• Ona tili fanidan “So’z birikmasi”mavzusida Yozgan bir soatlik ochiq dars bayonnomasi Dars mavzusi
  • Dars turi
  • Asosiy tushuncha va atamalar :Sintaksis va so’z birikmasi Darsning rejasi
  • Uyga vazifa 59-mashq
  • Mavzu: So`roq olmoshlari 1.Darsning maqsadi
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi




    Download 2,37 Mb.
    bet1/5
    Sana10.04.2017
    Hajmi2,37 Mb.
    #3734
      1   2   3   4   5

    O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

    Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi

    1-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan

    Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining

    I-toifali Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

    Matqubonova Matluba Rozzoqovnaning

    Ona tili fanidan “So’z birikmasi”mavzusida

    Yozgan bir soatlik ochiq dars bayonnomasi

    Dars mavzusi:So’z birikmasi

    Darsning maqsadi:-so’z birikmasini hosil bo’lishi va Grammatik ma’nolari haqida tushuncha hosil qilish;

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.

    -o’quvchilar o’rtasida do’stlik, hamkorlik tuyg’ularini shakllantirish;

    -ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish;

    -o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish;



    Dars turi: noan’anaviy

    Darsning jihozi:

    -darslik va tarqatma materiallar,rangli rasmlar(oqkabutar,akpalak,asalari),kompyuter,proyektor,slaydlar,plakatlar,A4 formatli qog’oz,markerlar,kuzgi mevalar(olma,)



    Dars uslubi: savol- javob,yakka tartibda ishash,kichik guruhlarda ishlash.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.



    Asosiy tushuncha va atamalar:Sintaksis va so’z birikmasi

    Darsning rejasi:

    1.Tashkiliy qism

    2.Mustaqil ish

    3.Yangi mavzu

    4.Darsni mustahkamlash

    5.Dars yakuni va uyga topshiriq



    Darsning borishi:

    O’qituvchi sinfga kirib bolalar bilan salomlashadi,davomatni aniqlaydi,sinf ozodaligi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.Stol ustidagi kuzgi mevalar rasmi tushirilgan rangli rasmlar yordamida o’quvchilarni uchta guruhga ajratadi.Kuz fasli bo’lganligi uchun olma,behi va nok rasmi tushurilgan rasmlar stol ustiga qo’yiladi, o’quvchilar esa shu rasmlardan bittasini tanlab shu meva qo’yilgan guruh a’zolari uchun qo’yilgan stolga borib o’tiradilar.O’quvchilar guruhlarga ajratilgach,o’tilgan mavzu va uy vazifasi so’raladi.



    O’tilgan mavzu:Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.Uy vazifasi esa 55-mashq

    O’tilgan mavzu tarqatmalar asosida so’rab olinib umumlashtiriladi.

    Tarqatmalarda quyidagi savollar bo’ladi:

    1.Sintaksis haqida nimalarni tushunasiz va u qaysi tildan olingan?

    2.Til birliklari deganda nimani tushunasiz?

    3.Til birliklariga nimalar kiradi?Sanab bering.

    4.So’z birikmalari va gaplar qanday hosil bo’ladi?

    5.So’z birikmalari va gaplar qanday farqlanadi?

    6.Sintaksis qanday bo’limlardan iborat?

    7.Puntuatsiya deganda nimani tushunasiz?

    8.O’zbek tilida nechta tinish belgisi bor?Nomma-nom sanab bering.

    9.Til o’z imkoniyatlarini nimada namoyon qiladi?

    Shundan keyin o’quvchilarga mustaqil ish beriladi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    Bunda o’quvchilar o’z daftariga sanani yozib undan keyin kuz fasliga oid ikkitadan so’z birikmasi yozishadi va ular nimalar vositasida bog’langanligini aniqlashadi.Masalan: oltin kuz-ohang va so’z tartibi yordamida bog’langan.O’quvchilar mustaqil ishlarni bajargunlarigacha uyga berilgan topshiriq o’qituvchi tomonidan tekchirib chiqiladi.Mustaqil ish tugagach har bir o’quvchi o’zining tuzgan so’z birikmasini o’qib izohlaydi va o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda mustaqil ishlarni umumlashtiradi.O’qituvchi sinf tahtasiga yangi mavzu yozadi.

    Yangi mavzu: So’z birikmasi(hosil bo’lishi va grammatik ma’nolari)

    O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda texnik vositalardan foydalanadi va slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntirib beradi:Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’z Grammatik va ma’no jihatdan birikib,so’z birikmasini hosil qiladi.So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi.Tobe so’z hokim so’zni aniqlab to’dirib,izohlab keladi.So’z turkumlarining barchasi hokim so’z vazifasida kela oladi.So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodaalnishiga qarab uch guruhga bo’linadi:

    1.Otli birikma

    2.Fe’lli birikma

    3.Ravishli birikma



    Tobe so’zning gapda qaysi bo’lak o’rnida kelishiga qarab esa so’z birikmasi quyidagi turlarga bo’linadi:

    1.Aniqlovchi birikma: bunda tobe so’z aniqlovchi vazifasida keladi.Masalan, qiziqarli hikoya,mening kitobim,aqlli bola.

    2.To’ldiruvchibirikma: bunda tobe so’z to’ldiruvchi vazifasida keladi.Masalan: ukamga berdim,mashina bilan terildi,menda ko’p.

    3.Holli birikma: bunda tobe so’z hol vazifasida keladi.Masalan:sekin gapirmoq,diqqat bilan eshitmoq.

    O’qituvchi mavzu haqida ma’lumot berib bo’lgach mavzuni mustahkamlash uchun har bir guruhga kuz fasliga bag’ishlangan she’rlardan bir banddan taqdim qiladi.Shart esa shunday: she’r bandini tahlil qilib so’z birikmalarini aniqlaniladi va so’z birikmalarining hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra turini hokim so’zning qaysi gap bo’lagi o’rnida kelishiga ko’ra turlarini aniqlab sinf taxtasidagi oldindan tayyorlangan otli birikma,fe’lli birikma,ravishli birikma deb yozilgan qog’ozlarga yozib joylashtiradilar.Guruh a’zolarining ishlarini o’qituvchi baholashda “uch” baho uchun asalari rasmi,”to’rt” baho uchun kapalak rasmi,”besh” baho uchun oq kabutar rasmi tushirilgan tarqatmalardan foydalanadi.Qaysi guruhda eng ko’p oq kabutar to’plangan bo’lsa,o’sha guruh g’olib guruh sanaladi.



    Topshiriq bajarilgach o’quvchilar bilan birgalikda mavzuga doir mashqlar bajariladi.



    57-mashq.

    Matnni o’qing.Ajratilgan tobe so’z qaysi hokim so’zni kengaytirib so’z birikmasi hosil qilishini aniqlang.So’z birikmalarini ajratib ko’chiring.Ularning turlarini ayting.Ajratib ko’chirilgan so’z birikmalaridagi tobe so’zning o’rni haqida xulosa chiqaring.

    Namuna: qiyinchilik bilan ulg’ayibdilar-fe’lli birikma,tobe so’z hol o’rnida kelayotgani uchun holli birikma turiga mansub.

    58-mashq

    Gaplar(maqollar)tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlab otli so’z birikmasi va fe’lli so’z birikmasiga ajratib yozing.

    Namuna:vatanni sevmoq-fe’lli birikma

    Mashqlar bajarilgach mavzuni umumlashtirib,o’quvchilarning aqlini charxlash maqsadida har bir guruhning nomiga mos ravishda mevalar tasviri tushirilgan krassvord tarqatiladi.O’quvchilar esa ikki daqiqada ona tiliga doir atamalarni krassvordga yozib javoblarini izohlashlari kerak bo’ladi.Baholash mezonida esa yana asalari,kapalak,oq kabutardan foydalaniladi.Guruhlar o’z ishlarining taqdimotini o’tkazishgach,bugungi darsning g’olib o’quvchisi,g’olib guruhi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.O’quvchilar rag’batlantirilib baholar e’lon qilingach uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.



    Uyga vazifa

    59-mashq

    Gapdagi so’z birikmalarini aniqlovchili,to’ldiruvchili va holli birkmalar kabi guruhlarga ajratib ko’chiring.

    Namuna: baland binolar -aniqlovchili birikma

    Bu darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish,tezkorlikka o’rgatish,o’quvchilarning ruhiyatidan kelib chiqqan holda ona vatanni,ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish.



    Mavzu: So`roq olmoshlari

    1.Darsning maqsadi:

    Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga yangi mavzu haqida ma`lumot berish, mavzu bo`yicha o`quvchilarda bilim,

    ko`nikma hosil qilish va rivojlantirish;

    -o`quvchilarning so`roq olmoshlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash;

    Tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarda insoniy fazilatlarni :olijanoblik,oilaga vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini shakllantirish;

    -o`quvchilar o`rtasida o`zaro do`stona munosabat tuyg`ularini mustahkamlash;

    -Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning muomala madaniyatini o`stirish;

    -o`quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga va ravon so`zlashga o`rgatish, nutqiy madaniyatini rivojlantirish;

    Dars jihozi: darslik, slaydlar,rasmlar,so`roq olmoshlari

    Yozilgan jadval.

    Dars uslubi: interfaol- bumerang, charxpalak.

    Kutiladigan natijalar: so`roq olmoshlarini o`rganish orqali nutqni to`g`ri va ravon bayon qilishni shakllantirish, nutqiy madaniyatni oshirish.

    Darsning blok chizmasi :



    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    1

    2

    Guruhlarga bo`lish

    1

    3

    O`qituvchining kirish so`zi

    3

    4

    Guruhlarda ishlash

    20

    5

    Guruh ishlarining yakunlari

    15

    6

    Darsni yakunlash

    3

    7

    Uyga topshiriq

    2

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism. O`zbek tili haqida kichik suhbat.

    Suhbatda o`qituvchi quyidagi savollardan foydalanadi:


    1. O`zbek tili qaysi til oilasiga mansub?

    2. Hozirgi o`zbek adabiy tili nechanchi asrdan boshlab qo`llanilgan?

    3. O`zbek tiliga qachon Davlat tili maqomi berilgan?

    Til haqida maqol va she`rlar o`quvchilar tomonidan aytiladi.

    Uyga berilgan topshiriq nazorat qilingach, o`tilgan

    mavzu savol- javob asosida mustahkamlanadi.

    Yangi mavzuni boshlashdan oldin quyidagi savollar doirasida aqliy hujum o`tkaziladi:

    Voqea- hodisa ,belgi-xususiyat, ish- harakat, miqdor bildiruvchi so`zlar noma`lum bo`lganda nutqda ularni nimalar vositasida ifodalash mumkin?

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    O`quvchilar so`roq so`zlarni yozib, o`z fikrlarini bildiradilar.

    So`ngra 4 guruhga bo`lingan o`quvchilarga

    4 xil matn beriladi. 1-guruhga tarix faniga oid

    matn , 2- guruhga badiiy matn, 3-guruhga geografiyaga oid matn, 4- guruhga matematik

    masala beriladi.

    Guruh a`zolari matnlarni o`qib bo`lishgach,ularga

    1,2,3,4 raqamlari tarqatilib,yangi guruh hosil qilinadi.Yangi guruhda o`quvchilar bir- birlariga o`zlari o qigan matnning mazmunini so`zlab beradilar.

    Ma`lumotlar qabul qilingach ,o`quvchilar eski

    guruhlarga qaytishadi. O`zlashtirilgan matnlar asosida savollar tuzing . Ko`p va mazmunli savollar tuzgan guruh g`olib sanaladi. O`quvchilar quyidagicha savollar tuzishadi:

    Namuna: 1.Kim misrlik yaratgan kalendarga tuzatish kiritgan ?

    2.Oygul qanday qiz edi?

    3.Aholi joylashida juda katta hudidiy farqlar mavjud qaysi davlatlarni bilasiz ?

    4. 3sonini nechaga ko`paytirsak , masalaning javobi oydinlashadi?

    Guruhlar o`zaro bir –birlarining savollarini almashtirishadi. So`roq olmoshlarining o`rniga javob so`zlarini qo`yib ,mashq daftariga ko`cherish topshiriladi.

    фвO`qituvchi shunday savol beradi: - Siz so`roq gaplar tuzganingizda savol ma`nosini qaysi so`zlar bilan ifodaladingiz ?

    Javob : Kim? Qanday? Qaysi? Necha? va hokazo .

    Savol : Bu so`zlarning ma`nosini nimada oydinlashadi ?

    Javob : Matnda oydinlashadi.

    O`qtuvchi: Siz savollar tuzishda foydalanilgan yuqoridagi so`zlar olmoshlarning bir turi bo`lib , ular so`roq olmoshlari deb yuritiladi. Siz nutqingizda bu so`zlardan juda ko`p foydalanasiz.So`roq olmoshlari shahs , narsa, voqea-hodisa, miqdor ,harakat, holat haqidagi so`roqni ifodalaydi. So`roq olmoshlaridan keyin so`roq belgisi qo`yiladi. Darslikda berilgan qoidaga o`quvchilar diqqati jalb qilinadi. So`roq olmoshi haqidagi qoida tahlil qilinib umumlashtiriladi, fikrlar bildiriladi.Yozma va

    og`zaki nutqni o`stirish maqsadida darslikdagi mashqlar bajariladi.Navbatdagi topshiriqda o`quvchilarga jadval chizilgan qog’ozlar tarqatiladi



    So’roq turlari

    Qayer?

    Qanday?

    Kim

    Nima

    uchun?


    Nima

    qildi?


    Nima?

    Qancha

    Shaxs so’roqlari





















    Narsa-hodisa so’roqlari




















    Belgi-xususiyat so’roqlari




















    Miqdor so’roqlari





















    Sabab so’roqlari





















    O’rin-joy so’roqlari






















    Harakat-holat so’roqlari




















    O’quvchilar so’roq olmoshlari ifodalagan tushunchalar to’g’risiga belgi qo’yishadi. Jadval so’nggida 6 ta to’g’ri javobga –“5”, 4-5 ta to’g’ri javobga -“4”, 3 ta to’g’ri javobga –“3” ball qo’yilishi ko’rsatiladi. To’g’ri javoblar slayd orqali e’lon qilinadi. O’quvchilar bir-birlarining ishlarini almashlab tekshiradilar va baholaydilar.

    Navbatdagi topshiriqda o’quvchilarga multimedia orqali turli rasm va harakatlar navbatma-navbat ko’rsatiladi. Har bir rasm tartib raqami bilan belgilangan. O’quvchilar shu tartib raqamini qo’yib, rasmda aks ettirilgan shaxs, narsa, o’rin-joy,

    harakat-holat kabilarni ifodalovchi so’zlarning so’rog’ini yozishadi. Ekranda quyidagi rasmlar ko’rsatiladi: mevalar, turli kasb egalari, o’simlik va hayvonlar, shaharlar, yomg’ir yog’ishi, barglarning sarg’ayishi, raqamlar va hokazo. O’quvchilar Kim? Nima? Nima qilyapti? Nechta? Kabi so’roq olmoshlarini yozishadi. Bu shart 4 o’quvchi tomonidan doskada ham bajariladi.

    Topshiriqni tez va to’g’ri bajargan guruh g’olib bo’ladi.

    O’qituvchi tomonidan quyidagicha muammo qo’yiladi:

    So’roq olmoshlarining insonlar xushmuomala bo’lishidagi ahamiyatini qanday tushunasiz?

    O’quvchilar o’z fikrlarini shunday bayon qilishadi:

    Biz bilmagan narsamizni o’rtog’imizdan so’rayotganimizda savolimizni to’g’ridan- to’g’ri so’roq olmoshlari bilan boshlamay, “kechirasiz”, “uzr”, “marxamat qilib aytsangiz”, “siz bilasizmi?” kabi so’z va iboralarni qo’llashimiz kerak. Shunda suhbatdoshimiz shaxsini hurmat qilgan va unga xushmuomalada bo’lga hisoblanamiz. So’roq olmoshlarini yumshoq ohangda talaffuz qilsak ham o’zaro xushmuomalalikka erishgan bo’lamiz.

    O’qituvchi navbatdagi topshiriqni e’lon qiladi: So’roq olmoshlarining shevaga xos shakllarini yozing. O’quvchilar quyidagi so’zlarni yozishadi: Nega? Qatta? Nerda? Nishatti?

    So’ngra mavzuni mustahkamlash va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’quvchilarga quyidagi kabi savollar beriladi.

    Savol: -Nima deb o’ylaysiz, siz qaysi darsda eng ko’p so’roq olmoshlarini ishlatasiz?

    Javob: -Matematika darsida.

    Savol: -So’roq olmoshlari ifoda maqsadiga ko’ra qanday gaplarni hosil qilishda ishtirok etadi?

    Javob: -So’roq gaplarni.

    Savol: -Hamma vaqt ham so’roq olmoshlarining ishtiroki so’roq gaplarni hosil qiladimi?

    Javob: -Yo’q. So’roq olmoshlari darak, buyruq-istak gaplar tarkibida ham kelishi mumkin. Masalan, “Men do’stimga yolg’onchilik qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntirdi” (darak gap). “Men katta bo’lsam, qarindoshlarimga mehr-oqibatli inson qanday bo’lishini ko’rsatmoqchiman” (istak gap).

    Savol: -So`roq olmoshlari qaysi qo`shimchalar bilan birika oladi? Misollar keltiring.

    Javob: -So`roq olmoshlari kelishik, egalik, ko`plik qo`shimchalari bilan birikkan holda keladi. Masalan, “Nimaga?” “Kimdan?” “Nimalar?” Bundan tashqari songa xos lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar bilan ham birikadi. Masalan, “Nechta?” “Nechanchi?”

    Savol: -“Nechta?” so`zida qanday tovush o`zgarishi sodir bo`lgan?

    Javob: -“a” unlisi tushib qolgan.



    Yangi mavzu mashq va savol-javoblar orqali mustahkamlanib bo`lgach, dars davomida faol ishtirok etgan guruh rag`batlantiriladi va o`quvchilar baholanadi. Dars xulosalanib, uyga vazifa beriladi.
    Download 2,37 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 2,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi

    Download 2,37 Mb.