|
O‘qitish texnologiyasining elementlari
|
bet | 9/21 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 63,94 Kb. | | #149243 |
Bog'liq Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan-fayllar.orgO‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish texnologiyasining asosiy elementlariga o‘quv mazmunini o‘quvchilarga o‘qitish metodlari, o‘qitish shakli, vositasi va tashxislash kabilar kiradi [68].
Biz yuqoridagi mavzularda o‘qitish texnologiyasining shakli, vositasi va metodlari haqida to‘xtalib o‘tganmiz. Endi o‘qitish texnologiyasida tashxislashni amalga oshirish ustida to‘xtalib o‘tamiz. Tashxislash va baholash o‘qitish texnologiyasining natijasi ifodasidir
Ta’lim sifatini tashxislash va baholash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Pedagogik tashxislash ta’rifi 1968 yilda K.Ingenkamp tomonidan taklif etilgan. Uning fikriga ko‘ra pedagogik tashxislash jamiyatni rivojlantirish uchun o‘quv-tarbiya jarayonini shart-sharoiti va natijalarini tartibga solish va maqbullashtirish uchun tatbiq etiladi.
Har qanday pedagog o‘zining u yoki bu faoliyati samaradorligini baholashni, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tezgina to‘g‘rilashni, o‘zgartirishni istaydi. Pedagogik faoliyatning xususiyati shundaki, natijani aniqlash uchun ma’lum bir vaqt o‘tishi kerak bo‘ladi. Pedagogik tashxislash pedagogik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish bu jarayonni tahlil qilish va baholashni talab etadi [68].
Pedagogik tashxislashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning muayyan tashxislash obyekti mavjud bo‘lib, bu pedagogik jarayondir. Pedagogik tashxislash o‘quvchidagi u yoki bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan pedagogik jarayonning o‘zgarishini bashoratlaydi va hisobga olib boradi.
23. O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementi sifatida.
O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish metodi-metod(usul)-yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos”-biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir. O‘qitish metodlari haqida 3-mavzuda to‘xtalib o‘tganmiz [29, 87].
Informatiika fanini o‘qitish jarayonida o‘qitish texnologiyasining asosiy elementlaridan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanib ta’lim jarayonini loyihalashtirish o‘quvchilarda quyidagi kompetentlikni shakllantiradi:
o‘rganish - informatika fanini asosiy tushunchalarini o‘qib olish, ularni bir-biridan farqlash, tasavvur etish, idrok etish, qo‘llay olish;
o‘ylash - o‘rganilganlarni tahlil eta olish, informatikaga oid tushunchalarni butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga o‘tkaza olish;
qidirish - informatikadagi o‘quv, ijodiy topshiriqlarni, masala va mashqlarni yechishning yangi usullarini izlab topish;
yaratish - o‘rganilgan yangi bilimlarga asoslanib o‘quvchi o‘zi uchun yangilik yaratishi;
24. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalari
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib (ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва ҳ.к.), qo‘llanmada bu texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan.
Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib ochib berilgan.
25. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish.
|
| |