Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari




Download 28,09 Kb.
bet2/4
Sana01.12.2023
Hajmi28,09 Kb.
#109163
1   2   3   4
Bog'liq
Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi

9.2. Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari
va tarkibi 
Хavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir
alohida holatdagi aniq harakat bo’lib, korxona harakteрi, uning joylashuvi,
ahamiyati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Mazkurjarayonda xavfsizlik tizimining
o’zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini
ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan
ishtirok etishi zarur.
Хavfsizlik konsepsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid
kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi
mumkin bo’lgan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Bu ta’sirni quyidagi
chizma ko’rinishida aks ettirish mumkin.
Shu bilan bir vaqtda, korxona o’z faoliyatining muhim yo’nalishlari
xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi keрak va
buning uchun avvalo, mos keluvchi qo’рiqlash tartibini yaratish lozim.
Хavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo’lib, xavfsizlik tartibini
ishlab chiqish, o’rnatish va qo’llab-quvvatlash, shuningdek, unga rioya qilinishini
nazorat qilishni amalga oshiradi. U o’z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim:

qo’рiqlash tartibini tashkil etish bo’yicha qoidalar;

rahbar, mutaxassis va texnik xodimlar uchun maxfiy ma’lumotlar bilan
ishlash bo’yicha lavozim yo’riqnomasi;

ma’lumotlarni texnik-muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish


bo’yicha lavozim yo’riqnomasi;

xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo’yicha lavozim
yo’riqnomasi.
Korxona xavfsizlik xizmati tarkibida axborot-tahlil bo’linmalari, xavfsizlikni
ta’minlash yo’nalishlari bo’yicha tashkiliy bo’g’inlar hamda muayyan vazifalarni
bajarish uchun vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.

62
Korxona rahbariyati yoki aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qaroriga ko’ra,


muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta’minlashning
murakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb
qilgan holda vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati
quyidagilarni amalga oshiradi:

ma’muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o’rnatish va


ta’minlash, mas’ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta’minlash masalalari
bo’yicha huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, korxonaning
mazkurfaoliyat turi sohasidagi vakolat funksiyalarini amalga oshirishga oid qarorlar
tayyorlash yo’li bilan amalga oshiriladi;

xo’jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini


ta’minlashda zarur bo’lgan resurslarni belgilash, korxona mulki va intellektual
boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini
tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etishi yo’li bilan amalga oshiriladi;

hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim
yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid
soluvchi xavf-xatarning oldini o’z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash,
xavfli holatlarni nazorat qilishni yo’lga qo’yish, korxona xavfsizligiga ta’sir
ko’rsatuvchi salbiy omillarni hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy
ehtiyojlariga tahdid soluvchi g’irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va
tashkilotlar haqida ma’lumotlar yig’ish yordamida amalga oshiriladi;

ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining kadrlarni joylashtirish,
mehnat jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishi sabablari
va sharoitlarini aniqlash, janjallarning oldini olish, xodimlarga yo’riqnoma berish,
ularda belgilangan xavfsizlik normalariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg’usini
shakllantirishdagi ishtiroki orqali amalga oshiriladi;

tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini
boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo’llab-quvvatlash va o’z
vaqtida qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko’rsatish, faoliyatning alohida
yo’nalishlari bo’yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo’g’inlar
o’rtasida belgilangan dasturiy maqsadlarga erishish uchun o’zaro aloqalar va
muvofiqlashtirishni tashkil etish yordamida amalga oshiriladi;

rejali ishlab chiqarish funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ularni amalga
oshirish, xavfsizlik tartibini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarni
tayyorlash va bajarish yordamida amalga oshiriladi;

tashkiliy-texnik funksiya, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy-texnik
jihatdan ta’minlash, maxsus texnikalar hamda yangi, progрessiv texnologiyalar,
maxfiy tartib va boshqa maxsus faoliyatlarni o’zlashtirish yordamida amalga
oshiriladi;

ilmiy-uslubiy funksiya, korxona xavfsizligini ta’minlashning ilg’or
tajribalarini to’plash va taрqatish, xodimlarni o’qitishni tashkil etish, korxona oldida
yuzaga keluvchi korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolarni hal qilishning

63
ilmiy jihatdan ishlab chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko’rsatmalar


bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi;

axborot-tahlil funksiyasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlarni maqsadli ravishda
yig’ish, to’plash va ular bilan ishlash, buning uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni
analitik tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan
foydalanish, korxonaning manfaatdor bo’linmalari va alohida shaxslarni xavfsizlik
xizmatida mavjud bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga
oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan funksiyalar korxona xavfsizlik xizmatining zarur
tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga imkon beradi.
Korxona xavfsizlik xizmati Nizomida uning maqsad va vazifalari, huquq va
majburiyatlari, nazorat-taftish faoliyati belgilab beriladi. Хavfsizlik xizmati o’z
faoliyatini korxona xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash va qo’llab-quvvatlash
asosida olib borib, quyidagilarni qamrab oladi:

maxfiy tartibdagi faoliyatni tashkil etish;

axborot xavfsizlini ta’minlash;

muhandislik-texnik muhofaza;

mehnat jamoalaridagi salbiy yo’nalishlarning oldini olishga oid faoliyat.


Download 28,09 Kb.
1   2   3   4




Download 28,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari

Download 28,09 Kb.