Pedagogik texnologiyaning asosiy yoʻnalishlari.
Pedagogik texnologiyaning yoʻnalishlari koʻp boʻlib, ulardan ayrimlari
quyidagilar:
Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari
asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng koʻp qoʻllanayotgan sinf-
dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli
yoʻnalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yoʻnalishlarda
rivojlanmoqda.
Oʻquv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab
chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar oʻrgatilayotgan
bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega boʻlishi, bilimlarga tizimli nuqtai
nazardan yondashish, oʻquvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq
yoʻllarini oʻrgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.
Oʻquv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga asoslangan
pedagogik
texnologiyalar.
Bu
texnologiyalarga
tabaqalashtirilgan,
individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa
usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga
muvofiqlashtirilgan
pedagogik
texnologiyalar.
Bularga
oʻquvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy
imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan toʻliq foydalanishni
amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (Oʻquv fanlari) pedagogik texnologiyalari,
alternative hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yoʻnalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yoʻnalishlari ham
mavjud boʻlib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion,
integrativ, adapedagogik texnologiyaiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan
iborat. Bu yoʻnalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik – (tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy
e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim
berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv – (bilishga oid) atrofdagi olam toʻg‘risidagi bilimlar doirasini
kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib oʻrganish)
tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik – (haqiqatni topish) yoʻnaltiriuvchi savollar berish yoʻli bilan ta’lim
berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, oʻquv-izlanish
ta’lim metodi. Opedagogik texnologiyaimallashgan (koʻp variantlardan eng
ma’qulini, mosini, muvofig‘ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ – (ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega boʻlib,
oʻquvchilarda
maqsadga
yoʻnaltirilgan
ijodiy
tafakkurni
jadal
rivojlantiradi.
Inverison – (almashtirish) axborotlarni turli tomondan oʻrganish, oʻrnini
almashtirish
xususiyatiga
ega
boʻlib,
tafakkur
(fikrlash)
tizimini
shakllantiradi.
Integrativ-(yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz koʻp kichik
qismlarning oʻzaro ajralmas bog‘liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida
yagona toʻg‘ri xulosani aniqlash.
|