|
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi?
|
bet | 2/6 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 33,18 Kb. | | #262059 |
Bog'liq javoblarMilliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi?
Milliy hisoblar tizimi — mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarishdan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimi negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamoyili tashkil etadi. Bu tizim yer va kapitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tufayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimi ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayomlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan.
4. Makpoiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
Makroiqtisodiyot - milliy ishlab chiqarish, ishsizlik va inflyatsiya umumiy darajasini oʻrganadi; iqtisodiy tizimning xususiyatlari bilan shugʻullanadi, umuman mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish omillari va natijalarini oʻrganadi. Mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida makroiqtisodiyot 30-yillarning boshlarida shakllana boshladi. XX asr, mikroiqtisodiyotning shakllanishi XIX asrning so‗nggi yillariga toʻgʻri keladi (L. Valras, K. Menger, A. Marshall). Makroiqtisodiyotning asoslarini Jon Maynard Keyns yaratgan. J. Keyns oʻzining "Bandlik, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi" (1936) kitobida barqaror ishsizlik darajasi va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanmaslik imkoniyatini isbotladi, ammo shu bilan birga davlatning toʻgʻri moliyaviy va pul-kredit siyosati ishlab chiqarishga ta'sir qilishi mumkin. shu bilan ishsizlikni kamaytirish va iqtisodiy inqirozlar davomiyligini qisqartirish. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyotni oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda makroiqtisodiy mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
|
| |