Steam yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi




Download 66 Kb.
Sana15.08.2023
Hajmi66 Kb.
#78611
Bog'liq
metodbirlashma 10%
Kampiyuter avlodlari , Multimedia texnlogiyalari, family members, I. O`. M va mustaqil ish 5-kurs, 9-ma\'ruza, «ehtimollar nazariyasi», Python exseptions, Emitterlari bog‘langan mantiq elementlar, lesson men, O’spirimlik da’wirindegi psixologiyaliq mashqalalar, mexnat uz, 7 - Maruza, 1-amaliy topshiriq (1), 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari

Buxoro viloyati kogon tumanidagi 8-son maktabning


Amaliy fanlar uslubbirlashma o`qituvchilariga
“ STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi”
to`g`risida uslub birlashma rahbari
Qo’ldosheva Nodiraning tomonidan I-chorak oktabr oyi uchun
Ma`lumotnoma

STEAM nima?-Real hayot.STEAM yondashuvi-ta`limga bo`lgan munosabatni o`zgartiradi. Uslubbirlashmam o`qituvchilari bilan kelishgan holda asosan STEAM yondashuviga mos holda ishlab chiqilgan,ayniqsa uslubbirlashmadagi o`qish fani uchun ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o`rganish,tadbirkorlik asoslari sohasida o`quvchilarni fikr va madahiyatini rivojlantirish haqida ,zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida darsni tashkil etish ma`naviy barkamol va intelektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash STEAM yondashuvi asosan tabiiy fanlarning amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalash tog`risida uslubbirlashma o`qituvchilarimga yetarlicha ma`lumotlar berdim.


Uslubbirlashmamdagi Tarbiya fani uchun ham asosan ma`naviy barkamol va intellektual shaxsni tarbiyalashda asosan STEAM yondashuviga asoslanib darsda ko`proq qo`llanilishi kerak bo`lgan ma`lumotlarni aytib o`tdim.
O`quvchining qiziqishlari,ehtiyojlari,qobiliyatlari,shaxsiy sifatlari,intelektual xususiyatlari dars jarayonida ko`proq hisobga olinishi kerakligini ham aytib o`tdim.
Suhbat davomida uslubbirlashmadagi har bir o`qituvchiga har bir iqtidorli va iste`dodli o`quvchilarni tanlash va individual yondashish haqida aytib o`tdim.
Boshlang`ich ta`lim uslubbirlashmamda asosan STEAM yondashuvi tarixiy sanalarda hamda asosan shu vaqtga erishilgan fan texnika inqilobi mavzularida qo`llanilishi kerakligi haqida ham aytib o`tdim.
Uslubbirlashma rahbari: Qo’ldosheva N

Buxoro viloyati kogon tumanidagi 8-son maktabning


Amaliy fanlar uslubbirlashma o`qituvchilariga
“ STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi”
to`g`risida uslub birlashma rahbari
Qo’ldosheva Nodiraning tomonidan II-chorak oktabr oyi uchun
Ma`lumotnoma

Uslubbirlashmada faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarimga har kuni darslarda asosan va to`garak faoliyati davomida ham STEAM yangi o`qitish metodikasi bir vaqtning o`zida amaliy va loyiha mashg’ulotlar yordamida saboq berish kerakligi haqida umumiy fikrlarni aytib o`tdim.


Ta`lim texnologiyasi asosida bilish va badiiy izlanish, amaliy faoliyat, texnik ijodiyot elementlarini qo`llash bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi.
Dunyoni tizimli ravishda o`rganishga, atrofda ro`y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o`zaro aloqani anglab yetish uchun tarixiy faktlar va rejali dastur orqali ham o`quvchilarga koproq bilim va saviyalarini ostirishda STEAM dasturining o`ziga xos zamon bilan hamnafas jihatlarini aytib o`tdim.
STEAM-Kreativlik rolli o`yinlar orqali va innovatsiya kelajak hayotda o`z fikrini erkin bayon qilish,tanqidiy tafakkur va muammolar real qaray olish haqida o`quvchilarga ham darsda bog`lab tushuntirilishi haqida kerakli ma`lumotlar aytdim .
Noodatiy qiziqarli narsalarni kashf qilish, qiziquvchanlikni rivojlantirish, natijalarni tanqidiy baholash, muhandislik jihatlarini shakllantirish hamda zamon talablariga mos ravishda ularga hayot dars o`tish va to`garak jarayonlarini mazmunli tashkil etish haqida ham aytib o`tdim.
STEAM — fanlararo aloqa va loyihalash metodi fanlar bilan bog`liqlik jihatlari haqida ham aytdim.

Metodbirlashma rahbari: Qo’ldosheva Nodira


Buxoro viloyati kogon tumanidagi 8-son maktabning
Amaliy fanlar uslubbirlashma o`qituvchilariga
“ STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi”
to`g`risida uslub birlashma rahbari
Qo’ldosheva Nodiraning tomonidan III-chorak oktabr oyi uchun

Ma`lumotnoma


O`quvchilarning ma`naviy dunyosini kengaytirishda ulardagi bilim,ko`nikma,malaka va amaliyotda qo`llash kompetensiyalarni shakllantirish haqida STEAM yondashuvining 6 ta kompetensiya bilan bog`liq ravishda takomillashtirib bog`lab borish haqida ham aytib o`tildi.Darslarda ham xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda ham yondashuvga asosan o`quvchilarga ham mantiqiy fikrlash va amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o`quv amaliy mashg`ulot va test topshiriqlari bilan ishlash orqali maqsadga erishish kerakligini uslubbirlashma o`qituvchilariga tushuntirdim.


O`quvchilarni kichik ilmiy tadqiqotlarga jalb etish,ixtiro qilgan ishlarni tengdoshlariga o`rnak qilib ko`rsatish haqida integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasiga hamda faolligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarga to`xtalib o`tdim.
Dunyoni tizimli ravishda o`rganishga, atrofda ro`y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o`zaro aloqani anglab yetish uchun tarixiy faktlar va rejali dastur orqali ham o`quvchilarga ko`proq bilim va saviyalarini ostirishda STEAM yondashuvini o`ziga xos zamon bilan hamnafas jihatlarini aytib o`tdim.
STEAM-Kreativlik rolli o`yinlar orqali va innavatsiya kelajak hayotda o`z fikrini erkin bayon qilish,tanqidiy tafakkur va muammolar real qaray olish haqida o`quvchilarga ham darsda bog`lab tushuntirilishi haqida kerakli ma`lumotlar aytdim .
Noodatiy qiziqarli narsalarni kashf qilish, qiziquvchanlikni rivojlantirish, natijalarni tanqidiy baholash, muhandislik jihatlarini shakllantirish hamda zamon talablariga mos ravishda ularga hayot dars o`tish va to`garak jarayonlarini mazmunli tashkil etish haqida ham aytib o`tdim.
Tajribalarli robotlar yasash bularning barchasini bilish uchun o`quvchilarning ongli ravishda darsliklardagi qiziqarli ma`lumotlar orqali o`z bilim va tajribalarga ega bo`lishi haqida
ham fikr almashdim hamda kelajak avlod uchun zamin yaratishda bu dasturning ijobiy tomonlarini o`rtoqlashdim.

Metodbirlashma rahbari: Qo’ldosheva Nodira


Buxoro viloyati kogon tumanidagi 8-son maktabning


Amaliy fanlar uslubbirlashma o`qituvchilariga
“ STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi”
to`g`risida uslub birlashma rahbari
Qo’ldosheva Nodiraning tomonidan IV-chorak oktabr oyi uchun
Ma`lumotnoma

Asosan amaliy fanlar uslubbirlashmasida ko`p kuzatiladigan holat tabiiy fanlar bilan bog`liqlik masalasi matematika fanlari bilan bog`liqlik jihatlari ko`plab kuzatiladi.


STEAM yondashuvida asosan musiqa darslarida asosan uyga vazifa berilmaydi.Faqat kamdan-kam hollarda,ijodiy ish bajarish topshirilishi mumkin.qolgan 45 daqiqa davomida barchasiga ulgurish zarur.O`tilgan mavzuni mustahkamlash,yangi mavzuni o`rgatish va uni mustahkamlash musiqa tinglash jamoa bo’lib kuylash orqali mavzu mustahkamlanadi.
Malaka oshirish kursida qatnashgan vaqtimda menga quyidagi tartibda STEAM ning komakdoshi sifatida quyidagi tartibda davom ettirilishi tushuntirilib o`tildi.Bular;
PIRLS - 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va uni tushuntirish darajasini baholash dasturi.
TIMSS - 4 va 8- sinf ta`lim oluvchilarining matematika va tabiiy fanlar yo’nalishidagi fanlardan ozlashtirish darajasini baholash dasturi.
PISA-15 yoshli o’quvchilarining ona tili,matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturi.
STEAM-ta`lim dasturi.
Bu yondashuvlar orqali o`qituvchining maqsadga aniq ko`rsatilgan asosda, tasviriy san’at,texnalogiya, musiqa, tabiat fanlarida ham qo`llanilishi haqida fikrimni tatbiq qildim dars jarayonida qo`llansa o`qituvchi o`z maqsadiga erishuvi haqida ham aytib o`tdim.
Uslubbirlashma o`qituvchimizdan To’xtayeva Zarnigor mening so`zlarimga qo`shimcha sifatida may oyida malaka oshirish kursida bir oy davomida o`qishga qatnashganligi tufayli bu yondashuvdan foydalansa oqituvchilar qanday o`z maqsadiga erishuvi va natijasi kutilgan natijani berishi haqida o`z fikrlarini aytib o`tdi.

Metodbirlashma rahbari: Qo’ldosheva Nodira

Kogon tumanidagi 8-son maktabning Amaliy fanlar
Uslub birlashma o`qituvchilariga
“Ta`lim-tarbiya jarayonida va o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo`shliqlarini to`ldirish usullari to`g`risida tavsiya ”
mavzusida uslub birlashma rahbari
Qo’ldoshova Nodira tomonidan I-chorak sentabr oyi uchun

Ma`lumotnoma


Hozirga zamon talabidan kelib chiqib,shuni aytish kerakki avgust sho`basida bizning amaliy fanlar uslubbirlashmasida e`lon qilinganidek barcha o`qituvchilarga mavzularni tushuntirishda va ularni o`quvchilarga yetkazishda asosan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida fikrlar aytildi asaosan bu pedagogik texnologiyalar haqida fikr almashdi. Jumladan bu texnologiyalar asosida talim tizimidagi innovatsiyalarni xususiyatlariga ko`ra tasniflash,Kirish Fanni o`qitishdan maqsad Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan ozaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Fanning ishlab chiqarishdagi o`rni fanlarni o`qitishning innovatsion texnologiyalarilari fanini o`qitishda quyidagi vositalardan foydalaniladi .Innovatsion texnologiya haqida tushuncha Ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida Innovatsion texnologiyaning ahamiyati.Innovatsion texnologiya haqida tushunchalar berildi. Amaliy fanlar uslub birlashmasidagi fanlarga asosan sanalar shaxslarning ismlari amalga oshirgan ishlari haqida ma`lumotlarni eslab qolish o’quvchi uchun biroz qiyinchilik tug`diradi shuni hisobga olib,SWOOT jadvali ,Venn diagrammasi,T jadvali haqida uslubbirlashma o`qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida aytib o`tdim.

Metodbirlashma rahbari: Qo’ldosheva Nodira
Download 66 Kb.




Download 66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Steam yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi

Download 66 Kb.