• Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –yilgasha bilimlarning to’planishi va
  • xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/12
    Sana15.02.2024
    Hajmi473,51 Kb.
    #157110
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Seminar

    xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish 


    lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, 
    mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va 
    izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va 
    rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga 
    asos soldi. Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga: 

    Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, XX asr 
    boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan 
    tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi. 

    Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar
    dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi sabab bo’ldi. 
    Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb 
    ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –yilgasha bilimlarning to’planishi va 
    rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 
    1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr 
    oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy 
    holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash 
    imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; 
    foydali axborotlarni o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; 
    axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi 
    muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini 
    yumshatishdan iborat. 
    Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki 
    zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun 
    zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, 
    energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga 
    qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt 
    o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy 
    jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan 
    tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar 
    berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi 
    qonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat 
    massivlaridan iborat. Fxborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va 
    boshqalardan iborat. Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik 
    ahamiyatga egadir. Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq 
    mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini 
    yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi. Undan 
    ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin. Axborot resurslarini 
    klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. 
    Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin: tarmoqlar prinsipi (fan, sanoat, ijtimoiy 
    soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik 
    darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir 
    sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin. Masalan, Internet resurslarini 
    vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha: servis axboroti, bibliografik axborot, telekonferensiyalar 
    materiallari, 
    dasturiy 
    ta’minot, 
    video 
    va 
    hokazo 
    turlarga 
    bo’lish 
    mumkin. 
    Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi. 
    Ushbu 
    tushuncha 

    Download 473,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq

    Download 473,51 Kb.
    Pdf ko'rish