O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA YUZ BERGAN BAXTSIZ




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi159.4 Kb.
#42264
1   2   3   4   5
Bog'liq
33-ma\'ruza.
31-ma\'ruza. (1), маданиятшунослик рр учун, бозор
O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA YUZ BERGAN BAXTSIZ 
HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISHNING UMUMIY 
QOIDALARI
Ta’lim oluvchi bilan yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa jabrlanuvchi yoki 
uning yonida bo‘lgan guvohlar tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyatiga darhol 
xabar berilishi kerak, u esa o‘z navbatida: 
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilishini va uni tibbiy-
davolash qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi; 
tekshirish komissiyasi ish boshlaguniga qadar hodisa joyidagi vaziyatni va 
jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa, shundayligicha (agar bu 
atrofdagilar hayoti hamda salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib 
kelmasa) saqlab qolishi
yuz bergan baxtsiz hodisa bo‘yicha darhol yuqori turuvchi organiga xabar 
berishi shart. 
Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilar bilan yuz 
bergan oqibati og‘ir bo‘lmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish uchun ta’lim muassasasi 
rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari raisligida, ta’lim 
muassasasi kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari ishtirokida komissiya 
tuziladi. 
Mazkur baxtsiz hodisaning kelib chiqishida bevosita javob beruvchi ta’lim 
muassasasining tegishli xodimlari komissiya tarkibiga kiritilmaydi. 
Baxtsiz hodisani tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya quyidagilarni: 
uch kun ichida baxtsiz hodisaning ro‘y berish sabablarini tekshirishi, guvohlar 
va baxtsiz hodisani kelib chiqishiga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslardan hamda 
imkoni bo‘lsa jabrlanuvchilardan tushuntirish xatlari olishi; 
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf 
etish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, 
tasdiqlash uchun ta’lim muassasasi rahbariga berishi lozim. 
Ta’lim muassasasi rahbari tekshirish tugaganidan so‘ng uch kundan 
kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga davlat tilida yoki boshqa 


maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi dalolatnomani berishi 
kerak. 
Ta’lim muassasasi rahbari baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni 
bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch kun 
davomida tasdiqlangan dalolatnomani jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga, 
ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga yuboradi va tekshirish materiallari 
bilan birga bir nusxasi ta’lim muassasasining o‘zida qoldiriladi. 
Baxtsiz hodisalar ta’lim muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida 
keltirilgan Ta’lim oluvchilar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish 
jurnalida hisobga olinadi. 
Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakillari dalolatnomada voqeaning biror bir 
muhim tafsiloti tushirib qoldirilganligini, voqealar buzib ko‘rsatilganligini aniqlaganda 
yoki boshqa noroziliklar yuzasidan ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga 
ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Download 159.4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA YUZ BERGAN BAXTSIZ

Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish