|
Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
|
bet | 1/3 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 233,3 Kb. | | #138781 |
Bog'liq Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Abdullayev Azimjon (I 64/23-guruh) ESSAY
Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
REJA:
Axborot xavfsizligi haqida tushuncha.
Axborot xavfsizligida bo’lishi mumkin bo’lgan tahdid turlari.
Axborotlarni himoya qilish usullari.
Axborot xavfsizligi haqida tushuncha.
Axborot xavfsizligi — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli , qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir.
Statistikaga qaraganda, axborotga bo’layotgan hujumlat yildan-yilga oshayotganini ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun axborot xavfsizligini ta’minlash usullarini ko’rib chiqishimiz kerak.
Bugun butun dunyoda axborot tahdidlari tinmasdan uchrab turgani ham bor gap. Bunda barcha tashkilolar, hatto bugun internet tarmoqlari orqali ma’lumotni tarqab ketishi natijasida har yili tashkilotlar banklar milliardlab dollar zarar ko‘rishadi. Shunday ekan bugun har bir shaxs axborot egasiga tahdid mavjud ekan. Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud.
1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalanaolishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi.
2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi–axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir.
3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblashtizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo'lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik - axborot aylanuvchi, sub'ektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o'z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta'minlab beruvchi hamda ixtiyoriy
vaqtda murojaat etilganda sub'ektlarning so'rovlariga javob beruvchi
avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo lgan tizimning xususiyatidir.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o'zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda — axborot tushunchasil sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo'lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda.Shu bilan birga axborotning bahosi ko'p hollarda uning o'zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamoyillar tabily holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o'zgartrishdan, uni o'g_irlashdan, yo'qotishdan va boshga jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug_iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi
saviyasiga bog_liq qilib qo' yadi.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma'lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo'Ilanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshga shaxs o'qish imkoniga ega bo'Imagan. Asrlar davomida bu san'at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixonarezidensiyalari va razvedkamissiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o'n yil oldin hamma narsa tubdan o'zgardi, ya'ni axborot o'z qiymatiga ega bo'ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlabchiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotiboladilar.
Bulardan tashgari uni o'girlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar.
Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug'iladi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chigarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta'minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni himoyalashning maqsadlari quidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o'girlanishi, yo'qotilishi,
o'zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo'Igan xavf - xatarning oldini olish;
axborotni yo'qqilish, o'zgartirish, soxtalashtirish, nusako'chirish, to'siqlash bo’yicha ruxsatetilmagan harakatlarning oldini olish;
Xulosa gilib aytganda, bugun kibernetika fani rivojlantirish va axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish.
|
| |