Korxona elektr yuklama grafigi




Download 34.61 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2023
Hajmi34.61 Kb.
#60205
  1   2
Bog'liq
7 - Maruza
Kampiyuter avlodlari , Multimedia texnlogiyalari, family members, I. O`. M va mustaqil ish 5-kurs, 9-ma\'ruza, «ehtimollar nazariyasi», Python exseptions, Emitterlari bog‘langan mantiq elementlar, lesson men, O’spirimlik da’wirindegi psixologiyaliq mashqalalar, mexnat uz, 1-amaliy topshiriq (1), 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, metodbirlashma 10%

MA’RUZA №7
KORXONA ELEKTR YUKLAMA GRAFIGI.


Reja:

  1. Energotarmoqning cho‘qqili quvvatini kamaytirish.

  2. YUklamalar grafigini rostlash samaradorligi.

3. Nazorat savollari.
Energosistemaning cho‘qqili (pik) quvvatini kamaytirishning ahamiyati.

Elektr energiyani iqtisod qilish masalasi, avvalambor, nimstansiya va energosistemaning pik yuklamasini kamaytirish bilan uzviy bog‘liq.


Sanoat korxonalarida ikki smena ish rejimini qo‘llash, kunduzgi va kechki yuklamalarni energosistemaning pik yuklama vaqtlariga to‘g‘ri keltirmaslik, yuklamalar grafigini rostlanishiga hamda pik yuklamalar bilan bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarmaydi.
SHu maqsadda ko‘pgina chet mamlakatlarda ushbu tizim aylanuvchi boshqaruv (STU) orqali amalga oshiriladi. Bunda, avvaldan elektr iste’molchilarni o‘chirish va tanlovchanlik dasturlashtirilgan holda bajariladi. Bunday boshqaruvning maqsadi shundaki, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi iste’molchilarning maksimumida ayrim iste’molchilar o‘chiriladi. Pik yuklamalarda ayrim iste’molchilarning o‘chirilib turishi maqsadga muvofiqdir, bunda korxonalar uchun unchalik katta talofat etkazilmaydi va texnologik jarayonlarga putur etkazilmaydi.
YAna shuni ta’kidlash kerakki, "pik" vaqtida elektr energiyaga bo‘lgan tarif ancha qimmat, bu tadbir unchalik ahamiyatli bo‘lmagan iste’molchilarni o‘chirishni maqsadga muvofiq qiladi.
Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sharoitida "pik" quvvatni atigi 2-3 soatga 5000 kVt ga kamaytirish 210-250 ming so‘m yiliga iqtisodiy effekt beradi.
Ta’kidlash joizki, STU uchun o‘chiriladigan liniyalar U=6, 10, 35 kV bo‘lishi kerak.
Energosistemaning maksimum yuklanishida iste’molchilarni maksimum yuklamalarini kamaytirish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligi qo‘yidagi shartdan aniqlanadi:

S0Sot/(1+Pr/Zpr)


bu erda: Pr - korxonaning rejalashtirilgan hisobiy foydasi so‘m.


Zpr - mahsulot ishlab chiqarishda bo‘ladigan xarajatlar. so‘m.
YUklamalar grafigini rostlash uchun bo‘lgan tadbirlar orqali bo‘lgan umumiy iqtisodiy samara qo‘yidagicha topiladi:

Eg=(Rat-S0)(Rmax-Rmax1)


Texnologik qurilma ishlarini tekshirish shuni ko‘rsatdiki, bir qancha korxonalar (JBI, JBK, KSMK, KSM, TZMK) da energotizim maksimum yuklama vaqtida ular maksimum yuklamalarini tushirish uchun zaxira mavjudligi aniqlandi.


Alohida bo‘lgan sex mexanizmlarda 1-2 smenali ish rejimi ba’zan 1 smenali korxonalarda ish rejimi grafigiga o‘zgartirish kiritib energosistema maksimumida o‘chirish yoki boshqa tadbirlarni qo‘llash mumkin.
Undan tashqari doimiy ravishda ishlaydigan 1-2 smenadigi ayrim qurilmalarni ishini 3-chi smenaga ko‘chirish mumkin
Umumiy korxona bo‘yicha tekshiruvni, yozib boruvchi kilovattmetr yordamida yoki avtomatlashtirilgan informatsion hisoblash sistemasi IIS E1-48 yordamida yuklamalarni tekshirish mumkin.
Korxonalarda ushbu tadbirlarga bo‘lgan munosobatni tushuntirish kerak va yuklamalarni energosistemaning pik vaqtida korxona yuklamasini kamaytirib personal ishini maqsadga muvofiq qilish kerak.


Misol: Energosistemaning maksimum pik vaqtida korxonalarda maksimum yuklamalarni kamaytirishning yillik iqtisodiy samarani hisoblash.
Temir beton zavodida yuklamalar grafigini rostlash uchun bir qancha tadbirlar amalga oshirilgan. Bu esa solishtirma elektr energiya sarfini kamaytirdi, ammo kapital xarajatlarni talab etadi.
Yillik iqtisodiy samarani aniqlashda tadbirlarni qo‘llashdan oldin va keyingi xarakterlovchi elektr iste’moli.
Rmax - 2020 kVt - energosistemaning maksimum yuklama vaqtidagi korxonaning maksimum yuklamasi.
R'max - 1720 kVt - bu ham tadbirni qo‘llagandan so‘nggi yuklama.
Sod - 0.0145 so‘m/kVtsoat - elektr hisoblagichlar orqali aniqlangan qo‘shimcha elektr energiyaga bo‘lgan to‘lov.
Sot - energosistema maksimumida korxonaning maksimum yukla-masida 1 kVt uchun to‘lov qiymati (36 so‘m/kVt).
q0 va q0' - birlik mahsulot uchun solishtirma elektr energiya sarfi, tadbirdan oldin va so‘ng (24 kVtsoat/m2 va 22 kVtsoat/m2).
k=12 ming so‘m.
=5.4 ming so‘m - FZP uchun qo‘shimcha kechki soatlarda personal xarajatlari, sum.
Pi - yillik temir beton samaradorligi.
Ayrim qurilish industriyasi korxonalarida bir necha iste’molchilar bo‘lib ular energosistemaning "pik" vaqti o‘chirish ishlab chiqarish ta’sir ko‘rsatmaydi: kompressorlar, nasoslar, maydalagichlar, ventilyatorlar, elektroekskavatorlar, yoritish qurilmalari va boshqalar.
YUqoridagi qurilmalar alohida guruhlarga bo‘linadi va o‘chirishga ehtiyoj bo‘lganda markazlashtirilgan holatda o‘chirish amalga oshiriladi.
Tele o‘chirish uchun signal qabul qilgich qurilmasi TP da alahida sim bilan o‘rnatiladi.



Download 34.61 Kb.
  1   2




Download 34.61 Kb.