• Mavzu: So`roq olmoshlari 1.Darsning maqsadi
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi




    Download 2.37 Mb.
    bet5/5
    Sana10.04.2017
    Hajmi2.37 Mb.
    #3734
    1   2   3   4   5
    Uyga vazifa

    59-mashq

    Gapdagi so’z birikmalarini aniqlovchili,to’ldiruvchili va holli birkmalar kabi guruhlarga ajratib ko’chiring.

    Namuna: baland binolar -aniqlovchili birikma

    Bu darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish,tezkorlikka o’rgatish,o’quvchilarning ruhiyatidan kelib chiqqan holda ona vatanni,ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish.



    Mavzu: So`roq olmoshlari

    1.Darsning maqsadi:

    Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga yangi mavzu haqida ma`lumot berish, mavzu bo`yicha o`quvchilarda bilim,

    ko`nikma hosil qilish va rivojlantirish;

    -o`quvchilarning so`roq olmoshlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash;

    Tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarda insoniy fazilatlarni :olijanoblik,oilaga vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini shakllantirish;

    -o`quvchilar o`rtasida o`zaro do`stona munosabat tuyg`ularini mustahkamlash;

    -Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning muomala madaniyatini o`stirish;

    -o`quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga va ravon so`zlashga o`rgatish, nutqiy madaniyatini rivojlantirish;

    Dars jihozi: darslik, slaydlar,rasmlar,so`roq olmoshlari

    Yozilgan jadval.

    Dars uslubi: interfaol- bumerang, charxpalak.

    Kutiladigan natijalar: so`roq olmoshlarini o`rganish orqali nutqni to`g`ri va ravon bayon qilishni shakllantirish, nutqiy madaniyatni oshirish.

    Darsning blok chizmasi :



    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    1

    2

    Guruhlarga bo`lish

    1

    3

    O`qituvchining kirish so`zi

    3

    4

    Guruhlarda ishlash

    20

    5

    Guruh ishlarining yakunlari

    15

    6

    Darsni yakunlash

    3

    7

    Uyga topshiriq

    2

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism. O`zbek tili haqida kichik suhbat.

    Suhbatda o`qituvchi quyidagi savollardan foydalanadi:


    1. O`zbek tili qaysi til oilasiga mansub?

    2. Hozirgi o`zbek adabiy tili nechanchi asrdan boshlab qo`llanilgan?

    3. O`zbek tiliga qachon Davlat tili maqomi berilgan?

    Til haqida maqol va she`rlar o`quvchilar tomonidan aytiladi.

    Uyga berilgan topshiriq nazorat qilingach, o`tilgan

    mavzu savol- javob asosida mustahkamlanadi.

    Yangi mavzuni boshlashdan oldin quyidagi savollar doirasida aqliy hujum o`tkaziladi:

    Voqea- hodisa ,belgi-xususiyat, ish- harakat, miqdor bildiruvchi so`zlar noma`lum bo`lganda nutqda ularni nimalar vositasida ifodalash mumkin?

    O`quvchilar so`roq so`zlarni yozib, o`z fikrlarini bildiradilar.

    So`ngra 4 guruhga bo`lingan o`quvchilarga

    4 xil matn beriladi. 1-guruhga tarix faniga oid

    matn , 2- guruhga badiiy matn, 3-guruhga geografiyaga oid matn, 4- guruhga matematik

    masala beriladi.

    Guruh a`zolari matnlarni o`qib bo`lishgach,ularga

    1,2,3,4 raqamlari tarqatilib,yangi guruh hosil qilinadi.Yangi guruhda o`quvchilar bir- birlariga o`zlari o qigan matnning mazmunini so`zlab beradilar.

    Ma`lumotlar qabul qilingach ,o`quvchilar eski

    guruhlarga qaytishadi. O`zlashtirilgan matnlar asosida savollar tuzing . Ko`p va mazmunli savollar tuzgan guruh g`olib sanaladi. O`quvchilar quyidagicha savollar tuzishadi:

    Namuna: 1.Kim misrlik yaratgan kalendarga tuzatish kiritgan ?

    2.Oygul qanday qiz edi?

    3.Aholi joylashida juda katta hudidiy farqlar mavjud qaysi davlatlarni bilasiz ?

    4. 3sonini nechaga ko`paytirsak , masalaning javobi oydinlashadi?

    Guruhlar o`zaro bir –birlarining savollarini almashtirishadi. So`roq olmoshlarining o`rniga javob so`zlarini qo`yib ,mashq daftariga ko`cherish topshiriladi.

    фвO`qituvchi shunday savol beradi: - Siz so`roq gaplar tuzganingizda savol ma`nosini qaysi so`zlar bilan ifodaladingiz ?

    Javob : Kim? Qanday? Qaysi? Necha? va hokazo .

    Savol : Bu so`zlarning ma`nosini nimada oydinlashadi ?

    Javob : Matnda oydinlashadi.

    O`qtuvchi: Siz savollar tuzishda foydalanilgan yuqoridagi so`zlar olmoshlarning bir turi bo`lib , ular so`roq olmoshlari deb yuritiladi. Siz nutqingizda bu so`zlardan juda ko`p foydalanasiz.So`roq olmoshlari shahs , narsa, voqea-hodisa, miqdor ,harakat, holat haqidagi so`roqni ifodalaydi. So`roq olmoshlaridan keyin so`roq belgisi qo`yiladi. Darslikda berilgan qoidaga o`quvchilar diqqati jalb qilinadi. So`roq olmoshi haqidagi qoida tahlil qilinib umumlashtiriladi, fikrlar bildiriladi.Yozma va

    og`zaki nutqni o`stirish maqsadida darslikdagi mashqlar bajariladi.Navbatdagi topshiriqda o`quvchilarga jadval chizilgan qog’ozlar tarqatiladi



    So’roq turlari

    Qayer?

    Qanday?

    Kim

    Nima

    uchun?


    Nima

    qildi?


    Nima?

    Qancha

    Shaxs so’roqlari







    +













    Narsa-hodisa so’roqlari









    +











    Belgi-xususiyat so’roqlari



    +

















    Miqdor so’roqlari



















    +

    Sabab so’roqlari













    +







    O’rin-joy so’roqlari






















    Harakat-holat so’roqlari















    +





    O’quvchilar so’roq olmoshlari ifodalagan tushunchalar to’g’risiga belgi qo’yishadi. Jadval so’nggida 6 ta to’g’ri javobga –“5”, 4-5 ta to’g’ri javobga -“4”, 3 ta to’g’ri javobga –“3” ball qo’yilishi ko’rsatiladi. To’g’ri javoblar slayd orqali e’lon qilinadi. O’quvchilar bir-birlarining ishlarini almashlab tekshiradilar va baholaydilar.

    Navbatdagi topshiriqda o’quvchilarga multimedia orqali turli rasm va harakatlar navbatma-navbat ko’rsatiladi. Har bir rasm tartib raqami bilan belgilangan. O’quvchilar shu tartib raqamini qo’yib, rasmda aks ettirilgan shaxs, narsa, o’rin-joy,

    harakat-holat kabilarni ifodalovchi so’zlarning so’rog’ini yozishadi. Ekranda quyidagi rasmlar ko’rsatiladi: mevalar, turli kasb egalari, o’simlik va hayvonlar, shaharlar, yomg’ir yog’ishi, barglarning sarg’ayishi, raqamlar va hokazo. O’quvchilar Kim? Nima? Nima qilyapti? Nechta? Kabi so’roq olmoshlarini yozishadi. Bu shart 4 o’quvchi tomonidan doskada ham bajariladi.

    Topshiriqni tez va to’g’ri bajargan guruh g’olib bo’ladi.

    O’qituvchi tomonidan quyidagicha muammo qo’yiladi:

    So’roq olmoshlarining insonlar xushmuomala bo’lishidagi ahamiyatini qanday tushunasiz?

    O’quvchilar o’z fikrlarini shunday bayon qilishadi:

    Biz bilmagan narsamizni o’rtog’imizdan so’rayotganimizda savolimizni to’g’ridan- to’g’ri so’roq olmoshlari bilan boshlamay, “kechirasiz”, “uzr”, “marxamat qilib aytsangiz”, “siz bilasizmi?” kabi so’z va iboralarni qo’llashimiz kerak. Shunda suhbatdoshimiz shaxsini hurmat qilgan va unga xushmuomalada bo’lga hisoblanamiz. So’roq olmoshlarini yumshoq ohangda talaffuz qilsak ham o’zaro xushmuomalalikka erishgan bo’lamiz.

    O’qituvchi navbatdagi topshiriqni e’lon qiladi: So’roq olmoshlarining shevaga xos shakllarini yozing. O’quvchilar quyidagi so’zlarni yozishadi: Nega? Qatta? Nerda? Nishatti?

    So’ngra mavzuni mustahkamlash va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’quvchilarga quyidagi kabi savollar beriladi.

    Savol: -Nima deb o’ylaysiz, siz qaysi darsda eng ko’p so’roq olmoshlarini ishlatasiz?

    Javob: -Matematika darsida.

    Savol: -So’roq olmoshlari ifoda maqsadiga ko’ra qanday gaplarni hosil qilishda ishtirok etadi?

    Javob: -So’roq gaplarni.

    Savol: -Hamma vaqt ham so’roq olmoshlarining ishtiroki so’roq gaplarni hosil qiladimi?

    Javob: -Yo’q. So’roq olmoshlari darak, buyruq-istak gaplar tarkibida ham kelishi mumkin. Masalan, “Men do’stimga yolg’onchilik qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntirdi” (darak gap). “Men katta bo’lsam, qarindoshlarimga mehr-oqibatli inson qanday bo’lishini ko’rsatmoqchiman” (istak gap).

    Savol: -So`roq olmoshlari qaysi qo`shimchalar bilan birika oladi? Misollar keltiring.

    Javob: -So`roq olmoshlari kelishik, egalik, ko`plik qo`shimchalari bilan birikkan holda keladi. Masalan, “Nimaga?” “Kimdan?” “Nimalar?” Bundan tashqari songa xos lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar bilan ham birikadi. Masalan, “Nechta?” “Nechanchi?”

    Savol: -“Nechta?” so`zida qanday tovush o`zgarishi sodir bo`lgan?

    Javob: -“a” unlisi tushib qolgan.



    Yangi mavzu mashq va savol-javoblar orqali mustahkamlanib bo`lgach, dars davomida faol ishtirok etgan guruh rag`batlantiriladi va o`quvchilar baholanadi. Dars xulosalanib, uyga vazifa beriladi.

    Download 2.37 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi

    Download 2.37 Mb.