• Sof milliy mahsulot
  • Milliy daromad
  • YaIM va SIM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SIM va milliy daromad chi?




    Download 33,18 Kb.
    bet3/6
    Sana10.06.2024
    Hajmi33,18 Kb.
    #262059
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    javoblar

    5. YaIM va SIM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SIM va milliy daromad chi?
    Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni, bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIM davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi.
    Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq. Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iqtisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
    Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.

    Download 33,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YaIM va SIM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SIM va milliy daromad chi?

    Download 33,18 Kb.