• Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi
  • Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating




    Download 33,18 Kb.
    bet6/6
    Sana10.06.2024
    Hajmi33,18 Kb.
    #262059
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    javoblar

    8.Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.
    Nominal YaIM – joriy bozor narxlarida hisoblangan YaIM.
    Real YaIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM. Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi.
    9. Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?
    Real YaIM=Nominal YaIM/Narx indeksi
    Real Yaim=700:1.5= 466.6666666666667

    10. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tushuntirib bering.
    Bizning iqtisodiy fanimiz uchun yangi ko‘rsatkichlardan biri sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jahon amaliyotida u yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Gap shundaki, yalpi milliy mahsulot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, yalpi milliy mahsulot alohida kishilarning farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator unsurlarni (masalan, amortizatsiya ajratmasini) o‘z ichiga oladi; ikkinchidan, bu ko‘rsatkich farovonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va uni belgilab beruvchi bir qator unsurlarni o‘z ichiga olmaydi. Farovonlik darajasiga yalpi milliy mahsulot tarkibida hisobga olinmaydigan unsurlar, jumladan, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabilar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aytaylik, insonning daromadi oshib borishi bilan u kamroq ishlashga va bo‘sh vaqtidan ko‘proq jismoniy qoniqish olishga harakat qiladi. Bunday holda yalpi milliy mahsulot hajmi kamaysa farovonlik darajasi oshadi. Shunga ko‘ra, bo‘sh vaqtdan sermazmun foydalanishdan olinuvchi jismoniy qoniqishni hisobga olish uchun yalpi milliy mahsulotga ijobiy tuzatish kiritish kerak bo‘ladi. Buning natijasida sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Biroq, iqtisodiy farovonlik darajasiga bo‘lgan bunday bilvosita ta’sirni miqdoran hisobga olish juda mushkul hisoblanadi.

    Agar bo‘sh vaqt iqtisodiy farovonlik darajasiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, xufyona iqtisodiyot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilab beradi, biroq bu yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichida miqdoran o‘z ifodasini topmaydi. Shu o‘rinda nazarda tutish lozimki, xufyona iqtisodiyotning barcha jabhasi ham iqtisodiy farovonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu o‘rinda xufyona iqtisodiyotni quyidagicha ta’riflash mumkin: bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, Ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:


    1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning Shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, Shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
    2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
    3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi Shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
    4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, Ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
    Download 33,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating

    Download 33,18 Kb.