Rejalashtirish jarayonida tashqi va ichki muhit omillarining mohiyati




Download 351.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana15.04.2024
Hajmi351.4 Kb.
#195990
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva Fotima Ibragimovna
1 bob 2 bob, YOSH FIZIOLOGIYASI 2019(1), Импульсные схемы на операционных усилителях, Strelkali o\'tkazgichlar, Bayonnoma, Ryodan (1), 3-mavzu, murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi, portal.guldu (4).uz-ҳ, 1-t, Mustaqil ish Mirzaqulov Nazarbek, 9 olim javoblari, 2 nazorat ishi, amaliy tayyor, Laziz Norboyevkursishi



REJALASHTIRISH JARAYONIDA TASHQI VA ICHKI MUHIT 
OMILLARINING MOHIYATI 
 
Ergasheva Fotima Ibragimovna 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
“Iqtisodiyot” kafedrasi katta 
o’qituvchisi, PhD 
 
Annotatsiya: 
Maqolada korxonalarda rejalashtirish jarayoniga ta’sir 
etuvchi tashqi va ichki muhit omillari, ularning mazmuni yoritib o’tilgan. 
Shuningdek, rejalashtirish jarayonidagi ayrim muammolar ko’rsatib o’tilgan 
hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Kali
t so’zlar: tashqi muhit omillari, ichki muhit omillari, ishchi kuchi bozori, 
tashkilotning kuchli va zaif tomonlari
ni o’rganish, tashkiliy madaniyat tahlili 
 
Kirish 
Avvallari ko’plab tadbirkorlik korxona va firmalari ichki faoliyatlarida 
resurslardan samarali foydalanishga e’tiborli bo’lib muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatib kelganlar. Hozirda esa, joriy faoliyatida mavjud salohiyatdan samarali 
foydalanish masalasi o’zgarmagan, balki tashqi muhit o’zgarishiga shu 
salohiyatdan oqilona foydalanib moslashish lozim bo’lishi muhim vazifa 
bo’lmoqda. Tadbirkorlikda tashqi muhitdagi o’zgarishlarni tezlashishi, yangi 
talabni paydo bo’lishi va iste’molchilarning vaziyatini o’zgarishi, ilm va 
texnikaning taraqqiyoti natijasida biznes uchun kutilmagan yangi imkoniyatlarni 
ochilishi, resurslar uchun raqobatni kuchayishi, chaqmoq tezligida axborotlarni 
olish va tarqalish imkoniyatini kengayib borishi, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanishga keng imkoniyatni mavjudligi, i
nson resurslarini rolini o’zgarib 
borishi va boshqa shu kabi sabablar sohada boshqaruv strategiyasini 
ahamiyatini oshirib yubordi.
Sh
uningdek, o’zgaruvchan sharoitda korxonalar boshqaruvidagi bir qator 
omillar: 
-
korxona ichki va tashqi muhitidagi o’zgarishlar oqibatida vazifalarning 
sonini muttasil oshib borishi, ularning ko’pchiligini tubdan yangi bo’lib, mavjud 
orttirilgan tajriba asosida hal etib bo’lmasligi; 

vazifalarning ko’pligi milliy iqtisodiyotlar faoliyatining geografik ko’lamini 
kengaytirish 
bilan 
birga 
boshqaruv 
muammolarining 
yanada 
murakkablashuviga olib kelishi; 

boshqaruv ko’nikma va malakalari yuzaga kelgan muammolarni hal 
qilish shartlariga kamroq mos kelib, yuqori boshqaruv bo’g’inining roli ortib 
borishi; 



- tashqi muhitning beqarorligi kuchayishi oqibatida keskin strategik 
o’zgarishlar ehtimolliligini oldindan bashorat qilib bo’lmasligini oshishi 
boshqaruvda oqilona rejalashtirish dolzarbligi ko’rsatadi. 

Download 351.4 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 351.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rejalashtirish jarayonida tashqi va ichki muhit omillarining mohiyati

Download 351.4 Kb.
Pdf ko'rish