyosiy ishlar bilan ham shug'ullanadi va sovetlarga qarshi kurashda ayblanib Maxachqal'ada qamoqqa olinadi, 1928-yilda uch yilga vatanidan surgun qilinadi.
Maqsud Shayxzoda shu yili to'g'ri Toshkentga keldi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoldi. O'zbekistonni o'zining ona yurti bildi, o'zbek tilida ijod etib, o'zbek adabiyotining zabardast vakili darajasiga ko'tarildi. Lekin sovetlar zamonida uning Toshkentdagi hayoti ham oson kechmadi. Uning asarlaridan tez-tez «sho'rolar obro'sini tushiruvchi fikrlar», o'tmishni oshirib maqtash, eskirgan so'zlarni ishlatish kabi «siyosiy xatolar» topib turdilar. Va bular oxir-oqibatda 1952-yilda uning yana qamalishi bilan yakun topdi. U «xalq dushmani» e'lon qilinib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Stalinning o'limi tufayligina u 1954-yilning 7-iyunida ozod bo'ldi.
Shoir 59 yoshida vafot etdi. U 20 yoshida Toshkentga kelgan edi. Umrining 39 yili Toshkentda kechdi. U bu yerda yigirmadan ortiq kitob yozdi. Yuzlab she'rlar, o'nlab dostonlar qoldirdi. «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug'bek» kabi tarixiy mavzudagi o'lmas dramalarini yaratdi.
Uning keng qamrovli, umumlashmalarga boy she'r va dostonlarini she'rxonlar yaxshi biladilar. Jumladan, shoirning Toshkent tarixini, ko'cha va maydonlarini jo'shqin ehtiros bilan hikoya qilib beruvchi «Toshkentnoma» (1957) dostoni shunday asarlaridan edi. Ayniqsa, undagi:
Shaharlar boqiydir, umr - o'tkinchi, Daryolar sobitdir, suvlar — ko'chkinchi, —
kabi mazmundor fikrlarga boy xulosalari uning yuksak shoirlik iste'dodini yaqqol ko'rsatib turar edi.
Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» (1944) dramasi mo'g'ul istilochilariga qarshi kurashib, fidoyilik namunalarini ko'rsatgan xorazmlik buyuk bobomiz haqida edi. O'tgan asrning 60-yillarida u yana bir katta ishga qo'l urdi. Sohibqiron Amir Temurning nabirasi buyuk olim va shavkatli podshoh Mirzo Ulug'bek obrazini yaratdi. So'ngroq shu asosda badiiy film maydonga keldi.
Shayxzoda tarixning katta bilimdoni edi. U xalqimiz, madaniyatimiz tarixini juda yaxshi bilar edi. Buni uning tarixiy mavzudagi asarlaridan bilib olish qiyin emas. U adabiyot, ma- daniyat tarixini ham chuqur egallagan edi. Adib salkam o'ttiz yil Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika instituti (hozirda Pe- dagogika universiteti)da adabiyotdan dars berdi. Alisher Navoiy va uning o'lmas she'riyati haqida ko'plab qimmatli ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Ularni adabiyotshunos va tarixchi olimlar juda yuksak qadrlaydilar.
Zabardast adib va olim Maqsud Shayxzoda 1967-yilda vafot etdi. Qabri Forobiy qabristonida.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:(10 daqiqa) Og’zaki savol-javob
1.M.Shayxzoda qachon va qyerda tug’ilgan?
2.Yosh shoir adabiyotga mehr qo’yishiga nima sabab bo’lgan?
3.M.Shayxzoda qachon Toshkentga keladi?
4.Nima uchun shoirni qamoqqa olishadi?
5.Adib qanday tarixiy asarlar yozdi?
6.M.Shayxzoda Toshkent haqida qanday asar yozdi?
5.Baholash ( 3 daqiqa)
6.Uyga vazifa: (2 daqiqa)«Iskandar Zulqarnayn» ertak-dostonini o`qish, mazmunini o`zlashtirish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 25.10.17
MAVZU: “ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o'quvchilarni milliy qadriyatlar asosida yuksak e'tiqod va o'zgalarni to'g'ri tushuna olish ruhida tarbiyalash.
b) tarbiyaviy: doston matni bilan tanishtirish hamda o'qilgan parchani tahlil qilish.
c) rivojlantiruvchi: o'smirlarda butun shaxsga xos ma'naviy sifatlarni shakllantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: noan’anaviy
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.M.Shayxzoda qachon va qyerda tug’ilgan?
2.Yosh shoir adabiyotga mehr qo’yishiga nima sabab bo’lgan?
3.M.Shayxzoda qachon Toshkentga keladi?
4.Nima uchun shoirni qamoqqa olishadi?
5.Adib qanday tarixiy asarlar yozdi?
6.M.Shayxzoda Toshkent haqida qanday asar yozdi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
O‘zbek adabiyotida she’riy ertak-dostonlar yaratish tajribasi boy tarixga ega. Folklor asarlarini, ya’ni xalq orasida og‘izdan og‘izga o‘tib, keng tarqalgan ijod namunalarini shoirlarimiz tomonidan o‘z dunyoqarashi va zamonasiga mos ravishda qayta ishlab, she’riy shaklga solish an’anasi Furqat, Abdulla Avloniy, Elbek, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor kabi shoirlar ijodida uchraydi. Bu adabiy janrda, ayniqsa, Hamid Olimjon yuksak mahorat ko‘rsatgan. Uning 30-yillarda yaratilgan «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» kabi ertak-dostonlari yosh kitobxonlar o‘rtasida juda mashhurdir. o‘z do‘sti kabi Maqsud Shayxzoda ham xalqimiz o‘rtasida keng yoyilgan «Iskandar Zulqarnayn» ertagini adabiy jihatdan qayta ishlab, uning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirib, she’riy shaklga soladi.
Milodgacha, ya’ni yangi kalendar bo‘yicha hisoblangan hozirgi ikki ming yillik tarixga qadar bo‘lgan davrlarda qadim Yunonistonda Aleksandr Makedonskiy nomli buyuk bir shoh-fotih o‘tgan. U juda ko‘p mamlakatlarni bosib olib, u yerdagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni talagan, odamlarni qul qilgan. U uzoq janglar qilib, hozirgi o‘rta Osiyo yerlarini ham o‘ziga bo‘ysundirgan.
Uni, Yunonistondan bo‘lgani uchun, O‘rta Osiyo xalqlari Iskandar Rumiy deb ham ataganlar. Bu jahongir haqida turli rivoyat va ertaklar to‘qiganlar. O‘sha ertak va rivoyatlar Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ Sharq shoirlari ijodiga ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatganki, u haqda og‘zaki afsonalar qatori mazkur adiblarning teran falsafiy dostonlari ham yaratilgan.
Maqsud Shayxzoda aynan xalq tomonidan berilgan sifat — «Iskandar Zulqarnayn», ya’ni shoxli Iskandar haqidagi rivoyatni o‘rganib, uni g‘oyaviy va badiiy jihatdan boyitib she’riy doston yaratadi.
Unga ko‘ra Iskandarning boshida shoxi bor ekan. Uni hech kim bilmas ekan. Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan. Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi. Oxirgisini olib kelibdilar...
Iskandar unga debdi:
— «Ustarangni tayyorla,
Sochlarimni qirq — tashla,
Ehtiyot bo‘l ham jiddiy!»
So‘ngra ochsa qalpoqni
Sartarosh nima ko‘rdi:
Yorilib ketdi o‘ti —
Boshda ko‘rdi qo‘sh shoxni.
Iskandar unga dedi:
–«o‘ldirmayman seni man,
Yolg‘iz qolding yurtda san,
(Rostakam u toq edi),
Biroq tiling tiymasang,
Ayta ko‘rsang sirimni,
4.Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 daqiqa) Og’zaki savol-javob.
1.Ertak-doston deb nimaga aytiladi?
2.Qaysi ijodkorlar ertak doston yozgan?
3.Aleksandr Makedonskiy haqida nimalarni bilasiz?
4.Dostonda Iskandar timsoli haqida nimalar deyilgan?
5. “Zulqarnayn”so’zining ma’nosi nima?
5.Baholash (3 daqiqa)
6. Uyga vazifa: (2 daqiqa) Taassurot yozish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 27.10.17
Mavzu: Sinfdan tashqari o’qilgan asarlar bo’yicha suhbat
Darsning maqsadi:
-O’quvchilarni badiiy asarni o’qish orqali vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.
-O`quvchilarda chin ezgulik va go’zallikni payqash tuyg`usini shakllantirish
-O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: noan’anaviy ,guruhlarda ishlash, “Sirli sayohat”
Dars jihozi: A.Navoiy, Z.M.Bobur, Z.X.Furqat, A. Qodiriy, Cho’lpon kabi adiblarning asarlari. Dars mavzusiga doir rasmlar,turli ertak kitoblar
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.Ertak-doston deb nimaga aytiladi?
2.Qaysi ijodkorlar ertak doston yozgan?
3.Aleksandr Makedonskiy haqida nimalarni bilasiz?
4.Dostonda Iskandar timsoli haqida nimalar deyilgan?
5. “Zulqarnayn”so’zining ma’nosi nima?
6. “Iskandar Zulqarnayn”ertak dostoninig mazmunini gapirib bering.
3.Yangi mavzu (25 daqiqa)
Dars “Sirli sayohat” oyini asosida tashkil qilinadi .O’quvchilar uch guruhga bo’linadilar.Har bir guruhga alohida nom beriladi.
1-guruh: “Kitobxonlar”
2-guruh: “Shoirlar”
3-guruh: “Ertakchilar”
Guruhlar “Ertaklar olami” ga birgalikda “Sirli sayohat”ga chiqishadi.Ularni har bir bekatda turli qiziqarli savollar qarshi oladi.
1-bekat. “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”deb nomlanaqi.Bunda guruhlar o’zlari yoqtirgan ertak asosida kichik sahna ko’rinishi ko’rsatib berishadi
2-bekat. “Biz sevgan shoir”deb nomlanadi. Guruhlar Hamid Olimjon,Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar aytishadi
3-bekat. “Sevimli qahramonimiz” deb nomlanadi.Bu shartda guruhlar bittadan ertak qahramonlariga klaster usulida ta’rif berishadi.
4-bekat. “Davom ettir”deb nomlanadi.Bu bekatda guruhlarga maqollarning boshlanishi o’qib eshittiriladi ,ular maqolni davom ettirib to’ldirishi kerak.
5-bekat. “Ifodali o’qish” bekati bo’lib ,bunda o’quvchilar o’zlari yod olgan ertak-dostondan parchalarni ifodali yod olishadi.
4.Baholash.(3 daqiqa) Har bir guruh to’olagan rag’batlar soniga qarab g’olib guruh aniqlanadi.Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
5.Uyga vazifa.(2 daqiqa) Mustaqil o’qish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 31.10.17
3-NAZORAT ISHI. TEST
Dars mavzusi: 3-Nazorat ishi. Test .
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilаrning mavzu yuzаsidаn o`zlаshtirgаn аmаliy ko`nikmа vа mаlаkаlаrini, mаntiqiy fikrlаsh qоbiliyatlаrini аniqlаsh. ( 1 soat vaqt ajratiladi)
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda intizom,mas’uliyat tuyg’ularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mavjud tushunchalarni anglash tuyg’usini rivojlantirish.
Dars turi:BKMlarni nazorat qiluvchi
Dars metodi: Test sinovi
Dars jihozi: Test sinovi BKMlari, test
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqaDars metodi:Nazorat ishi.
2.Asosiy qism: (30daqiqa)
O’quvchilarga test materiallari tarqatiladi.Testlar bilan ishlash,javoblar jadvalini to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi.
Testlardan namunalar
1. „Ustiga tuz ortilgan eshak” masaliga mos keladigan hikmatni ko‘rsating.
A)Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil. B)Og‘irning ostidan , yengilning ustidan o‘tma.
C)Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin. D)Yaxshilik yerda qolmas.
2.An’anaviy boshlanish va tugallanishga ega bo‘lgan janrni belgilang.
A)Hikoya B)Doston
C)Ertak D)Masal
3.Imom al-Buxoriy kim bo’lgan?
A) shoir B) olim
C) muhaddis D) Yozuvchi
3.Baholash: (3daqiqa) O’quvchilarga testlarni baholash tartibi tushuntiriladi
“5”- 23-25
“4”- 18-22
“3”- 13-17
4.Uyga vazifa: (2daqiqa) Takrorlash.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 1.11.17
Mavzu: Takrorlash
Dars maqsadi:
-O’quvchilarni badiiy asarni o’qish orqali vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.
-O`quvchilarda chin ezgulik va go’zallikni payqash tuyg`usini shakllantirish
-O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: noan’anaviy ,guruhlarda ishlash, “Sirli sayohat”
Dars jihozi: A.Navoiy, Z.M.Bobur, Z.X.Furqat, A. Qodiriy, Cho’lpon kabi adiblarning asarlari. Dars mavzusiga doir rasmlar,turli ertak kitoblar
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.Ertak-doston deb nimaga aytiladi?
2.Qaysi ijodkorlar ertak doston yozgan?
3.Aleksandr Makedonskiy haqida nimalarni bilasiz?
4.Dostonda Iskandar timsoli haqida nimalar deyilgan?
5. “Zulqarnayn”so’zining ma’nosi nima?
6. “Iskandar Zulqarnayn”ertak dostoninig mazmunini gapirib bering.
3.Yangi mavzu (25 daqiqa)
Dars “Sirli sayohat” oyini asosida tashkil qilinadi .O’quvchilar uch guruhga bo’linadilar.Har bir guruhga alohida nom beriladi.
1-guruh: “Kitobxonlar”
2-guruh: “Shoirlar”
3-guruh: “Ertakchilar”
Guruhlar “Ertaklar olami” ga birgalikda “Sirli sayohat”ga chiqishadi.Ularni har bir bekatda turli qiziqarli savollar qarshi oladi.
1-bekat. “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”deb nomlanaqi.Bunda guruhlar o’zlari yoqtirgan ertak asosida kichik sahna ko’rinishi ko’rsatib berishadi
2-bekat. “Biz sevgan shoir”deb nomlanadi. Guruhlar Hamid Olimjon,Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar aytishadi
3-bekat. “Sevimli qahramonimiz” deb nomlanadi.Bu shartda guruhlar bittadan ertak qahramonlariga klaster usulida ta’rif berishadi.
4-bekat. “Davom ettir”deb nomlanadi.Bu bekatda guruhlarga maqollarning boshlanishi o’qib eshittiriladi ,ular maqolni davom ettirib to’ldirishi kerak.
5-bekat. “Ifodali o’qish” bekati bo’lib ,bunda o’quvchilar o’zlari yod olgan ertak-dostondan parchalarni ifodali yod olishadi.
4.Baholash.(3 daqiqa) Har bir guruh to’olagan rag’batlar soniga qarab g’olib guruh aniqlanadi.Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
5.Uyga vazifa.(2 daqiqa) Mustaqil o’qish.
O’TIBDO’: M.Murodova
II CHORAK
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 3 .11.17
Mavzu: Jonatan Svift. «Gulliverning sayohatlari» asarlari
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad: Jonatan Svift hayoti va ijodini o'rganish, shuningdek, «Gulliverning sayohatlari» asarining yozilish tarixi, iming mazmun-mohiyatini tahlil etish maqsadga muvofiq o'quvchilarni vatanga, insonlarga muhabbat ruhida tarbiyalash;
Ta'limiy maqsad: asarning g'oyaviy- badiiy, ma'naviy-axloqiy jihatlari, bugun uchun ahamiyatini yoritish.
Rivojlantirish maqsad : asarni sharhlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: noan’anaviy
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.M.Shayxzoda qachon va qyerda tug’ilgan?
2.Yosh shoir adabiyotga mehr qo’yishiga nima sabab bo’lgan?
3.M.Shayxzoda qachon Toshkentga keladi?
4.Nima uchun shoirni qamoqqa olishadi?
5.Adib qanday tarixiy asarlar yozdi?
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
Buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667-yilda Irlandiyaning poytaxti Dublinda tug'ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muh-tojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba'zan ko'rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o'n to'rt yoshida maktabni bitirgach, Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o'qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning saroyida kotib bo'lib ishlaydi. Templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo'ladi. Keyinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab magistrlik unvonini qo'lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug'ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o'rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jangi», «Bochka cho'pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to'liq nomi «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari»deb atalib u 1726-yilda yaratilgan.
Asar bilan tanishadigan bo'lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo'q. Bu shaharlar badiiy uydirma mahsuli, ularni yozuvchining o'zi o'ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy gap aytish, bir-bir amaldor kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o'zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-harakatlarini fosh qilish orqali kuladi. Roman uslubi juda ravon, sarguzashtlar nihoyatda qiziqarli tarzda bayon qilinadi. Ushbu roman barcha xalqlar kabi o'zbek kitobxonlarining ham sevimli asariga aylangan. «Gulliverning sayohatlari»ning o'zbek tilida olti marta nashr etilganligi ham buni isbotlaydi.
Asarning birinchi qismida yozuvchi lilliputlarning o`zini hammadan yuqori qo`yishlari ustidan kuladi. Ikkinchi qismda, devqomat odamlar davlatida, nuqtai nazar o`zgaradi.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa) Adib hayoti va ijodi yuzasidan o’rganilgan ma’lumotlar yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
5.Baholash.(3 daqiqa) Savol-javoblarda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
6.Uyga vazifa.(2 daqiqa) J.Svift hayoti va ijodini o’qib o’rganish.
O’TIBDO’: M.Murodova
|