|
Korxona tijorat sirining mohiyati va uni himoya
|
bet | 3/4 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 28,09 Kb. | | #109163 |
Bog'liq Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi9.3. Korxona tijorat sirining mohiyati va uni himoya
qilish mexanizmi
Korxona ―tijorat sirlari‖ toifasining qonunchilikda belgilab berilgan
tavsifnomasiga ko’ra, ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, moliya
va shu kabilar bilan bog’liq bo’lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar
yetkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotlardir.
Mavjud nuqtai nazarlarga ko’ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o’z
ichiga quyidagi ma’lumotlarni qamrab oladi:
korxonaning savdo aloqalari haqida;
kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;
ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;
ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag’lar va foyda hajmi haqida;
bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;
bank opрetsiyalar haqida va hokazolar.
Ko’pincha ―tijorat sirlari‖ tushunchasidan tashqari korxonaning ―ishlab
chiqarish sirlari‖ tushunchasi ham qo’llaniladi. U ishlab chiqarish usullari,
texnologiyalar, texnik kashfiyotlar, tadqiqot ishlari, mehnatni tashkil qilish, aloqa
taрmog’i va shu kabilar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Bugungi bozor munosabatlari, ayniqsa raqobatchilik muhiti sharoitlarida
korxona tijorat va ishlab chiqarish sirlarining oshkor qilinishi uning ahvoliga salbiy
ta’sir ko’rsatishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar iste’molchilarini yo’qotishga
olib kelishi mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, tijorat sirlariga mansub
ma’lumotlarning to’рtdan bir qismi yo’qotilishi ham raqiblar uchun katta imkoniyat
yaratadi hamda bir necha oy ichida ma’lumotlar chetga chiqib ketishiga yo’l
qo’ygan firmalarning yaрmi bankрotga uchрashiga olib keladi. Shu sabali hoziрgi
64
paytda tijorat sirlarining huquqiy maqomi va toifasini aniq belgilash, ularni oshkor
qilish uchun javobgarlik mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi,
korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo’lganda, shuningdek
ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo’lgandagina to’liq kuch
bilan ishlaydi. Bundan tashqari, quyidagilarni to’g’ri tashkil qilish ham muhim
ahamiyat kasb etadi:
tayyor mahsulot (ayniqsa tajriba namunalari) va mateрallarning ba’zi
turlarini hisobga olish va qo’рiqlash;
tadbirkorlik sirlari mavjud bo’lgan hujjatlar bilan ishlash tartibi (ularni
hisobga olish, saqlash, yo’q qilish qoidalari va boshqalar);
hujjatlarni ko’paytirish va ulardan nusxa olish vositalarini nazorat qilish;
aloqa vositalari va hisoblash texnikasida tijorat ma’lumotlarini himoya
qilish;
korxona hududi va uning asosiy bino va inshootlarini qo’рiqlash;
mazkurkorxonaga begona shaxslar tashрif buyuрishini nazorat qilish.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha vazifalarni samarali bajarish boshqaruv
apparatida tijorat sirlarini muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi maxsus xizmatlarni
yaratishni ko’zda tutadi. Хoрij mamlakatlarida mazkurfaoliyat bilan firmalarning
maxsus bo’linmalari shug’ullanadi. Ular raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni
izlash va to’plash bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan bir vaqtning o’zida ular savdo
hamkorlarining tijorat sirlarini birgalikda himoya qilish imkoniyatini ham рad
qilmaydilar. Masalan, ba’zi firmalar faoliyatida tadbirkorlik aloqalari davomida
hamkorlarga berilgan ma’lumotlarni birgalikda himoya qilish bo’yicha maxsus
shartnomalar tuzish tartibi ko’zda tutilgan.
Sanoati
rivojlangan
mamlakatlarning
(masalan,
AQShning)
davlat
oрganlarida maxsus vositachilik xizmatlari mavjud bo’lib, u mijozlarni ularni
qiziqtirayotgan korxona va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Mamlakatimizda korxonalar davlatga soliqqa toрtish va iqtisodiy ma’lumotlarni
yig’ish va ular bilan ishlash tizimi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi
qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan. Shuningdek, korxonalar o’z faoliyatlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni, jumladan, yillik balansni nashr qiladilar. Shu bilan bir
paytda korxonalar tijorat sirlariga oid ma’lumotlarni bermaslik huquqiga ega. Тijorat
sirlari davlat boshqaruv va nazorat idoralari xodimlari orqali chetga chiqib
ketishining oldini olish maqsadida korxona rahbari ularning vakolatlarini bilishi
hamda ular talab qilgan istalgan ma’lumotni emas, balki faqat xizmat vakolatiga
doir ma’lumotlarni taqdim etishi zarur. birinchi o’rinda bu statistika xizmati,
monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi, militsiya, moliya, soliq, sanitariya,
yong’inga qarshi kurash va boshqa xizmat vakillariga tegishli. Korxona rahbari
shuningdek, davlat idoralari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidan arz
qilish tartibi, ular tufayli korxonaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni
qoplash mexanizmini bilishi va unga amal qilishi zarur.
65
Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari
o’zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma’lumotlar chetga chiqib ketishi
oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va real yo’qotishlarni to’g’ri va aniq
(qiymat shaklida) baholashni o’rganib olishlari zarur.
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga
keluvchi yo’qotishlari umumiy ko’rinishda quyidagalarga olib keladi:
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika
taрaqqiyoti
sohasida
erishilgan
ustunliklar
yo’qotiladi,
ilmiy-tadqiqot
bo’linmalarining yo’nalishni o’zgartirishlari uchun harajatlari o’sadi;
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo’lga xom ashyo, texnologiya va
hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan
sun’iy ravishda yaratiladi);
korxonaning tadbirkorlikdagi sheрiklar bilan hamkorligi cheklanadi,
foydali shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini
bajarishda muammolar vujudga keladi;
korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, maрketing tadqiqotlari
tuzilmasini o’zgartirish va hokazolarga saрflanuvchi harajatlari o’sadi;
tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo’llash
xavfi kuchayadi.
Barcha yo’qotishlarning umumiy miqoрi qiymatini aniq hisoblash juda
murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, ba’zida ishonchi
ma’lumotlar yo’qligi sababli ularni hisoblashning imkoni ham bo’lmaydi. Shu
sababli ko’p hollarda korxonalarning ma’lumotlarni himoya qilishga rioya etmaslik
bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarini yiriklashtirilgan ekspeрt baholash kifoya qiladi.
Yuqorida
keltirilgan
yo’qotishlarning
o’рnini
qoplash
ko’pincha
korxonalardan qo’shimcha harajatlarni talab qilib, ishlab chiqarish samaradorligi va
raqobatchilik kurashida erishish mumkin bo’lgan muvaffaqiyatlar imkoniyatini
pasaytiradi. Хuddi shuning uchun ham hoziрgi paytda tijorat sirlarini muhofaza
qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda ochiq Demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma naрsa
―ochiq‖ bo’ladi degani emas. Bozor munosabatlari sharoitida eрkin raqobat mavjud
ekan tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqaррaр. Shu tufayli korxonaning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu
o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Shu bois ham korxona rahbarligidan qator tadbirlarni
amalga oshirish taqozo etiladi, shu jumladan:
|
| |