A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti




Download 392,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.11.2023
Hajmi392,56 Kb.
#105335
1   2   3   4   5
Adapedagogik texnologiyaiv-(moslashtirish) axborotlarni va ulardan 
foydalanish jarayonini oʻrganish hamda oʻrgatish uchun qulaylashtirish, 
moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv – (tenglik) oʻqituvchi bilan oʻquvchining oʻzaro munosabatlarida 
tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati 
cheklangan oʻquvchilarning sog‘lom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqishini tashkil 
qilish pedagogic texnologiyasi. Pedagogik texnologiyaning asosiy yoʻnalishlari 
hozirgi an’anaviy ta’limni turli yoʻnalishlarda takomillashtirish maqsadlarida 
yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan oʻqituvchilari tomonidan har bir 
oʻquv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining 
nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogic texnologiyalarning empirik
kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adapedagogik texnologiyaiv, 
inklyuziv va boshqa yoʻnalishlarini toʻg‘ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega. 
Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya — ta’lim jarayonining 
samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida 
o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatini uyg‘un ravishda 
tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samaraii o‘qitish metodlari, 
vositalari va shakllarini qo‘llash, ulaming o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon 
beradigan tizimlar majmuasidir. 
Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: 
1. Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonu-niyatlari
konseptual asoslari, o‘qituvchi va o‘quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. 
2. Xususiy metodik darajada muayyan bir o‘quv fani, kursni o‘qitish 
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini 
o‘quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o‘qitish metodlari, vositalari va 
shakllarining majmuasi tushuniladi. 
3. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida 
mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan 
texnologiya tushuniladi. 
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini 
to‘ldiradi va taqozo etadi.
Biz pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va 
mazmuniga ko‘ra ikki guruhga ajratdik: 
1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o‘zgartirishda 
qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. 
2. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. 


Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o‘zgar-tirishda 
qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga: 
– 
ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
texnologiyasi; 
– shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar; 
– 
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari; 
– 
ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish kiradi. 
Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: 
– didaktik o‘yin texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, modulli 
ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi 
va an’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi. 

Download 392,56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 392,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti

Download 392,56 Kb.
Pdf ko'rish