• Kalit so’zlar
  • Boshlang’ich sinflarda kishilik olmoshlarini o’rganish metodikasi




    Download 319.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana25.03.2023
    Hajmi319.22 Kb.
    #46600
      1   2
    Bog'liq
    5152-Article Text-9980-1-10-20230304
    1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu


    Boshlang’ich sinflarda kishilik olmoshlarini o’rganish 
    metodikasi 
     
    Subhidam Murodjon qizi Yo’ldosheva 
    Jizzax shahar, 15-maktab 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kishilik 
    olmoshlari mavzusini tushunishlari va o’zlashtirishlari uchun ona tili darslarida 
    foydalanish uchun ba’zi metod va texnologiyalar keltirib o’tilgan. Bundan tashqari 
    texnologiya va olmosh tushunchalariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.
    Kalit so’zlar: so’z turkumlari, olmosh, metod, texnologiya, kishilik olmoshlari, 
    mashqlar. 
    Methods of learning personal pronouns in primary grades 
    Subhidam Murodjon kizi Yoldosheva 
    Jizzakh city, School 15 
    Abstract: In this article, some methods and technologies for use in native 
    language lessons are presented for elementary school students to understand and 
    master the subject of personal pronouns. In addition, the concepts of technology and 
    pronouns are also discussed separately. 
    Keywords: word groups, pronoun, method, technology, personal pronouns, 
    exercises. 
    Barchamizga ma’lum, bugungi kunda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim 
    sohasida ham ko’pgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday islohotlar ta’limning 
    barcha sohalariga tegishlidir. Jumladan boshlang’ich ta’lim bosqichiga ham. Bunday 
    islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarning chuqur bilim olishlarini 
    ta’minlashdir. Boshlang’ich sinfda ona tili darslari alohida ahamiyatga egadir. Ona 
    tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va 
    ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay 
    oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan 
    shaxsni kamol toptirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish esa boshlang’ich 
    ta’lim o’qituvchilariga kata mas’uliyat yuklaydi, ulardan chuqur bilim, mahorat talab 
    qiladi. Bunday talablarga javob berish uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’zlari 
    dars beradigan fanlardagi har bir yangiliklarni kuzatib borishi, darslarda 
    foydalaniladigan turli texnologiyalar, metodlar bilan qurollangan bo’lishlari kerak. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1010


    Chunki turli metod va texnologiyalar bilan tashkil qilingan darslar an’anaviy 
    darslarga nisbatan samaraliroq bo’lishi kuzatilmoqda. Texnologiya tushunchasi 
    haqida to’xtalib o’tamiz. Texnologiya- yunoncha so’z bo’lib, texne-mahorat, san’at, 
    logos-tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Ushbu tushuncha iqtisodiy sohaga 
    xos bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Keyinchalik esa pedagogik texnologiya 
    tushunchasi fanga kiritildi va ilmiy isbotlandi. Pedagogik texnologiya bilimlarni 
    o’rganish yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy 
    imkoniyatlar, ularning o’zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir. 2 
    So’z turkumlarini o’rganish mavzulari boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini 
    o’stirishda alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu mavzular orqali o’quvchilarning 
    so’z boyligi ortadi. Boshlang’ich sinfda so’z turkumlaridan ot, sifat, son, fe’l va 
    olmoshlar nazariy va amaliy tarzda o’rgatiladi. Olmosh so’z turkumi ham ona tili 
    nazariyasida alohida ahamiyatga ega mavzulardan biridir. Gap ichida ot, sifat, son, 
    ravish, ba’zan so’z birikmasi va gap o’rnida qo’llana oladigan, aniq lug’aviy ma’noga 
    ega bo’lmagan so’z turkumi olmosh deb ataladi. 3 Olmoshlar ko’pincha boshqa so’z 
    turkumlari o’rnida qo’llaniladi. Bu esa nutqdagi takrorlarning oldini olishga yordam 
    beradi. Yuqorida ta’rif keltirilgan adabiyotda olmoshlarning jami yettita ma’no turi 
    keltirilgan: 
    Olmosh so’z turkumini boshlang’ich sinf o’quv dasturi va darsliklarini tahlil 
    qiladigan bo’lsak, bu so’z turkumi haqida boshqa so’z turkulariga nisbatan kamroq 
    ma’lumotlar keltirilganini ko’rishimiz mumkin. Olmosh so’z turkumi haqida 
    boshlang’ich sinfning 4-sinfida ma’lumotlar beriladi. 4-sinfda yuqorida berilgan 
    olmoshlarning ma’no turlaridan faqat kishilik olmoshlari o’rgatiladi. O’quv dasturi 
    bo’yicha kishilik olmoshlari uchun 13 soat ajratilgan. Bunda olmosh so’z turkumiga 
    to’g’ridan to’g’ri ta’rif berilmaydi. Badiiy asarlardan yoki o’quvchilarning o’zlari 
    tomonidan tuzilgan misollar orqali tushuntiriladi. Chunki o’quvchilar shu 
    darslargacha kishilik olmoshlarini nutqlarida keng qo’llab keladilar. Kishilik 
    olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil 
    qilinadi: 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1011


     - men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari kim? kimlar? so'rog'iga javob 
    bo'ladi; - kishilik olmoshlari so'z turkumi; - kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va 
    ko'plikda ifodalaydi; - ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men, 
    sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi n tushib qoladi; u olmoshiga -ga, -da, -dan 
    qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi; - olmoshlami 
    nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli holatda to'g'ri yozish, so'roqlar 
    yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi. 4-sinfda kishilik 
    olmoshlari quyidagi mavzularga bo’lib o’rganiladi: 
    -Kishilik olmoshlari;
    -Kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi; Ushbu 
    mavzularni o’rganish jarayonida turli xil metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, 
    suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlari shular jumlasidandir. 
    Bulardan tashqari ushbu mavzuni tushuntirishda ko’rgazmalilikdan va boshlang’ich 
    sinf o’quvchilari uchun ishlab chiqilgan multimediali ilovalardan foydalanish ham 
    yaxshi samara beradi. Biz ham quyida kishilik olmoshlariga taalluqli bo’lgan 
    mavzularni tushuntirishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan bir necha usullarni keltirib 
    o’tamiz. Bulardan birinchisi ko’rgazmalilik usulidir. Bunda o’quvchilarga bir necha 
    rasmlar ko’rsatiladi va ular bilan birgalikda kishilik olmoshlari yozilgan so’zlar ham 
    xattaxtaga ilib qo’yiladi. O‘quvchilar esa rasmlarga mos kishilik olmoshlarini 
    ko’rsatishlari lozim bo’ladi. Kishilik olmoshlari mavzularini o’quvchilarga 
    tushuntirishda darslikda ham turli xil mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar ham 
    samarali hisoblanadi. Darslikdan tashqari quyidagi mashqlarni ham kishilik 
    olmoshlari mavzusini tushuntirishda foydalanish mumkin. 1) Bunda o’quvchilar 
    qaysi kishilik olmoshlari qaysi shaxsga tegishli ekanligini tushuntirishda quyidagi 
    “Moslashtiring” nomli jadvaldan foydalanish mumkin. 
    Yuqoridagi kabi jadvallar tasvirlangan ko’rgazmalar xattaxtaga ilinadi. 
    O’quvchilarga esa kishilik olmoshlari o’zlari ifodalab kelgan shaxslarni aniqlash 
    topshirig’i beriladi. O’quvchilar navbat bilan chiqib chap tomondagi jadval bilan o’ng 
    tomonda berilgan jadvalni birlashtiradilar. 
    Kishilik olmoshlari mavzularini o’quvchilarga tushuntirishda darslikda ham turli 
    xil mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar ham samarali hisoblanadi. Darslikdan 
    tashqari quyidagi mashqlarni ham kishilik olmoshlari mavzusini tushuntirishda 
    foydalanish mumkin. 2) Ma’lumki, olmoshlar kelishik qo’shimchalari bilan 
    qo’llanganida ba’zi kishilik olmoshlari tovush o’zgarishlariga uchraydi. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1012


    O’quvchilarga esa bu imloda xatoliklarga yo’l qo’yishlariga olib kelishi mumkin. 
    Bunday xatolarning oldini olish maqsadida quyidagi mashq turidan foydalanish 
    mumkin.
    Yuqorida keltirilgan jadval o’quvchilarga ekranda ko’rsatiladi va kishilik 
    olmoshlarining kelishiklar bilan qo’llanilishi eslatiladi. Shundan so’ng o’quvchilar 
    navbat bilan olmoshlarni kelishik qo’shimchalari bilan qo’llagan holda so’z 
    birikmalari tuzadilar. Tovush o’zgarishiga uchragan olmoshlarga navbat yetganda 
    o’qituvchi tomondan kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo’llangandagi tovush 
    o’zgarishlari eslatiladi va mustahkamlanadi. Masalan, mening kitobim, unga yordam 
    berdim kabi. Tadqiqot jarayonida shunday fikrlar keltirishimiz mumkinki, yuqoridagi 
    kabi mashq turlari o’quvchilarning mavzular yuzasidan egallagan bilimlari 
    mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari o’quvchilarda ziyraklik, topqirlik 
    kabi sifatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. 

    Download 319.22 Kb.
      1   2




    Download 319.22 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinflarda kishilik olmoshlarini o’rganish metodikasi

    Download 319.22 Kb.
    Pdf ko'rish