Microsoft Word O'quv dasturi Gidroenergetik qurilmalarni boshqarish va ishlatishi-2023 tanlov




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.03.2024
Hajmi0.49 Mb.
#166642
Bog'liq
ўўўў
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 
TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
Ro‘yxatga olindi: 
№ BD-60710800-2.02 
2023 yil “____” _avgust_ 
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 
________________ O.Zaripov 
2023 yil “_____”__________ 
“GIDROENERGETIKADA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI 
BOSHQARISHNING AVTOMATIK TIZIMLARI” 
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
700 000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari 
Ta’lim sohasi: 
710000 – Muhandislik ishi
Ta’lim yo‘nalishi: 60710800 – Gidroenergetika 
Toshkent – 2023



Fan/modul kodi 
GETJBAT24810
O‘quv yili 
2026-2027 
Semestr 
7-8 
ECTS - Kreditlar 
5/5 
Fan/modul turi 
Tanlov 
Ta’lim tili 
O‘zbek/rus 
Haftadagi dars soatlari
4/4 
1. 
Fanning nomi 
Auditoriya 
mashg‘ulotlari 
(soat) 
Mustaqil 
ta’lim (soat) 
Jami yuklama
(soat) 
“Gidroenergetikada texnologik 
jarayonlarni boshqarishning 
avtomatik tizimlari” 
120 
180 
300 
2. I. Fanning mazmuni 
“Gidroenergetikada texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatik 
tizimlari” fani bo‘yicha tuzilgan ushbu o‘quv dasturi davlat ta’lim standartida 
qo‘yilgan talablari asosida tuzilgan. 
Ta’lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy 
hayotdagi tub burilishlar, fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, 
yangi didaktik imkoniyatlar, insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini 
ham tubdan o‘zgartirdi. Ta’lim maqsadining tubdan o‘zgarishi ta’lim mazmunida 
o‘z ifodasini topadi. 
Fanni 
o‘rganishdan 
maqsad 
– 
gidroenergetik 
qurilmalar 
gidroelektrostansiyalarda (GES) va nasos stansiyalarda (NS) ishlatiladigan 
gidroenergetik qurilmalarning (GEQ) tarkibidagi gidravlik va elektr 
mashinalarining tuzilishini, ularning qurilma holda yig‘ilishini, ishga tushirishni 
va to‘xtatish jarayonlarini, ishlatish davrida mashinalarni moylash va sovutish 
tizimlarining ishini me’yorida bo‘lishini, gidroenergetik qurilmalarni yig‘ish va 
sozlashni, sozlash ishlarini tashkil etishni, sozlash ishlari bosqichlarini, hamda 
hozirgi zamon EHM lari yordamida virtual laboratoriyadan foydalanishni 
o‘rganishdir. 
Fanining asosiy vazifalari: GEQ va sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish, 
GEQlardagi avtomatik boshqarish tizimlari, GEQ agregatlarini avtomatik 
boshqarish va ishlatish, gidrotexnik inshoot jihozlarini sozlash, gidroenergetik 
qurilmalarni asosiy va yordamchi jihozlarini sozlash, avtomatlashtirilgan 
gidroagregatlarni sozlash ishlaridan so‘ng yig‘ishni, sozlash va tekshirishni 
o‘rganish. 
Talabalarni ushbu dastur bo‘yicha o‘qitish, bo‘lajak mutaxassislarni 
kelajakdagi faoliyatida gidromashinalarni, nasos agregat uskunalarini, elektr va 
nazorat o‘lchov asboblari hamda apparatlarini ishlatish, yig‘ish va sozlash bilan 
qanday darajada bog‘liq bo‘lishiga qarab, ularga mazkur fanni o‘qitish, ularning 
o‘quv rejalarida ko‘rsatilgan ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslari uchun 
ajratilgan auditoriya soatlariga qarab belgilanadi. Fanni o‘qitish kafedra qarori bilan 
tasdiqlangan va shu mutaxassislikni tayyorlashga ixtisoslashgan kafedra bilan 
kelishilgan ishchi dastur asosida olib boriladi. 



II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
1 – modul. GEQ BATning vazifalari, asosiy talablari va ahamiyati 
1-mavzu Kirish. GEQ BATning vazifalari, asosiy talablari va ahamiyati 
2-mavzu Turli xil GEQlar ishlash prinsiplari va ulardagi texnologik 
jarayonlarning asosiy parametrlari. 
3-mavzu Gidroenergetik ob’ektlar va qurilmalarni ishlatishda avtomatik 
boshqaruv tizimini qo‘llashning samaradorligi 
2– modul. Gidroenergetikaning boshqarishning avtomatik tizimlari 
4-mavzu Energetikaning boshqarishni avtomatik tizimlari 
5-mavzu Gidroenergetikaning boshqarishning avtomatik tizimlari 
6-mavzu Gidrotexnik inshootlarni ekspluatatsiya rejimlari. GTIning xatarli 
falokatini baholash va bexatarligini ta’minlash 
3 – modul. GESni avtomatlashtirishda ishlatiladigan datchik va relelar 
7-mavzu GESning gidrotexnik inshootlariga o‘rnatiladigan nazorat-o‘lchov 
tizimlari. Gidroagregatni tizimiga qo‘yilgan talablar 
8-mavzu GESni BATi. Gidroturbina jihozlarini avtomatik boshqarish tizimi 
9-mavzu
4 – modul. GESni avtomatlashtirishning prinsipial texnologik sxemalari 
10-mavzu GESni avtomatlashtirishning prinsipial texnologik sxemalari 
11-mavzu GESlarda suv sarfini avtomatik tartibga solish va uni sxemasi va unda 
qo‘llaniladigan asosiy elementlar 
12-mavzu Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqarish usullari 
5– modul. Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish
13-mavzu Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish ketma-ketligi 
14-mavzu NS boshqarishning avtomatik tizimlarni asosiy terminlari. NS 
avtomatlashtirishda ishlatiladigan rele va datchiklar 
15-mavzu Agregati bir xil turda nasos stansiyalarni avtomatik boshqarish sxemasi 
6 – modul. Suv bo‘lish tizimlarini avtomatlashtirish 
16-mavzu Agregati har xil turda bo‘lgan nasos stansiyalarni avtomatik boshqarish 
sxemasi 
17-mavzu Ochiq kanallarda suv sathi va sarfini o’lchash qurilmalari va nazoarat 
qilish asboblari 
18-mavzu Yopiq suv inshootlari rejimina avtomatik tartibga solish sxemalari. Suv 
bo‘lish tizimlarini avtomatlashtirishda gidrotexnik inshootlarga qo‘yiladigan 
asosiy talablar 
7 – modul. Gidroagregatnig mexanik qismidagi nosozliklarni aniqlash 
19-mavzu Gidroturbina ayrim uzellarining ishlatish sifati 
20-mavzu Gidroagregatnig mexanik qismidagi nosozliklarni aniqlash va ularning 
oldini olish 
21-mavzu Daryo o’zani, to’g’on orti va derivasion GES lar komponovkasi 
8 – modul. Nasos stansiyalarining jihozlarini ishlatish va rostlash usullari 
22-mavzu Gidrotexnik inshootlarni ta`mirlash 



23-mavzu Gidrogeneratorlarning konstruktsiyalari va sovitish tizimlari 
24-mavzu Nasos stansiyalarining jihozlarini ishlatish va rostlash usullari 
9 – modul. Nasos agregatini foydalanishga tayyorlash 
25-mavzu Nasoslarning birgalikda ishilashi 
26-mavzu Ko’chma nasos stansiyalarini ishlatish 
27-mavzu Nasos agregatini foydalanishga tayyorlash ishga tushirish, sozlash va 
ishga topshirish sinovlari 
10– modul. Gidroenergetik qurilmalarni yig’ish va sozlash 
28-mavzu Gorizantal nasoslar bilan jihozlangan nasos stansiyalarida sifon 
tipidagi so’ruvchi quvurlarning ish tartibini tadqiq etish. 
29-mavzu Gidroenergetik qurilmalarni yig’ish va sozlashning asosiy masalalari 
30-mavzu Yig’ish ishlarini tashkil etish. Rezbali birikmalarni yig`ish. 
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan 
auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan 
o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida, mos ravishda 
munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llaniladi. Amaliy 
mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari 
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy 
ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar 
orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida 
talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan 
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini 
oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali 
qurollar tayyorlash, qonun va me’yoriy hujjatlardan foydalana bilish va 
boshqalar tavsiya etiladi. 
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
1.Gidroenergetik qurilmalarning ishlatish ko‘rsatkichlarini hisoblash. 
2. Nasos stansiyasi asosiy parametrlarini aniqlash. 
2. GAESning turbina va nasos rejimidagi parametrlarini aniqlash. 
3. Bosim quvurini iqtisodiy diametrini aniqlash. 
4. Nasoslarni ishchi nuqtasini topish. 
5. Kompryessorlar turini va sonini aniqlash. 
6. Vyentilyator qurilmasi hisobi. 
7. Sozlash ishlarini amalga oshirish kalyendar ryejasini tuzish. 
8.Sozlash ishlari jarayonlarining tyexnik sxyemasini ishlab chiqish. 
9.GES asosiy jihozlarini sinash ishlarining ishchi dasturini ishlab chiqish. 
10.Sozlash ishlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish. 
11.Nasos agregati mexanizmlarini sozlash ishlarini tekshirish va yig‘ish hisoblari. 
12.Porshenli nasoslarning hisobi.
IV. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
Laboratoriya ishlari fizikaviy stendlardan iborat laboratoriya xonalari va 
multimedia qurulmalari bilan jihozlangan xonalarda 10-15 nafar talabalardan 
iborat guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi. Laboratoriya 



ishlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan 
tavsiyalar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Mashg‘ulotlar faol va 
interfaktiv usullar yordamida, mos ravishda munosib pedagogik va axborot 
texnologiyalar qo‘llaniladi. Buning natijasida talabalar asosiy ma’ruza
mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nkimalarini laboratoriya sharoitida 
ko‘rib va sinash yo‘li orqali yanada boyitadilar. 
Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
1. Gidroelektrostansiyaning ekspluatatsion parametrlarini aniqlash. 
2.Bo’z-suv GESi №4 gidroagregatining suv sarfi xarakteristikasini qurish. 
3.Gidroelektrostansiyada avtomatik boshqarish tizimlari va avtomatik klapan, 
tezlik regulyatorini ishlashini tekshirish. 
4.Oq-tepa GESida №1 gidroagregat tezlik regulyatorini ish qobiliyatini tekshirish. 
5.Gidroelektrostansiya ish rejimini yo‘naltiruvchi apparat yordamida o‘zgartirish 
va N=f(a
0
), N=f(Q)xarakteristika- larini qurish. 
6.Nasos stansiyasining texnologik sxemalari bilan tanishi va ularning asosiy 
parametrlari yordamida ishchi xarakteristikalarini qurish. 
7.Markazdan qochma nasos ish rejimini boshqarish. 
8. Ikki porshenli kompressorni tajribada sinash. 
9.O’ziyurar o’rnatish kranini tajribada sinash. 
10.Yuk ko’taruvchi kranni sinash 
11. D1250 – 14 (16NDN) markali markazdan qochma nasosni qismlarga ajratish 
12.D1250 – 14 (16NDN) markali markazdan qochma nasosni yig`ish 
V. Kurs ishi bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
Kurs ishi o‘quv rejada nazarda tutilmagan. 
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va 
nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. 
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan 
referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1. Dunyo miqyosida ekspluatatsiya qilinayotgan GESlardagi avtomatik 
boshqarish tizimining bugungi kundagi ahvoli. 
2. O‘zbekistonda ekspluatatsiya qilinayotgan GESlardagi avtomatik boshqarish 
tizimining bugungi kundagi ahvoli. 
3. Dunyo miqyosida ekspluatatsiya qilinayotgan NSlardagi avtomatik boshqarish 
tizimining bugungi kundagi ahvoli. 
4. O‘zbekistonda ekspluatatsiya qilinayotgan NSlardagi avtomatik boshqarish 
tizimining bugungi kundagi ahvoli. 
5. Suv xo‘jalik va suv energetik muammolari to‘g‘risida ma’lumotlar. 
6. Jahonda gidroenergetik qurilmalarning ishlatilish holatlari. 
7. O‘zbekistonda ekspluatatsiya qilinayotgan suv omborlarida avtomatik 
boshqarish tizimlaridan foydalanish holati. 



8. Respublikamizda GESlarni ekspluatatsiya qilishdagi mavjud muammolar 
tahlili. 
9. Respublikamizda NSlarni ekspluatatsiya qilishdagi mavjud muammolar tahlili. 
10. Kompressor stansiyasini yig‘ish va sozlash. 
11. Nasos stansiyasida yig‘ish va sozlash yangi jarayonlari. 
12. Gidroelektr stansiyalarida yig‘ish va sozlashning axamiyati. 
13. O‘zbekistonda loyihalangan va qurilayotgan gidroelektr stansiyalari. 
14. O‘zbekistonda rekonstruksiya qilinayotgan gidroelektr stansiyalari. 
15. O‘zbekistonda rekonstruksiya qilinayotgan nasos stansiyalari. 
16. Suv bo‘lish tizimlarini avtomatlashtirishning bugungi ahvoli. 
17. GESlarni avtomatlashtirishda ishlatiladigan zamonaviy nazorat va o‘lchov 
asboblari. 
18. Gidroenergetik ob’ektlardagi asosiy parametrlarni o‘lchash usullari va 
asboblari. 
19. Gidroenergetik ob’ektlarda suv sarfi va miqdorini o‘lchash. 
20. Gidroenergetik ob’ektlarda suv sathini nazorat qilish. 
21. Gidrotexnik stansiya va postlarning klassifikatsiyasi va ularni joylashtirish. 
22. Turli xil bosimli quvurlardagi suv sarfini termoanemometrik sarf 
o‘lchagichlar yordamida nazorat qilish. 
3. 
VII. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) 
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: 
 inson xayotida energetikaning o‘rni haqida; gidroenergetik qurilmalarni 
boshqarish va ishlatishda muammolari to‘g‘risida; gidroenergetik 
qurilmalarning iqtisodiyot sohalaridagi ahamiyati bo‘yicha; gidroelektr 
stantsiyalarning elektr ta’minotida hamda elektr energetika tizimida tutgan 
o‘rni to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 
 Gidroenergetik qurilmalarni boshqarish asosiy parametrlarini; nasos 
stansiyalarining suv ho’jaligi tizimidagi ishini; gidroelektr stansiyalari, nasos 
stantsiyalari, gidroakkumulyatsion stansiyalar texnik-iqtisodiy hisoblarini; 
gidroenergetik qurilmalar jihozlari va elementlari vazifalari, kompanovkasi 
va ularning tarkibini bilishi va ulardan foydalana olishi; 
 Gidroenergetik qurilmalar iqtisodiy samaradorlikni taqqoslash usullaridan 
foydalanish; Gidroenergetik qurilmalar ob’ektlarining samaradorligini 
oshirish hamda ular yordamida suv va elektr ta’minotini hamda elektr 
energetika tarmog‘i ish rejimini yaxshilash bo‘yicha yechimlar qabul qilish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
4. 
VIII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: 
 ma’ruzalar; 
 interfaol keys-stadilar; 
 seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); 
 guruhlarda ishlash; 
 taqdimotlarni qilish; 
 individual loyihalar; 



 jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. 
IX. Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil 
natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil 
mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va 
topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. 
6. 
Asosiy adabiyotlar 
1. Hermann-Josef Wagner, Jyotirmay Mathur. Introduction to Hydro Energy 
Systems: Basics, Technology and Operation, Springer-Verlag Berlin 
Heidelberg 2019, ISBN 978-3-642-20708-2 
2. Irajpoor A.A. Planning and Design of Hydro Electric Power Project. LAP 
Lambert Academic Publishing, United States, 2012, ISBN: 978-3-659-
10723-8 
3. R. Quentin Grafton, Karen Hussey. Water Resources Planning and 
Management. Cambridge University Press, United Kingdom, Cambridge, 
2011. 
4. Muxammadiyev M.M., Urishev B.U., F.J. Nosirov, K.S. Djurayev. 
Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish. O’quv qo’llanma. – T.: «Fan va 
texnologiya», 2015. 
5. Muxammadiyev M.M., Urishev B.U. Gidroenergetik qurilmalar. Darslik. – 
T.: «Fan va texnologiya», 2013. 
6. Mamajonov M. Nasoslar va nasos stantsiyalari. Darslik. – Toshkent: “Fan va 
texnologiya”, 2013. 
7. 1. Muxammadiev M.M., Hamdamov B., Mamatqulov D.A. Gidroenergetika 
izlanishlari,geodeziya. Darslik, Toshkent - 2020. 234 bet. 
8. Nizamov O.X. Gidroelektrostansiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: 
“VNESHVESTPROM», 2014. 
9. Muxammadiev M.M., Nizamov O.X. Gidroturbinalar. O‘quv qo‘llanma. – 
T.: ToshDTU, 2006. 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
10. O‘zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni. 
11. Мухаммадиев М.М., Хохлов В.А. Эксплуатация гидроэнергетических 
установок. Конспект лекция – Т.: ТашДТУ, 2003. 
12. Muxammadiev M.M., Nosirov F.J., Paluanov D.T., Djuraev Q.S., Juraev 
S.R. Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish. Uslubiy qo‘llanma. – T.: 
ToshDTU, 2013. 
Internet saytlari 
13. 
www.gov.uz
– O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali. 
14. 
www.lex.uz
– O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi. 
15. 
http://www.ziyo.net.uz
16. 
www.vnuq.ru



17. 
www.vsestroy.ru
18. 
http://www.ges.ru
19. 
http://www.nasos.ru
20. 
http://www.energy.narod.ru
7. Fan/modul uchun ma’sul: 
D.A. Mamatkulov − TDTU “Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasi katta 
o’qituvchisi 
8. Taqrizchilar: 
O.X. Nizamov – ToshDTU, “Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasi dotsenti, 
texnika fanlari nomzodi; 
E.K. Kan – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, “Suv energiyasi va nasos 
stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi. 
9. 
O‘quv dasturi “Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasining 2023 yil __ 
avgustdagi __-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan. 
Kafedra mudiri 
____________ 
dots. Jurayev S.R. 
Kotib(a)
____________ ass. Shadibekova 
O‘quv dasturi Elektr energetikasi fakulteti O‘quv-uslubiy Kengashining 2023 
yil ___ avgustdagi ___-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan. 
Kengash raisi
____________ 
prof. Pirmatov N.B. 
Kotib(a)
____________ _________________ 
O‘quv dasturi universitet Ilmiy-uslubiy Kengashining 2023 yil ___ 
avgustdagi ___-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan. 
Kengash kotibi 
____________ dots. Daminov O.O. 


Файл: 
O'quv dasturi - Gidroenergetik qurilmalarni boshqarish va 
ishlatishi-2023 tanlov 
Каталог: 
C:\Users\user\Documents 
Шаблон:
C:\Users\user\AppData\Roaming\Microsoft\Шаблоны\Normal.dot

Заголовок: 
Tanlov fanlari uchun namuna 
Содержание: 
Автор: 
Zulayxo A. Mamatova 
Ключевые слова: 
Заметки: 
Дата создания: 
16.02.2024 11:32:00 
Число сохранений: 5 
Дата сохранения: 
22.02.2024 12:42:00 
Сохранил: 
user 
Полное время правки: 
18 мин. 
Дата печати: 
22.02.2024 12:55:00 
При последней печати 
страниц: 

слов: 
2 553 (прибл.) 
знаков: 
14 557 (прибл.) 

Download 0.49 Mb.




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word O'quv dasturi Gidroenergetik qurilmalarni boshqarish va ishlatishi-2023 tanlov

Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish