• Media savodxonlik
  • MASning afzalliklaridan to’la- qonli
  • Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana15.02.2024
    Hajmi473,51 Kb.
    #157110
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Seminar

    2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi 
    ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1jadvalda ko’rish mumkin. 
    Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda 
    foydalanishning muhimligini e’tirof etadi. 

    Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish

    Axborotni izlash va unga egalik qilish

    Axborotni baholash

    Axborotni tizimlashtirish

    Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish

    Axborotni uzatish

    Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan foydalanish


    Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha 
    ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va 
    funksiyalarini tushunish.

    Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan shartsharoitlarni tushunish

    Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy 
    baholash

    Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun
    o’zaro hamkorlik qilish

    Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu jumladan
    AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish
    Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish 
    sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun 
    medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot 
    savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan 
    qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish 
    bilan bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy 
    maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida 
    ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning 
    tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar. Ammo YUNESKOning xalqaro 
    ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning 
    o’zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.
    MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
    – Media savodxonlik;
    – Axborot savodxonligi;
    – O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi 
    –Kutubxona savodxonligi;
    – YAngiliklar savodxonligi;
    – Kompyuter savodxonligi;
    Internet-savodxonligi;
    – Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
    – Kinosavodxonlik;
    – Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi; 
    –Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik. 
    Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli xil bahslarga sabab 
    bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga 
    qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida 
    ko’rsatib o’tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi: 
    -Media savodxonlik;
    – O’z fikrini erkin bayon etish
    – Kutubxona savodxonligi;
    – Yangiliklar (axborot) savodxonligi;
    – Internet-savodxonlik;
    – Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, 
    elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);


    – Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar 
    mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik 
    hamda axborot savodxonligini o’z ichiga oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida 
    ushbu ikki yondashuv uyg’unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi. 
    1. MAS bo’lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi.
    2. MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar 
    beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun zarur 
    bo’ladigan, ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun zarur 
    bo’lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.
    3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va 
    ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi. MASning afzalliklaridan to’la- qonli 

    Download 473,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati

    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish