|
Bugungi kunda mamlakatimizda tizimli va izchil ravishda olib borilayotgan ta’lim
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 29,56 Kb. | | #236424 |
Bugungi kunda mamlakatimizda tizimli va izchil ravishda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda, universitetlarimiz akademik va moliyaviy mustaqillikka erishdi, o‘zining maqsad va vazifalarini belgilab, zamon talablariga moslashish hamda bugungi kun va kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatiga egadir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning shu asnoda davom ettirilishi, ta’lim tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi sifatli ta’minlanishi mamlakatimizda ta’limning yuqori cho‘qqilarga chiqishiga va eng asosiysi yoshlarimiz xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘la oladigan yuqori malakali kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.Raqamlashtirish ta’lim va boshqaruv uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ma’lumotlar yig„ish va tahlil qilish, o‘zaro hamkorlik va muloqot qilishni osonlashtirdi. Raqamlashtirishning afzalliklari samaradorlikni oshirish, talabalar faolligini oshirish, shaxsga qaratilgan ta’lim va yangi o‘qitish usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish universitetlarni, o‘quv dasturlarini, professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni va resurslarni boshqarishni osonlashtiradi.Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, ularda zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali ishga joylashish ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish hamda turli vositalar orqali ma’lumotlarni yetkazish va tushuntirish usullarini qo‘llagan universitetlar nufuzi oshishi hamda ularda mazkur imkoniyatlar orqali qo‘shimcha foyda olishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi orqali boshqalarga nisabatan ustunlik shakllanadi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda talabalar oldingilarga qaraganda nihoyatda farq qiladi. Endilikda ularning zamonaviy talablari va ehtiyojlari mavjud bo‘lib, zamonaviy oliy ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchilar ularga munosib bo‘lishlari lozim.2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi.Ushbu jarayonlardan yaqqol ko'rinib turibdiki ta'lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada keng ko'lamli bo'lishini ko'rsatib beradi.Muayyan tarixiy taraqqiyot davrida sodir bo‘layotgan hodisalarning in‟ikosi tabiiy ravishda milliy yondashuvlarda o‘z aksini topadi. Bu esa uning ta’sirida fuqarolar o‘rtasida muayyan munosabatlarni qaror toptiradi. SHu sababli jamiyatda kechadigan shaxslararo munosabatlar o‘zining huquqiy yechimiga ega bo‘lishi zarur.
OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish hamda ko‘rsatiladigan ta’limiy xizmatdan foydalanish milliy qonunchilik asoslariga ko‘ra tartibga solinadi. Hozirda bu nafaqat bolaga bevosita jismoniy kuch va g‟ayrat bag‟ishlovchi muhitni, balki ta'lim sub'ektlarining sa'y-harakatlari bilan yaratilgan raqamli texnologiyalar tarmog'ini shakllantirishga doir bir-biriga bog'langan pedagogik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, raqamli muhit insonlar uchun nafaqat xavf-xatarlarlar tug'diruvchi jarayon, balki ularning yangi ko'rinishdagi turmush tarzi, faoliyati va munosabatlari majmuidir. Raqamli muhitning xavf-xatarlari, birinchi navbatda, maxfiylik, tarmoqdagi ma'lumotlarning xavfsizligi va foydalanishning noaniqligi, shuningdek, uning mavjudligi maqsadlarini belgilaydigan moliyalashtirish masalalari bilan bog'liq. Mahalliy ta„limning o'zgarishi ta'lim mazmuni va uning tizimini o'zgartira oladigan axborot muhitining ta'siri bilan bog'liq bo'lib, biroq bu hanuzgacha istiqboldagi ijtimoiy- pedagogik vazifalar kontekstida hisobga olinmagan. Bugungi kunda taʼlimdagi raqamli transformatsiyaning ustuvor yoʻnalishlari va maqsadlari har bir bolaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan ommaviy yagona taʼlimdan individual taʼlimga oʻtish sifatida belgilab qoʻyilgan. Masofadan ishlash, o'rganish va boshqa aloqalarning o'sishi, shuningdek, kelajak avlodlardan samarali hamkorlik va ijobiy munosabatlarga yordam beradigan ma'lum turdagi ijtimoiy va hissiy intellekt (EI)ga ega bo'lishni talab qiladi. Bu yangicha ko'nikma hisoblanib, biroq u hech qanday mavjud muloqot tarzi va o'zaro ta'sirni o'zgartirmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda yangi raqamli ta„lim muhitini yaratish yuzasidan bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ4851-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora- tadbirlar to'g'risida”gi Qarori asosida “Raqamli О'zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlari va u bilan bog'liq jarayonlar belgilab berildi. Mamlakatimizda 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nomlanishi bilan birga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual va moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilmfanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrda PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida” Farmoni qabul qilindi. Ta'limning raqamli transformatsiyasi – bu o'quv reja va dasturlar, ta'lim mazmuni, ta'lim metodi va shakllarini yangilash, shuningdek, jadal rivojlanayotgan raqamli muhitda har bir talaba erishgan natijalarni baholashni tubdan yaxshilash jarayonidir. Ta'limni raqamli transformatsiyasi ― “Raqamli yetuklikka" erishish jarayoni hisoblanib, uning natijasida ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini umumlashtiruvchi axborot tizimlari yig'indisidan iborat raqamli ta'lim muhiti shakllanadi. Ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish boshqa sohalarga nisbatan dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli ta'lim texnologiyalar ta'lim tizimining barcha bosqichlarida qо'llanilmoqda. Ushbu texnologiyadan foydalanish uchun avvalo uning imkoniyatlari bilan bog'liq bilim, kо'nikma va malakalar bо'lishi lozim. Ana hundagina raqamli ta'lim texnologiyasidan kutilgan samaraga erishiladi. Oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish kо'p sonli elektron darslik va elektron o'quv qo'llanmalarni ta'lim jarayonida qо'llash va u orqali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, masofaviy ta'limni yо'lga qо'yish, bosqaruv faoliyatini masofaviy tashkil etish, talabalar fikrmulohazalarini doimiy bilib borish, avtomatlashgan nazorat sinovlarini tashkil etish, elektron о'quv manbalarini о'zida mujassam etgan katta ilmiy bazalarni shakllantirish, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarini joriy qilish, kompyuter fanlarida kompyuter texnikasi va kо'p sonli dasrturlardan samarali foydalanishda namoyon bо'ladi. Raqamli texnologiya о'qitish jarayonidagi о'zgarishlarni amalga oshiradigan yagona katalizator hisoblanadi. Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari va kontseptual tushunishni rivojlantirish uchun taqdim etilgan va kо'p hollarda talabalarning ijodkorligi, tasavvurlari va muammolarni hal qilish kо'nikmalarini yaxshilovchi innovatsion pedagogik modellarni nazarda tutadi.
Oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis–texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish;
Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
Ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish;
Milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma–bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR–kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
Oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv–malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy–texnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy–texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;
Oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga qo‘yish asosida uning milliy tizimini yaratish.
Hozirgi kunda informatika va matematika darslarida kompyuterdan foydalanish yaxshi samara bermoqda. Maktab davridan kompyuterdan unumli faydalana olish, ko'p jihatdan hozirgi o'quvchilarning kelajakdagi kasbiy tayyorgarligi muvaffaqiyatini belgilaydi. Kompyuter, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi elektron vositachiga aylanadi. Demak, matematika o`qituvchisi oldida yangi muammolar paydo bo`ladi, u yangi texnikalarni o`zlashtirishi va zamonaviy axborot o`quv muhitidan foydalanish asosida yangi o`qitish usullarini ishlab chiqqish kerak bo’ladi. Darsda axborot texnologiyalaridan foydalanish qiyin va mas'uliyatli masaladir, chunki u darsni o'tkazishning mavjud texnologiyasiga bogliq va darsda o'quv vaqtidan samarali foydalanishi kompyuter uskunalari va dasturiy ta'minoti bilan bog'liq.
Raqamli ta'lim resurslari sifatida raqamli fotosuratlar, videokliplar, statik va dinamik modellar, virtual haqiqat va interaktiv modellashtirish ob'ektlari, ovozli yozuvlar, ramziy ob'ektlar va biznes grafikalar, matnli hujjatlar va boshqa o'quv materiallari o'quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo'ladi. Informatika va Matematikani o'qitish jarayonida raqamli ta'lim resurslaridan turli shakllarda foydalanish mumkin: taqdimotlar; tayyor o'quv va ko'rgazmali dasturlar; loyiha faoliyati; tadqiqot faoliyati; darsdan tashqari mashg'ulotlar.
Darsda kompyuterdan mohirona foydalanish orqali o‘qituvchi katta hajmli ma’lumotlarni qiziqarli va ko‘rgazmali tarzda taqdim eta oladi. Kompyuterdan foydalangan holda darslarda o`quvchilarning kayfiyati ko`tariladi, fanga qiziqishi ortadi, diqqati jamlanadi. Raqamli tarkibli darslarni o'qitishda o'qituvchi ko'plab qo'shimcha materiallarni qamrab olishi mumkin. Talabalarning o'zlari informatika darslarida taqdimotlarni ishlab chiqishda ishtirok etishadi va o’rganishadi hamda matematika darslariga tayorgarlikda undan foydalanish uchun o'qituvchisiga murojaat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ular o'zlarining dizayni uchun estetik didni rivojlantiradilar. Ushbu yondashuv o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi muloqot uchun foydalidir, bu esa, talabalar o'rtasida juftlik, gruppa bo’libishlashda, xususan, jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun foydalidir.
Shunday qilib, darsda raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish ijobiy tomonlarini qayd etish imkonini beradi:
talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
fanga qiziqishni kuchaytirish
dastur materialining yuqori sifatli o'zlashtirilishini ta'minlash.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar dunyodagi universitetlar va boshqa o'quv muassasalarini rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etadi. Raqamlilashtirish odamlarga ko'proq ma'lumot olishga va kundalik hayotlarida ko'proq qaror qabul qilishga imkon beradigan to'plangan tajriba va bilimlarni almashish uchun imkoniyat yaratadi.
Qiziqarli raqamli yangiliklar orasida, onlayn ta'limning tez moslashishini ta'kidlash kerak, bu aralashgan ta'limni rivojlantirish va MOOC (Massive on-line ochiq kursi) onlayn kurslarining faol rivojlanishi shaklida namoyon bo'ladi. Onlayn ta'limning rivojlanish dinamikasi, xususan, mavjud onlayn kurslarning o'sishi bilan yaqqol namoyon bo'lmoqda, ularning soni har yili ikki baravar ortdi. Endi 500 dan ortiq universitetlardan 4200 dan ortiq kurslar taklif etiladi.
Ta'lim xizmatlarining o'sib borayotgan onlayn segmentining paydo bo'lishi ushbu sohaning manzarasini tubdan o'zgartirishi mumkin: taklif etilayotgan kurslar soni va talabalar sonining har yili ikki baravar ko'payishiga qo'shimcha ravishda, ba'zi taxminlarga ko'ra, MOOC bozorining taxmin qilingan jamlanma daromadi 2020 yilga kelib besh baravarga oshdi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llashning qo'shimcha yo'nalishlari Amerika, Evropa va Rossiyadagi ko'plab universitetlar tomonidan amalga oshirilayotgan raqamli kutubxonalar va raqamli universitetlar shaharchalarini rivojlantirishdir.
Raqamlilashtirish tufayli, bugungi kunda har bir kishi ilgari faqat mutaxassislar va olimlar tomonidan mavjud bo'lgan ma'lumotlarga kirishlari mumkin. Ta'lim va fan dunyosi global bo'lib qoldi, endi akademik harakatchanlik dasturlari doirasida chet el universitetlariga bormagan talaba, o'qituvchi yoki olimni topish deyarli imkonsiz. Misli ko'rilmagan o'zgarishlar jarayonida ko'plab universitetlar o'zlarining noyob fazilatlari va raqobatdosh ustunliklarini saqlab, global ilmiy va ta'lim xaritasida o'z o'rnini topishga harakat qilmoqdalar.
|
| |