generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo'lgan kompetensiyalar to'plamidir.
Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar:
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o'z vaqtida to'xtatishni ham biladi.
Mavjud barcha ma'lumotlarni to'plab bo'lmaydi. Axborot borasida savodxonlik yetarli darajada
ma'lumot to'plangan va hali qayta ishlanmagan ma'lumot manbalari ko'p bo'lishiga qaramasdan,
olingan yangi ma'lumot o'zlashtirilmaydigan nuqtaga erishilgan paytni
aniqlash imkoniyatini
beradi. Har qanday zamonaviy davlatda axborot hamisha jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea
va hodisalarni iste'molchiga xolis yetkazib berish va kishilarning ongi, dunyoqarashi, ijtimoiy-
siyosiy hamda huquqiy madaniyatini shakllantirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Ayni paytda shiddat bilan o'zgarib borayotgan globallashuv jarayonida hayotimizning biror bir
sohasini OAV siz tasavvur qilib bo'lmaydi. hozirda internet ham OAVning bir ko'rinishi sifatida
talqin qilinmoqda. Internet tarmog'i orqali kun davomida qanchadan-qancha axborotlar qabul
qilinadi. Internet (International Network- xalqaro kompyuter tarmog'i) bu -vaqt,
makon va
geografik chegaralarning mavjudligiga qaramay, kompyuter va kichik tizimlarning o'zaro aloqa
bog'lab global axborot infratuzilmasini shakllantiruvchi butunjahon kompyuter tarmog'idir.
Globalizatsiya ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug'dirdi. Ularning
muayyan qismini "hozirgi davrning global muammolari" deb atash qabul qilingan. Kelib chiqishi,
mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko'ra global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Pedagoglar axborotlashgan jamiyat yoshlari bilan ishlaydilar. Xozirgi yoshlar uchun rakamli texnika
bilan ishlash muammo emas. Ular kompyuterda yangi imkoniyatlarini muammosiz o’rgana oladilar. Faqat
ularni o’z-o’zini rivojlantirishning aktiv faoliyatiga undash, o’zligini anglash, o’zini ko’rsata bilish, o’zini
takomillashtirishga (k samopoznaniyu, samorealizatsii, samosovershenstvovaniyu) ehtiyoji va
imkoniyatlarini hisobga olish ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
Funksional maksadiga ko’ra har xil dasturiy mahsulotlar axborot resurslari maqomini oldi.
Jamiyatning hozirgi rivoji axborot texnologiyalari sanoatlashgan juda katta intellektual va moliyaviy
resurlari mavjud bo’lgan strategik yo’nalishga aylantirdi. Hozirgi kunda axborot,
axborot resurslari va
axborotni boshqarish qurollari tushunchalari «
axborot maydoni» (informatsionnoye prostranstvo) degan
sohaga keng qo’llanilmoqda.
«
Axborot maydoni» deganda axborotni maqsadli saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq barcha say-
harakatlar tushuniladi. Axborot maydonining asosini axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalari
(berilganlar
bazasi,
fayllar,
protokollar,
klassifikatorlar,
kompyuterlar,
tarmoq
uskanalari,
telekommunikatsiya vositalari) tashkil etadi. Axborot maydoni axborotni yig’ish, to’plash, saqlash, izlash,
analitik qayta ishlash usul va uslublarining o’zaro bog’lqligidan tashkil topgan axborot sistemalari (AS) orqali
tizimlashtiriladi. Axborot resurslar AS doirasida jamlanadi.
ASlarining axborot – kommunikativ o’zaro ta’siri orqali rusurslarni jamlash uni yagona axborot maydoni
(YAAM -Edinoye Informatsionnoye Prostranstvo) deb nomlandigan birlashgan (korporativ) axborot
resurlari darajasiga yetkazadi. Tashkilot, hududlarda YAAM amalga oshirish axborot tizimlari va uning
alohida ilovalarining o’zaro aloqasi standartiga tuzish va rioya qilishda namoyon bo’ladi .