• YUNESKO
  • Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana15.02.2024
    Hajmi473,51 Kb.
    #157110
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Seminar



    1-MAVZU: MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVALYUTSIYASI 
    HAMDA JAMIYATDAGI AHAMIYATI. 
    REJA: 
    1. Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari. 
    2. O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi 
    ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati. 
    3.Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati. 
    4.Axborot olish va foydalanish metodlari. 
    5. Xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili. 
     
    Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no 
    birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun 
    har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, 
    vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media 
    tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va 
    ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda 
    media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. 
    Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida 
    insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy 
    medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va 
    innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru 
    saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar 
    berilganini ko’ramiz. 
    «Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan 
    ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga 
    yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya 
    kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni 
    ko’radi. Shunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar 
    mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq 
    axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga 
    mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari 
    va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi 
    hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi” 

    Download 473,51 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati

    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish