Tarbiya fani I-XI sinflar




Download 494.5 Kb.
bet1/26
Sana18.04.2024
Hajmi494.5 Kb.
#200535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1-11 sinf. TARBIYA DASTURI
Disayn komp. classov, 6 mavzu Amir Temur va temuriylar davri va o‘rta asrlar falsafasi, ФОРМА ЗАЯВКИ НА ПРОЕЗДНОЙ ГРАНТ, БЕХАТО1, Algoritmlarni loyihalash javob, Mamasoliyeva Muqaddam Abdumannob qizi, 3-amaliy ish Galstuk-babochka (3), 19839qw, 19839, Ratsional va irratsional sonlar, haqiqiy sonlar, sonning absalyu (1), suniy, 3-LABARATORIYA ISHI BAHROMJON, Ijtimoiy muhandislik nima-fayllar.org, 35, Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNINGO‘QUV DASTURI


TARBIYA FANI


I-XI SINFLAR



Toshkent-2021


TUSHUNTIRISH XATI
Tarbiya fani dasturi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish orqali mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqod, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik kabi fazilatlarni tarbiyalashni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi iyuldagi 422-sonli qarori asosida o‘qitiladi.
“Tarbiya” fanini umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitishdan maqsad yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangilanayotgan O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni yuksak axloq va madaniyatni o‘zida mujassam etgan raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdan iborat.
“Tarbiya” fanining vazifalari:
O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilarni odobli, axloqli, vijdonli va mehr-shafqatli qilib voyaga yetishishlariga erishish;
bolani maqsad qo‘ya olish va unga intilishga undash;
xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarga rioya qilib kamol toptirish;
milliy g‘urur va iftixor, e’tiqod hislarini ularda shakllantirish;
moddiy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirishdan iborat.
“Tarbiya” fani I sinfda 33 soat, II-IX sinflarda 34 soatdan o‘qitiladi.
I-IX sinf "Tarbiya" fani dasturining mazmuni barcha o‘quv fanlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Dasturda berilgan har bir mavzuni chuqur o‘rganish uchun o‘qituvchi amaliy va ijodiy ishlarni tashkil etishga e’tiborni qaratishi lozim.
Mavzular xarakteriga ko‘ra, ijodiy hikoyalar tuzib, bolalarni undagi qahramonlar odobiga munosabat bildirishga o‘rgatish lozim. Shuningdek, mediamahsulotli vositalar hamda muammoli masalalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5-9-sinflarda Nazorat ishlari amaliy mashg‘ulotlar va takrorlash, yakuniy dars uchun ajratilgan soatlar hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Mazkur o‘quv dasturiga pedagoglar tomonidan imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqqan holda 15 foizgacha o‘zgartirishlar kiritish mumkin.

Download 494.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 494.5 Kb.