O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi




Download 2.37 Mb.
bet4/5
Sana10.04.2017
Hajmi2.37 Mb.
#3734
1   2   3   4   5
Yangi mavzu: So’z birikmasi(hosil bo’lishi va grammatik ma’nolari)

O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda texnik vositalardan foydalanadi va slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntirib beradi:Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’z Grammatik va ma’no jihatdan birikib,so’z birikmasini hosil qiladi.So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi.Tobe so’z hokim so’zni aniqlab to’dirib,izohlab keladi.So’z turkumlarining barchasi hokim so’z vazifasida kela oladi.So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodaalnishiga qarab uch guruhga bo’linadi:

1.Otli birikma

2.Fe’lli birikma

3.Ravishli birikma



Tobe so’zning gapda qaysi bo’lak o’rnida kelishiga qarab esa so’z birikmasi quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Aniqlovchi birikma: bunda tobe so’z aniqlovchi vazifasida keladi.Masalan, qiziqarli hikoya,mening kitobim,aqlli bola.

2.To’ldiruvchibirikma: bunda tobe so’z to’ldiruvchi vazifasida keladi.Masalan: ukamga berdim,mashina bilan terildi,menda ko’p.

3.Holli birikma: bunda tobe so’z hol vazifasida keladi.Masalan:sekin gapirmoq,diqqat bilan eshitmoq.

O’qituvchi mavzu haqida ma’lumot berib bo’lgach mavzuni mustahkamlash uchun har bir guruhga kuz fasliga bag’ishlangan she’rlardan bir banddan taqdim qiladi.Shart esa shunday: she’r bandini tahlil qilib so’z birikmalarini aniqlaniladi va so’z birikmalarining hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra turini hokim so’zning qaysi gap bo’lagi o’rnida kelishiga ko’ra turlarini aniqlab sinf taxtasidagi oldindan tayyorlangan otli birikma,fe’lli birikma,ravishli birikma deb yozilgan qog’ozlarga yozib joylashtiradilar.Guruh a’zolarining ishlarini o’qituvchi baholashda “uch” baho uchun asalari rasmi,”to’rt” baho uchun kapalak rasmi,”besh” baho uchun oq kabutar rasmi tushirilgan tarqatmalardan foydalanadi.Qaysi guruhda eng ko’p oq kabutar to’plangan bo’lsa,o’sha guruh g’olib guruh sanaladi.



Topshiriq bajarilgach o’quvchilar bilan birgalikda mavzuga doir mashqlar bajariladi.



57-mashq.

Matnni o’qing.Ajratilgan tobe so’z qaysi hokim so’zni kengaytirib so’z birikmasi hosil qilishini aniqlang.So’z birikmalarini ajratib ko’chiring.Ularning turlarini ayting.Ajratib ko’chirilgan so’z birikmalaridagi tobe so’zning o’rni haqida xulosa chiqaring.

Namuna: qiyinchilik bilan ulg’ayibdilar-fe’lli birikma,tobe so’z hol o’rnida kelayotgani uchun holli birikma turiga mansub.

58-mashq

Gaplar(maqollar)tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlab otli so’z birikmasi va fe’lli so’z birikmasiga ajratib yozing.

Namuna:vatanni sevmoq-fe’lli birikma

Mashqlar bajarilgach mavzuni umumlashtirib,o’quvchilarning aqlini charxlash maqsadida har bir guruhning nomiga mos ravishda mevalar tasviri tushirilgan krassvord tarqatiladi.O’quvchilar esa ikki daqiqada ona tiliga doir atamalarni krassvordga yozib javoblarini izohlashlari kerak bo’ladi.Baholash mezonida esa yana asalari,kapalak,oq kabutardan foydalaniladi.Guruhlar o’z ishlarining taqdimotini o’tkazishgach,bugungi darsning g’olib o’quvchisi,g’olib guruhi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.O’quvchilar rag’batlantirilib baholar e’lon qilingach uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.





Download 2.37 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi

Download 2.37 Mb.