BAXTSIZ HODISALARNI MAXSUS TEKSHIRISH




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi159.4 Kb.
#42264
1   2   3   4   5
Bog'liq
33-ma\'ruza.
31-ma\'ruza. (1), маданиятшунослик рр учун, бозор
BAXTSIZ HODISALARNI MAXSUS TEKSHIRISH
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: 
bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ta’lim oluvchilar bilan yuz bergan 
guruhiy baxtsiz hodisalar; 
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; 
oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar. 
Baxtsiz hodisa natijasida ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan 
zararning og‘irlik darajasi to‘g‘risidagi xulosa davolash-profilaktika muassasasi 
tomonidan beriladi. 
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ta’lim 
muassasasi rahbari darhol quyidagilarga xabar berishi lozim: 
ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga; 
tuman (shahar) hokimligiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi ichki ishlar bo‘limiga; 
tarmoq kasaba uyushmasi kengashiga; 
jabrlanuvchining qonuniy vakillariga.


Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar ta’lim 
muassasalarining bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari 
va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi 
bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlarining buyruqlariga 
asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshiriladi. 
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, hududiy o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshliqlari o‘rinbosari hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh 
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosari raislik 
qiladi va uning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmasi, ta’lim muassasasining mehnatni 
muhofaza qilish va ota-onalar qo‘mitasi vakillari kiritiladi. 
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganda 
maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan 
dalolatnoma mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish 
dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi va ta’lim muassasasi rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Ikki va undan ortiq ta’lim oluvchining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni 
maxsus tekshirish ta’lim muassasalari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishlicha O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi yoki Xalq ta’limi vazirligi 
buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan olib boriladi. 
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori o‘rinbosari, Xalq 
ta’limi vaziri o‘rinbosari raislik qiladilar hamda uning tarkibiga hududiy o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi 
vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 


Kengashining tarmoq kasaba uyushmasi raisi hamda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan 
ta’lim muassasasi rahbari va mehnatni muhofaza qilish ishlariga mas’ul xodim hamda 
ota-onalar qo‘mitasi vakillari kiritiladi. 
Maxsus tekshirish komissiyasi o‘n kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib 
chiqadi, mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasini 
tuzadi. 
Maxsus tekshirish komissiyasi a’zolari jabrlanuvchi va ularning qonuniy 
vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Maxsus tekshirish komissiyasi a’zosi maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan 
xulosalaridan norozi bo‘lsa, shuningdek ular zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z 
fikrini yozma ravishda bayon qilishi mumkin. 
Maxsus tekshirish komissiyasi talablariga ko‘ra baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan 
ta’lim muassasasi rahbariyati: 
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert 
guruhi tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi; 
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa 
ishlarni tashkil etishi; 
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni 
taqdim etishi; 
maxsus tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari bilan ta’minlashi; 
maxsus tekshirish komissiyasi a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan 
alohida xona ajratib berishi
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish bilan 
bog‘liq texnik vositalari bilan ta’minlashi shart. 
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va taklif 
qilingan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa ishlar, shuningdek 
transport va aloqa vositalarining xarajatlari baxtsiz hodisa yuz bergan ta’lim 
muassasasi hisobidan amalga oshiriladi. 


Maxsus tekshirish komissiyasi a’zolari maxsus tekshirish davomida ta’lim 
muassasasi rahbaridan, uning o‘rinbosarlaridan, guvohlar va boshqa aloqador 
shaxslardan yozma, og‘zaki va audio (video) tasvirlarda tushuntirishlar olishga haqli. 
Ekspert guruhi maxsus tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq 
tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi bo‘lgan 
materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi. 
Maxsus tekshirish hujjatlariga quyidagilar kiradi: 
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan mazkur Nizomning 1-ilovasida 
keltirilgan shakldagi dalolatnoma;
mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi maxsus tekshirish 
dalolatnomasi; 
rejalar, sxemalar, hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, baxtsiz hodisa 
yuz bergan joyning chizmasi, fotosuratlari; 
tushuntirish xatlari; 
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari 
to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; 
ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi 
xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning 
natijalari; 
maxsus tekshirish komissiyasini tuzish haqidagi buyruq va boshqa hujjatlardan 
ko‘chirmalar. 
Maxsus tekshirish tugagandan so‘ng besh kun muddatda maxsus tekshirish 
komissiyasi tekshirish hujjatlarini: 
baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joydagi ichki ishlar bo‘limiga; 
ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tarmoq kasaba 
uyushmasiga taqdim etadi.
Baxtsiz hodisa yuz bergan ta’lim muassasasi maxsus tekshirish hujjatlarini 
zudlik bilan ko‘rib chiqib, baxtsiz hodisa kelib chiqish sabablarini bartaraf etish 
to‘g‘risida maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarishi shart. 


Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz 
bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 
1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” 
_______________________________________________ 
_______________________________________________ 
(ta’lim muassasasi rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi)
_______________ 
_________________ 
(imzo)
(sana)

Download 159.4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish