tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim
samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha
murakkab va ayni paytda
respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayottan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa
o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq
muammolarning
qanday
va
qaysi
muddatlarda
hal
etishga
ham
bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, O’zR FA hay'ati
tomonidan Respublikada
kibernetika va axborotlashtirishni rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Akademik V.Q.Qobulov tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (oldingi
Toshkent xalq xo’jaligi instituti) qoshida Iqtisodiy kibernetika fakulteti ochildi. Ushbu fakultet 30
yil mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyot uchun kibernetika va informatika sohalari bo’yicha
ko’plab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Ushbu fakultet qoshida matematik
modellar asosida iqtisodiyot muammolarini hal qilish, iqtisodiyotda axborotlar tizimlaridan
unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotga keng tatbiq qilish
sohalari bo’yicha akademik S.S. G’ulomovning, iqtisodiy kibernetika yo’nalishi bo’yicha
professor
T.Sh.
Shodievning
maktablarini
tilga
olish
diqqatga
loyiqdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil
8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat Qo’mitasi (FTDYu qoshida Axborotlashtirish bo’yicha
bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat
yo’nalishlari doirasida O’zR FTDK, tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga
yo’naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi.
Axborot jamiyat V.V.Chervoniy tomonidan olib
borilgan
tadqiqotida amalga oshiriladi, uning fikriga ko'ra, axborot texnologiyalari inson
faoliyatining turli sohalarida ma'lumotlarni yakuniy mahsulot sifatida qabul qilish, tahlil qilish,
saqlash va uzatish bilan bog'liq g'oyalarga asoslanadi. Jamiyatni axborotlashtirish ostida V.V.
Chervoniy ushbu texnologiyalarni ijtimoiy hayotning deyarli barcha
sohalariga joriy etish
jarayonini tushunadi.
Axborotlashtirishning maqsadi - axborot jamiyatini yaratish va unga o'tish. Axborotlashgan
jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy
Yevropa
davlatlari kiradi.